131
strategiyasini bozor talablarini hamda o‘z potensialini hisobga
olgan holda rejalashtirish;
- talab asosida yangi xizmatlarni joriy qilish va ularni sotish;
- bankning aktiv va passivlarini boshqarish
faoliyatini tashkil
qilish va uning ustidan doimiy nazorat o‘rnatishdir
Banklar aktiv va passivlarini boshqarishning qoidalarini
o‘zlashtirdi va intensiv ravishda o‘z faoliyatlarini strategik
rejalashtira boshladilar. Hozirgi kunning holati bankning
muammolariga e’tibor kuchaytirish bilan xarakterlanadi. Buning
asosida jahon iqtisodiyotiga xos bo‘lgan ikki tendensiya mavjud:
1. Bank muassalarining internatsionallashuvi.
2. Moliya bozorlarining boshqarmaslik (deregulirovanie)
Bank bozor segmentatsiyasini ikki tamoyilga ko‘ra
amalga
oshirish mumkin.
Bank mahsulotlari bo‘yicha (kredit operatsiyalari, investitsiya,
trast operatsiyalari bozorlari )
Mijozlar bo‘yicha (kuchmas mulk egalari, korporatsiya bozori,
davlat hukumati bozori)
Bozorlarni alohida segmentlash bo‘yicha bo‘lishni mohiyati
shuki, bozorning barcha kuchini sochib yuborish emas, balki
alohida segmentlarga mo‘ljal olishdir. Bozor segmenti alohida
olingan gruppaning bir xil turdagi operatsiyalarga bo‘lgan
talabi
va uni to‘lashga tayyorgarligini bildiradi. Banklar bozorlarni
segmentlashi quyidagilarga asoslanadi:
Bozor segmenti alalohida aniq tasvirlanishi shart
Olingan barcha ma’lumotlar tahlil uchun etarli bo‘lishi shart
Olingan segmentlar bankka foyda keltirishi shart
Tanlab olingan segmentlarda reklama qilish imkoniyati
bo‘lishi kerak.
Jahon bank tizimida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, MDH
mamlakatlari bank tizimiga ham tobora ko‘proq ta’sir
ko‘rsatayotir. Bular
Birinchidan, bu o‘zgarishlar to‘ulovlarning yangi integratsiya
vositalarini yuqori sur’atlar bilan shakllantiradigan bank operatsi-
yalarini kompyuterlashtirishning texnologik inqilobi bilan bog‘liq.
132
Bu jarayonlar talaygina moliyaviy xarajatlar talab qiladi, bank ishi
qimmatlashadi, biroq uning samaradorligi
va uning tezkorligi
oshadi, bu esa xarajatlar o‘sishini qoplaydi.
Ikkinchidan, bank ishida o‘sib borayotgan raqobat banklarning
qo‘shilib ketishiga olib keladi. Bu esa sarmoyalar bozorida va
iqtisodning investitsiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga
keltiradi. O‘zbekistonning bank tizimi unga kam quvvatli talay
banklar kirganligi sababli, yakin
vakt ichida bu tamoyilning
ta’sirini boshdan kechiradi. Bu hodisaga respublika bank xizmati
bozorida anchagina raqobatbardosh va samarali bo‘lgan chet el
banklarining paydo bo‘lishi ham yordam beradi.
Uchinchidan, bu an’anaviy bank xizmatlari bozoriga tobora
shaxdam odimlar bilan kirib kelayotgan bankdan tashqari
tuzilmalar bilan raqobatning kuchayishi.
Jumladan, aholiga kredit
kartochkalari bilan xizmat ko‘rsatish sohasida turli xildagi tijorat
tuzilmalari faoliyat ko‘rsata boshlaydilar.
To‘rtinchidan, bank ishlariga bu xizmatlarning ko‘p sonli
iste’molchilari ta’siri ortadi. Iste’molchi operatsiyalarining tezligi
va sifati,
hisob-kitoblarning qulayligi, mijozlarning ehtiyojlariga
diqqat e’tibor qaratilishiga nisbatan banklarga tobora qattiq
talablar qo‘ya boshlaydi. Bank tizimi hozir hal qilinishi qiyin
bo‘lgan
dilemmaning
keskinlashuvi
sharoitida
turibdi.
Qo‘yilmalarni
jalb
qilishda
banklar
ekspansiyasi
va
omonatchilarni
zararlardan
kafolatlash
o‘rtasida
asosiy
muvozanatsizlik
mavjud.
Kafolatlar
moliya
institutlariga
qo‘shimcha qo‘yilmalarni jalb qilish imkonini beradi. Qo‘yilmalar
faoliyatining omonatchilar tomonidan boshqarilmasligi esa,
banklarga bu qo‘yilmalardan foydalanishda
keng imkon yaratib
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: