Mavzu: G‘aznaviylar va qoraxoniylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari



Download 15,32 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi15,32 Kb.
#401236
Bog'liq
G‘aznaviylar va qoraxoniylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari


Mavzu: G‘aznaviylar va qoraxoniylar davri adabiyotining asosiy xususiyatlari.
IX-X asrlar turkiy adabiy tilning ravnaq topishi, o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, turkman va boshqa xalqlarning shakllanish jarayoni, umumturkiy yozma adabiyotning vujudga kelishi va rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. Turkiy qabila va elatlarning O‘rta Osiyoga ko‘chib kelishi, ayniqsa, qoraxoniylar davrida kuchaydi. Ularning yerli aholi bilan chatishib ketishi bilan turkiy tilda so‘zlashuvchi turkiy xalqlarning nufuzi yanada oshdi. XI asrga kelib Yettisuv, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, O‘zgan, Sayram, Qashqar, Buxoro kabi shaharlarda ham turkiy xalqlar soni ancha ko‘paydi. Mahmud Qoshg‘ariyning ma’lumot berishicha, turli turkiy xalqlarning chatishuvi va aralashuvi natijasida, o‘g‘iz, chigil, qipchoq lahjalari guruhidagi tillar singari umumiy so‘zlashuv vositasi vujudga kela boshladi. Bunday mo‘tadil vaziyat umumiy, mushtarak adabiy tilning shakllanish jarayonini tezlashtirdi. Mazkur hodisaning ro‘y berishida qabilalar o‘rtasida vujudga kelgan siyosiy-tarixiy, adabiy-ma’naviy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar, badiiy adabiyot, jumladan, yozma adabiyot taraqqiyotining ta’siri beqiyos kattadir.

Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘otit-turk" asaridagi xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot namunalaridan iborat she’riy parchalar turkiy xalqlarning ota-bobolari badiiy tafakkuri mahsuli bo‘lganidek, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig", Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostonlari ham turkiy xalqlarning umumiy boyligi sifatida qabul qilinadi. Atoqli sharqshunos olim E. E. Bertels X asrda Buxoroda yaratilgan adabiyot haqida quyidagilarni e’tirof etgan edi: "Aslini aytganda, til nuqtai nazardan bu davr adabiyotini fors va arab adabiyotiga bo‘lish haqiqatdan shartli narsadir. Aslida biz mavzu, uslub, tashqi ko‘rinishi bir xil, faqat tildagina farqi bo‘lgan yagona adabiyotga egamiz. Shuni ham aytish kerakki, shoirlar ko‘p holda ikki tilni bilishgan va har ikki tildan birday osonlik bilan foydalanishgan, bir fikrning o‘zini goh u goh bu tilda ifoda etishgan". Bu fikrni arab va fors tillarida yaratilgan adabiyot bilan yonma-yon vujudga kelgan turkiy tildagi adabiyotga nisbatan ham qo‘llash o‘rinlidir. Zero, qardosh xalqlar adabiyotining tayanch g‘oyaviy - manbai Qur’oni karim, Hadisi sharif bo‘lganidek, "Qutadg‘u bilig", "Hibat ul-haqoyiq" dostonlarining ham ma’naviy sarchashmalari ana o‘sha nodir kitoblar sanaladi. "Qutadg‘u bilig"ning muqaddimaviy fasllari orasida "Yetti kavokib va o‘n ikki burj" deb nomlangan bob alohida ahamiyatga ega. Uning dastlabki satrlarida Allohning buyuk yaratuvchanlik sifati ulug‘lanadi:


Bayat oti birla so‘zug boshladim,

To‘rutgan ichidgan kechurgan idim.


To‘rutti tilak-tek tuzu alamig‘,


Yaratti ajunqa kunug ham ayig.

Yaratti ko‘r, evran tuchi evrulur,


Anin birla tazging ema tezginur.
Mazmuni:

Xudo nomi bilan so‘zni boshladim,

Yaratgan, parvarishlagan, kechirgan egamdir.
Butun olamni o‘z istagicha yaratti,
Olamda kun ham oyni yoritti.

Falakni yaratti ko‘r, doimo aylanadi,



U bilan birga charxham aylanadi.
Yusuf Xos Hojib ushbu misralarni bitishda Qur’oni karim va o‘zi yashagan davrning ilm-fani yutuqlariga tayanadi. Ushbu satrlar uchun Qur’oniy g‘oyalar ma’naviy asos vazifasini o‘taganligini "Yosin" surasidagi 40 oyati karimani keltirish bilan tasdiqlash mumkin. Unda shunday deyiladi: "Na Quyosh uchun Oyga yetish mumkin bo‘lur va na kecha kunduzdan o‘zguchidir.(Quyosh ,Oy va Yulduzlarning) barchalari falakda suzib yurur" (Qur’oni, karim.Toshkent.: 1992, 406-bet).
Ahmad Yugnakiy "Hibatul-haqoyiq"da insonni komillikka yetaklovchi xususiyatlar, uning ruhini nopokliklardan xalos etish kabi muhim masalalar xususida o‘zining umrboqiy fikrlarini bayon etadi. Shubhasiz, shoir bunda Qur’oni karim, hadisi sharif va tasavvuf ta’limotiga tayanadi. Shoir ilm-ma’rifat orqali kishiga saodat yo‘li ochilishini ta’kidlagani holda, ilmli, ma’rifatli bo‘lish yuksak insoniy fazilatlardan ekanligini o‘ziga xos timsol, tashbehlardan foydalanib badiiylashtiradi. Shoir dunyo boyligidan inson uchun faqatgina yegulik, kiygulik yetarli ekanligi, o‘shalardan ortiqchasi kishiga ziyon yetkazishini ta’kidlab, mulohazalarini Muhammad alayhissalom g‘oyalari bilan boyitadi. Alloh rasulining dunyoviy hayotning asosi ekin, dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lishdir tarzidagi pandini himoya va targ‘ib etadi. Adibning manmanlikka berilish kishi uchun yomon illatlardan biri ekanligi xususidagi quyidagi misralari o‘quvchini befarq qoldirmaydi:
Takabbur libosin kiyib oz solin,
Kirib xalqda ko‘ksung, ozurlab tilin.
Mo‘minlar nishoni tavoze’ erur,
Agar mo‘min ersang, tavoze’ qilin.
Keltirilgan mazkur iqtibosda shoir insonlarni takabburlik, kibrlilik libosini kiyib, xalqqa kerilib, til bilan ularga ozor bermaslikka chaqiradi. Ahmad Yugnakiy tavoze’ni mo‘minlikning nishoni deb biladi.
Xoja Ahmad Yassaviy Sulaymon Boqirg‘oniy singari mutasavvuf shoirlar bu ilohiy ne’matlardan yanada ko‘proq bahramand bo‘lgan davrning ulug‘ donishmandlari sanaladi. Demak, IX-X asrlar xalqlar do‘stligi adabiyotlar do‘stligi, adabiy aloqalar ravnaqi uchun muhim davr bo‘lish bilan bir qatorda, keyingi davrlarda badiiy adabiyotning rivojlanishi uchun muhim bosqich vazifasini ham o‘tadi.
Download 15,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish