Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
Siyosiy qatag‘onlik 
1922-yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR, qudratli unitar (qo‘shma) 
davlat bo‘lib, unda rasmiy federatsiya subyektlari suveren huquqlar va 
real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta 
olmasdilar. O‘zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren 
respublika hisoblangan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaram edi. 
SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi 
jamiyatning barcha sohalarini o‘z maqsad va vazifalariga bo‘ysundirgan, 
ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta siyosiylashtirilib, o‘zgacha fikrlashlarga qarshi 
shafqatsiz kurash olib borilar edi.
20-30 yillarda mustabid tuzumga qarshi fikr bildirganlarni ta’qib 
ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda “18 lar guruhi”, “inog‘omovchilik”, 
“qosimovchilik” kabi siyosiy ishlar to‘qib chiqarilgan edi. 
“18 lar guruhi” 
1925-yil 19-noyabrda Samarqandda chaqirilgan 
O`zbekiston KP(b) MQning plenumi yig‘ilishi bir kun emas, to`rt kun 
davom etadi. Buning asosiy sabab, respublikadagi yuqori ma’suliyatli 
vazifalarni egallab turgan 18 shaxsning o`z lavozimlaridan ketishi 
haqidagi arizasi bo`ldi. Ular o`z iste’folari sababini xususiy mulkni 
yo`qotish hisobiga o`tkazilgan yer-suv islohoti usullariga norozilik 
sifatida izohlashadi. Shuningdek, “18 lar guruhi” ni eski xodimlarga 
noto`g‘ri munosabatda bo`linayotgani, rahbarlarni tanlash faqat sinfiy 
nuqtai nazardan amalga oshirilayotgani qoniqtirmaydi. Bayonotga imzo 


367 
chekkanlar orasida I.Xidiraliyev, M.Saidjonov, R.Rafiqov kabi milliy 
rahbarlar ham bor edi. 
“18lar” bilan RKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosi raisi I.Zelenskiy 
yig‘ilish o`tkazgandan so`ng, guruhning 8 a’zosi o`z “xato”larini tan olib, 
imzolaridan voz kechadilar. Boshqa 10 ta shaxs O`rta Osiyo byurosida 
bayonotlarini ko`rib chiqishlarini talab qiladilar.
“18 lar bayonoti” O`z KP(b) MQ II-qurultoyida muhokama etilib, 
ushbu masala bo`yicha qaror qabul qilinadi va unda: “18 lar bayonoti” 
O`z KP(b) MQ ga qarshi yo`naltirilgan fraksiya va guruhbozlik 
xarakterida bo`lib, partiya saflari birdamligini buzishga, partiya 
qurultoyiga to`sqinlik qilishga qaratilgan hamda shaxsiy norozilik, mayda 
burjua kayfiyatini aks ettiruvchi ariza deb ta’kidlanadi.
Shundan 
so`ng, “18 lar bayonoti” tashabbuskorlari va 
tashkilotchilarini aniqlash, ularni qat’iy partiya javobgarligiga tortish 
vazifalari qo`yiladi. Hamma joylarda “18 lar bayonoti” ning keng 
muhokamasi avj oldiriladi va uni yer-suv islohotini barbod qilish xavfi 
bor va yangi hayotga qarshi bo`lgan mayda burjuaziya va ruhoniylarga 
yon beruvchi bayonot deb soxtalashtiriladi.
Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish