Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

“Qosimovchilik”
-1929-1930-yillarda milliy an’anaviy sud va huquq 
sohasidagi qadriyatlarni saqlab qolish tarafdorlari bo`lgan vatanparvar 
ruhdagi huquqshunos mutaxassislarni mustabid sovet tuzumiga majburan 
bo`ysundirish yo`lidagi (repressiya) qatag‘onga qarshi harakat bo‘ldi. 
1929-yilda O`zSSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimovning 
“qosimovchilik” deb nomlangan ishini ko`rib chiqish boshlanadi.
S.Qosimov, B.Sharipov, sudyalar M.Mirzokirov, I.Xo`jayev, sud 
idorasi xodimi Spiridonov ustidan 1930-yilning martida boshlangan sud 
jarayoni natijalari oldindan tayyorlangan yolg‘onga aylantirilgan edi. 
Davlat va jamoat ayblovchilari S.Qosimov va maslakdoshlarining haqiqiy 
jinoiy ishlarini isbot qila olmadilar. Biroq, ularning Munavvar Qori 
Abdurashidxonov tomonidan tashkil etilgan “Turk odami markaziyati” 


369 
partiyasi bilan aloqalari, S.Qosimovning Sulton Segizboev va advokat 
Ubaydulla Xo`jayev (Asadullaxo`jayev), Yaponiyadagi Turkiston milliy 
qo`mitasining muxtor vakili (aslida bunday qo`mita bo`lmagan) Hasanxon 
Qori Karimov bilan do`stona munosabatda bo`lganligi va b. bir necha 
marotaba esga olindi. S.Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni 
qo`llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar” a’zolari 
bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblandilar. 
Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o`z xizmat vazifalarini bajarish 
vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. 
S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan 
O`zbekistonning suverenlik huquqi va milliy manfaatlari poymol 
qilinayotganligini ochib tashlashdan cho`chimadi. 
Davlat ayblovchisi Katanyan o`zining nutqida shunday deydi: 
“Spiridonov rus chorizmi tarafdori bo`lsa, Qosimov-turk chorizmi uchun 
kurashgan, 
Alimov-bosmachilarning 
do`sti, 
xususiy 
mulkchilik 
himoyachisidir. Shuning uchun ular eng oliy jazo-otuvga loyiqdirlar.” 
1930-yilning 22-iyunida hukm e’lon qilinadi. Ularning hammasi yot 
sinf manfaatlarini himoya qilganliklarida, Sharipov esa bosmachilarga 
faol yordam berganlikda ayblanadilar. Katanyan so`nggi sud jarayonida: 
”...adolatli qonun g‘alaba qilsin va qon to`kilsin!” deb xitob qiladi. 
Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadilar.
Bu jarayonning asl mohiyati ko`zga ko`ringan mahalliy arboblarni 
tugatishga qaratilgan edi. 
Minglab ziyolilar yo`q qilinishining cho`qqisi 1937-39-yillarga to`g‘ri 
keldi.1937-yil dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va O`Z KP (b) MQning 
“O`zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini 
bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g‘risida”gi qarori e’lon 
qilingandan so`ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy 
tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida 
o`qituvchi kadrlar va talabalarni “tozalash” ishlari avj oldirib yuborildi.
Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan 
quvg‘in va qatag‘onlarga “xalq dushmanlari, chet el josuslari”-
A.Ikromov, F.Xo`jayev, I.Karimov va boshqalar o`zlarining Maorif 
komissarligidagi “odamlari”- Usmonov, Ro`ziyev, Sorokin, Kojuxovlar 
orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo`htonlar “asos” 
qilib olindi: “Ular turli choralar bilan o`zbek xalqini sotsialistik 
madaniyatning ilg‘or vakili-buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo`ldilar, 
yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar... Ular bir 
tomondan, o`zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o`rganishga 


370 
imkon beruvchi rus tili o`qitilishiga qarshilik ko`rsatib, ikkinchi 
tomondan, marksizm-leninizm klassiklarining asarlarini o`zbek tiliga 
tarjima qilinishiga to`sqinlik qildilar.”
Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o`zbek xalqining mashhur 
yozuvchilaridan Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin 
istibdodining begunoh qurboni bo`ldilar. 30-yillarda o`zbek adabiyotining 
Fitrat va Cho`lpon kabi “keksa” avlodi vakillarining erkin ijod etishiga yo`l 
qo`yilmadi. Fitrat 1938-yil 4-oktabrda “...sovet hokimiyatiga qarshi 
aksilinqilobiy, panturkistik ishlar olib borganlikda” ayblanib, otib tashlanadi.
Cho`lpon 1932-yili F.Xo`jayevning maslahati bilan Moskvaga borib, 
SSSR XKS va SSSR xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon bo`lib xizmat 
qilayotganida, Toshkentda 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish