Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

badriddinovchilar
ustidan sud boshlanadi. 
“Badriddinovchilik”-O`zbekiston SSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin 
Badriddinov nomi bilan bog‘liq ish. Sh.Badriddinovga “Milliy ittihod” 
tashkiloti a’zolari va bosmachilar bilan aloqa bog‘lagan, Munavvar Qori va 
S.Qosimovning yaqin do`sti va ham fikri bo`lgan degan ayblar qo`yilgan 
Sh.Badriddinov va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayoni 1932-yil 5-may-15 
iyunda Toshkentda bo`lib o`tadi. Ana shu sudda fosh etuvchi nutq bilan 
so`zga chiqqan Olimov ismli guvoh Cho`lponning ham nomini g‘ayrli 
niyatda tilga oladi. Bu uning 1937-yilda qamoqqa olinishiga sabab bo`ladi. 
“Cho`lpon o`z oldiga sovet hokimiyatini qurol bilan ag‘darib tashlash va 
O`zbekiston muzofotida burjua davlatini barpo etish maqsadini qo`ygan, 
aksilinqilobiy millatchilik tashkilot a’zosi bo`lgan..., sovet hokimiyatiga 
qarshi kurash uchun milliy kadrlar tayyorlagan..., tashkilotning topshirig‘iga 
muvofiq aksilsho`roviy-millatchilik ruhidagi she’rlarni yozgan. Xorijiy 
razvedka organlarining ayg‘oqchilari Shohid eson Musayev, Fitrat va G‘ozi 
Olim Yunusov bilan doimiy aloqada bo`lgan...” degan soxta aybnomalar 
asosida sovetlarning jazo organlari tomonidan 1938 yil 4 oktabrda qatl etiladi. 
O`zbek romanchiligining asoschisi - Abdulla Qodiriy 20-yillarda “O`tkan 
kunlar” dan keyin, “Mehrobdan chayon” asarlarini yaratib, o`zbek 
romanchiligini jahon madaniyati darajasiga olib chiqdi. Biroq, sovet rejimi 
uning “O`tkan kunlar” asari kitobxonlarni sovet voqeligidan uzoqlashtiradi va 
unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb tanqid ostiga olishadi va bu 
uning 1937-yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. 
Adabiyotimizning eng sara arboblari qatorida A.Qodiriy ham 1938-yil 4-
oktabrda otiladi. 
Taniqli o`zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o`zining 
“Yurak”, “Mehrim, “Norbo`ta, “Naxshon” va boshqa she’riy dostonlari bilan 
shuhrat qozongan. Shuningdek, u Dobrolubov, Lermontov asarlarini o`zbek 


371 
tiliga tarjima qilgan. Usmon Nosir ham 1944-yilda sovet rejimining begunoh 
qurboni bo`lgan. 
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVDsi 
“uchlik” lari tomonidan 1937-39-yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa 
olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi. 
Millatning ilg‘or taraqqiyparvar ziyolilari qatag‘on qilinishi oqibatida 
xalqimiz ularning noyob asarlarini o`qishdan uzoq vaqt mahrum bo`ldi.
Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof 
etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo`lsa-da, aslida diniy 
e’tiqod goh oshkora, goh pinhona tarzda ta’qibu tazyiqqa olinar edi. Holbuki 
jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo`lishi mumkin emas. Sovet tuzumida bunga 
mutlaqo e’tibor berilmas edi. Balki, iloji boricha, dinga, diniy tarbiyaga 
to`sqinlik ko`p bo`lib, jamiyatdan ularni siqib chiqarishga harakat qilingan. 
Sovetlarning e’tiqodi dahriylik edi.
30-yillar boshi dindor va e’tiqodli kishilarga zo`ravonlik va siyosiy 
qatag‘onlikning cho`qqisi bo`ldi.
Hatto Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjidlar xudosizlar uyiga, 
ateizm muzeyiga aylantirilgan. Ushbu siyosat oqibatida ko`plab qo`hna 
masjidlar uzoq vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish 
to`g‘risida esa hatto so`z bo`lishi mumkin emas edi. Bu davrda 
O`zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga 
jo`natildi.
Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda mahbuslar 
shafqatsiz jismoniy jazolarga mahkum etildilar.
20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag‘onlik siyosati jiddiy va 
fojeali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo`q qilinishi 
oqibatida milliy madaniyat to`la-to`kis rivojlana olmadi. Millatning aql-
idrokli kishilari mahv etilgach, hamma “yo`lboshchi”ning itoatkor quliga 
aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o`zgacha fikrni kuch bilan 
bo`g‘adigan, ommaviy o`zboshimchalik va zo`rlik bilan Vatanga sodiq necha 
o`n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibot qaror topdi va 
kuchaya bordi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish