Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Abdulla Qodiriy 
(1894-1938) o`zining noyob iste’dodi, jasorati bilan 
xalqimiz madaniyati, adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi, ko`p asrlik 
milliy adabiyotimiz rivojida tub burilish yasagan, yangi bosqichni boshlab 
bergan romanlar yaratdi. Adib “O`tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” 
asarlari bilan o`zbek romanchiligiga asos soldi. 
“O`tgan kunlar” romani bilan o`zbek adabiyotida yangi davr 
boshlandi. Roman qahramonlari qismati ifodasi orqali adib jamiyat hayoti, 


364 
axloqini, rus bosqini arafasidagi xalqning ahvoli, kayfiyatini teran tadqiq 
qiladi. Buyuk tarixga, qudratli davlatchilik, madaniy, ma’naviy 
an’analarga ega Turkiston o`lkasining tanazulliga yuz tutish, rus 
imperiyasining mustamlakasiga aylanish sabablarini ochib beradi. 
Qodiriyning asarlari XX asrning ko`plab balo-ofatlariga, qora bulutli 
kunlariga duch keldi va ulardan eson-omon chiqdi. Bu o`lmas asarlar 
o`zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini, 
qalblarini charog‘on etmoqda. 
Cho`lpon 
(1897-1938)-ko`p qirrali iste’dod sohibi edi. Cho`lpon 
ehtirosli va yoniq asarlari bilan o`zbek xalqining milliy ongini 
uyg‘otishda, uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda katta xizmat 
qildi. 
20-yillarda Cho`lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan 
muxolifatga o`tgani va bu qarashlarini yashirmay, she’rlarida oshkora 
kuylagani tufayli, uni millatchiga chiqarib qo`ydilar. Qo`yilgan 
aybnomalarini isbotlash uchun asosiy dalil sifatida “Buzilgan o`lkaga” 
she’rini keltirdilar. Chindan ham bu she’rda sovet voqeligini madh etish 
yo`q. Bu tom ma’noda vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan she’r. 
She’rda ulug‘ o`lka boshiga tushgan fojealar, haqsizliklarga, 
adolatsizlikka qarshi, ona yurtning erki va ozodligi uchun kurashga 
undovchi misralar bor. 
Adibning “Kecha va kunduz” romanida Turkistonning zulmga, 
jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to`la hayotini ochib bergan. 
Turkistonning tuganmas dardlarini, jarohatlarini anglash va anglatish, 
uni birlikka, erkka, mustaqillikka chorlash va bu yo`ldagi fidoyilik har 
uch adib ijodining mushtarak jihatini tashkil qiladi.
Hamza
o`z she’rlarida faqat ma’rifatga chaqirish bilan cheklanmaydi, 
u qadimiy Turkistonning siyosiy-ijtimoiy ahvolini o`ylaydi, muxtoriyat 
g‘oyalarini ulug‘laydi. Masalan, uning “Turkiston muxtoriyatiga” degan 
she’rida “islom davlati”ni bir sanjoq ostida birlashishga chaqiradi, “arab, 
turk, qobil, hindiston” kabi xalqlardan tashkil topgan “islom millatini 
ahillikka, ittifoq bo`lib ish yuritishga” undaydi.
Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda, 
milliy san’at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg‘onada “O`lka 
Sayyor” siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori - Yoqubov, 
Y.Egamberdiyev, H.Islomov, M.Kuznetsovalar shu teatr qaldirg‘ochlari 
bo`ldilar. O`sha yili Mannon Uyg‘ur Toshkentda “Turon” jamiyati 
qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik O`lka Davlat namuna teatriga 
aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari-Abror Hidoyatov, Muzaffar 


365 
Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma 
Qorieva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va 
ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Fitrat, G‘ulom Zafariy, 
Cho`lpon, Qodiriy, ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini 
sahnalashtirdi.
Shu yillarda Qori ¨qubov tomonidan birinchi bo`lib o`zbek xalq 
musiqa ansambli tashkil etildi. 1926-yilda esa yuzaga kelgan birinchi 
o`zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o`zbek xonanda, 
aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929-yilda uning zaminida Samarqandda 
O`zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Aynan o`sha davrlarda atoqli 
o`zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo`lishgan: Tamaraxonim va Qori 
¨qubovlar Parij va Berlin(1925)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. 1936 
yilda O`zbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi ijrochilik san’atini 
ma’lum darajada tizimlanishiga asos bo`ldi. O`zbek xalq cholg‘u 
asboblari orkestri, ashula va raqs ansambllari, xor kapellasi, simfonik 
orkestr uning tarkibida ish boshladi.
Oktabr to`ntarishidan so`ng, respublikamizda bir qancha ilmiy va 
o`quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan 
Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot institutlari 
faoliyat ko`rsata boshladilar. Tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya, 
zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya 
ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir. 
Shuningdek, respublikada 20-yillar oxiri-30 yillar boshida Tropik 
tibbiyot instituti, Tibbiy parazitologiya va gelmintologiya ilmiy-tadqiqot 
instituti, Suv xo`jaligi tajriba-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy 
muassasalar tashkil qilindi. 
30-yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga 
munosib hissa qo`shgan mahallliy millatga mansub olimlar yetishib 
chiqdilar. 
Ular: 
T.Qori-Niyoziy, 
T.Sarimsoqov, 
S.Sirojiddinov, 
O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir. 
Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal 
o`sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo`yilishi, ilmiy-tadqiqot 
ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini 
takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo`mitasi ta’sis etilib, 
1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O`zbekiston filiali (O`zFAN) tuzildi. 
Shu davrdan O`zFAN O`zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. 
Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo`jaligi muammolari, 
tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va 


366 
matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy 
tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.
1943-yilda O`zFAN asosida O`zbekiston Fanlar Akademiyasi 
(O`zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik 
Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.
O`zbek matematika atamashunosligi asoschisi, taniqli matematik 
Toshmuhammad 
Qori 
Niyoziy 
zamonaviy 
o`zbek 
matematik 
tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo`shgan olimdir. 
Uning Beruniy mukofotiga sazovor bo`lgan uch jildlik “Asosiy matematik 
analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi 
o`zbek tilidagi original qo`llanma ekanligidadir. O`zbekiston xalqlarining 
madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o`zbek matematika va 
astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug‘bekning astronomiya maktabiga 
oid asarlai ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish