I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/212
Sana29.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#84192
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   212
Bog'liq
fizika 7 uzb

puls va energiya kattaliklaridan foydalaniladi. Ma’lum bir sharoitlarda bu 
kattaliklar ko‘rilayotgan jarayon davomida o‘zgarmasligi, ya’ni saqla­
nishi ko‘plab hodisalarni tahlil qilishda qulaylik tug‘diradi. Shuning uchun 
impuls  va energiyaning  saqlanish xossalaridan foydalanish murakkab ma­
salalarning nisbatan sodda ko‘rinishga keltirilishiga yordam beradi.
Impuls  va  energiyaning  saqlanish  qonunlari  fizikaning  barcha  bo‘lim­
lariga tegishli bo‘lib, tabiatning eng muhim qonunlaridir.
   
   
VI bob.
IMPULSNING SAQLANISH
QONUNI
VII bob.
ISH VA ENERGIYA. 
ENERGIYANING SAQLANISH 
QONUNI
5 – Fizika 7.


130
Saqlanish qonunlari
VI bob.
IMPULSNING 
SAQLANISH QONUNI
   
   
36­§. IMPULS
Kuch impulsi
To‘xtab turgan aravachani ma’lum bir tezlikda 
harakatlantirish uchun uni katta tezlikda kelayotgan 
boshqa aravacha turtib yuborishi kerak. Yoki uni as­
ta­sekin tortib, kichik kuch ta’siri yordamida ham ke­
rakli tezlikka erishtirish mumkin. Lekin buning uchun 
uzoq vaqt davomida kuch ta’sir ettirib turish kerak 
bo‘ladi. Bu ikki usulda arava bir xil tezlikda harakat­
ga keladi: birida qisqa vaqt davomida katta kuch, ik­
kinchisida uzoq vaqt davomida kichik kuch ta’sirida. 
Demak, jismlarning o‘zaro ta’sirida natija kuchning 
miqdoridan tashqari, ta’sirlashish vaqtining davomiy­
ligiga ham bog‘liq ekan. Bunga ishonch hosil qilish 
uchun quyidagi tajribalarni o‘tkazib ko‘raylik.
1­tajriba.  Ikkita  bir  xil  ipga  ikki  tomonidan  bog‘langan  jismni  117-
a  rasmda  ko‘rsatilganidek  osib  qo‘yaylik.  Dastlab  iрni  tez,  ya’ni  sil tab 
pastga  tortamiz  (117-b  rasm).  Bunda  jism  ostidagi  iрning  uzilishiga  gu­
voh bo‘lamiz. Chunki siltab tortganimizda, Nyutonning birinchi qonuni­
ga asosan jism o‘zining tinch holatini saqlashga harakat qiladi va jism 
ustidagi ipga kuch ta’sir etib ulgurmaydi. Natijada jism ostidagi ipga 
ustidagi ipga nisbatan ko‘proq kuch ta’sir etib, u uziladi. So‘ngra jismning 
ostiga  bog‘langan  iрni  sekin-astalik  bilan  pastga  tortamiz.  Bunda  jismni 
yuqoridagi  tayanch  bilan  bog‘lab  turgan  iр  uziladi  (117-d rasm). Chunki 
biz pastga tortayotgan kuchimizga jism og‘irligi ham qo‘shiladi. Jism 
ustidagi ipga ostidagi ipga nisbatan ko‘proq kuch ta’sir etgani uchun 
tepadagi ip uziladi. 
117­rasm. Ipning 
siltab (b) va sekin­
asta  (d) tortilganda 
uzilishi
a
b
d


131
VI bob. Impulsning saqlanish qonuni
2­tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq ikkita tax­
tachani ustma­ust qo‘yaylik. Pastdagi taxtacha­
ga  iр  bog‘langan  bo‘lsin  (118-rasm).  Birinchi 
(a) holatda pastdagi taxtachani asta­sekin tor­
tamiz. Bunda pastki va ustki taxtacha bir­biriga 
nisbatan siljimasdan, stol ustida sirpanadi. Ik­
kinchi (b) holatda pastdagi taxtachani tez, ya’ni 
siltab tortamiz. Bu holda ustki taxtacha pastki 
taxtacha ustida sirpanib, orqaroqda qoladi yoki 
tushib ketishi mumkin.
Tajribalardan shunday xulosa chiqarish mum­
kin: jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi faqat kuchning miqdorigagina emas
balki uning ta’sir vaqti davomiyligiga ham bog‘liq. Shuning uchun kuch 
impulsi degan kattalik kiritilgan. Impuls lotincha impulsus so‘zidan olin­
gan bo‘lib, 
 degan ma’noni bildiradi.

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish