115-rasm.
Avtomobil
shinasining
sirti
(a)
116-rasm. Sharikli
(a) va rolikli (b)
podshipniklar
(b)
125
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati
Qiyalikdan tushayotgan velosiрed pedali aylantirilmasa ham uni n g
g‘ildiragi bemalol aylanaveradi. Chunki velosiрed g‘ildiragi valiga sharikli
yoki rolikli podshiрnik kiydirilgan bo‘ladi. Agar podshiрnik bo‘lmaganida,
ve losiрedni yurgizish qiyin bo‘lar edi.
Avtomobil, stanok, elektr dvigatel va boshqalarning aylanuvchi qism-
larida sharikli va rolikli podshiрniklar qo‘llaniladi. Hozirgi zamon sa-
noati va transportini bunday podshiрniklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Fan-texnikaning yuksak taraqqiyoti davrida ishqalanish kuchi nihoyat-
da kam bo‘lgan podshiрniklar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
G‘adir-budurliklari tekislanib, atom va molekulalar darajasida silliqlan-
gan podshipniklar ishqalanish yanada kamligi bilan ajralib turadi. Havo
yoki suyuqlikning qarshilik kuchini kamaytirish maqsadida katta tezlikda
harakatlanadigan jismlar oval shaklda yasaladi. Shunday shaklda yasal-
gan samolyot va suv osti kemalarida qarshilik kuchi kamayishi hisobiga
katta tezlikka erishilib, yoqilg‘i sarfi ancha kamayadi. Osmonda ucha-
yotgan qushlar va suvda yashaydigan ko‘p jonivorlar ham oval shaklida
bo‘lishining sababi shunda.
Qor va muzliklarda odamlarning yiqilib tushmasliklari, avtomashinalar
to‘x tay olmay avariyaga uchrashlarini oldini olish uchun yo‘llarga qum,
tuz yoki tuproq sepib, ishqalanish kuchi oshiriladi. Lekin chang‘i yoki
chanalarda uchish uchun ularning ostki qismi silliqlanib, maxsus moylar
bilan moylanadi.
Eslatib o‘tamiz, ishqalanish kuchi jismlarning bir-biriga bevosita uri-
nishida paydo bo‘ladi va hamma vaqt urinish sirti bo‘ylab yo‘naladi.
Shu xossasi bilan ishqalanish kuchi urinish sirtiga tik yo‘nalgan elastik
kuchidan farq qiladi.
Jismning ishqalanish kuchi ta’siridagi harakatida bu kuch hamisha
harakat yo‘nalish vektoriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Demak,
ishqalanish kuchi jism tezligining son qiymatini kamaytiradi va jismga
faqat ishqalanish kuchi ta’sir qilsa, jism asta-sekin borib to‘xtaydi.
Ko‘p uchraydigan hollardan biri, masalan, harakatdagi avtomobil
oldidan to‘siq chiqib qolsa, haydovchi g‘ildiraklarga motor ta’sirini
uzib, tormozni ishga soladi. Avtomobil faqat ishqalanish kuchi ta’siri
ostida tormozlanish masofasi deb atalgan yo‘lni o‘tib bo‘lib, to‘xtay-
di. Hisob-kitoblar bu masofa boshlang‘ich tezlikning kvadratiga to‘g‘ri
proporsio nal, ishqalanish kuchiga esa teskari proporsional ekanligini
ko‘rsatdi.
126
Dinamika asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |