Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/162
Sana23.07.2022
Hajmi7,74 Mb.
#843306
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

P
da tok kamayib, 
SH
chulg‟amida orta boradi, chunki 
akkumulyatorlar batareyasining klemmalarida kuchlanish ko‟payib ketadi. Bunda 
yakorda magnit oqimi bir oz kamayadi va uning aylanishlar soni haddan tashqari 
oshib ketadi. Bunday aralashgan usulda uyg‟otiish bazi starterlarda qo‟llanlgan. 
Uyg‟otish g‟altaklari ketma - ket ulangan chulg‟amlar uchun to‟g‟ri to‟rtburchak 
kesimli (shina kshrinishda), parallel ulangan chulg‟amlar uchun esa dumaloq kesimli 
mis simdan yasalgan. Ayrim g‟altaklar qutblarining qutbliligi almashib turadigan 
qilib ulanadi. 
 
Elektr qarshiligini kamaytirish maqsadida starter yakorining chulg‟ami misdan 
shina ko‟rinishida qilingan. SHu maqsadda kollektor vazmin qilib yasaladi, 
cho‟tkalar katta o‟tkazuvchanli materialdan (80 – 90% mis, qo‟rg‟oshin va qalay 
qo‟shilgan 10 – 20% grafit) qilinadi. Yeyilgan cho‟tka materiali chuqurchalarga 
tiqilib qolmasligi va plastinalarni o‟zaro tutashtirmasligi uchun starter kollektori 
plastinalari orasidagi izolyatsiyani chuqur joylashtirilmaydi.
 
CHulg‟amning ko‟ndalang kesimi tug‟ri burchakli yo‟g‟on mis simdan 
yasalgan bo‟lib, u massadan izolyatsiyalangan o‟zak uyiqlariga joylashtirilgan. 
CHulg‟am sektsiya-larining uchlari kollektor chiqiqlariga «tojlariga» kavsharlangan. 
Kollektor plastinalari orasida izolyaiya vazifasini imkoniyat (presslangan slyuda) 


60 
bajaradi. Plastinalar orasidagi izolyatsiya o‟zgaruvchan tok generatorlaridagidek 
chuqur qilinmaydi, chunki cho‟tkalar ancha qattiq materialdan yasalgan.
 
Yuritish mexanizmi starter yakorini dvigatel tirsakli valiga ulab, unga aylanma 
harakat uzatadi. Bu mexanizm ulash richagi, richag muftasi, shlitsali vtulka, prujina, 
erkin yo‟l muftasi va yuritish shkividan iborat. SHlitsali vtulka richag muftasi va 
erkin yo‟l muftasi bilan birga yakorь vali shlitsasida surila oladi. SHesternya tishlari 
qiya qilib ishlangan, bu ularning maxovik gardishi tishlari bilan puxta tishlashishini 
ta‟minlaydi.
 
Erkin yo‟l muftasi dvigatel ishga tushirilgach u «olib qochmasligi» uchun 
starter yakorini dvigatel tirsakli validan avtomatik ajratishga xizmat qiladi. Ishga 
tushirilgach, tirsakli val yakorni normal aylanish chastotasidan bir necha marta katta 
bo‟lgan aylanish sonida aylantira boshlaydi. Bunda avariyaga sabab bo‟luvchi katta 
markazlan qochma kuch paydo bo‟ladi: o‟tkazgichlar yakorni o‟zak o‟yiqlaridan 
«chiqarib tashlaydi», ular buziladi, chulg‟amlar massaga (korpusga) qisqa tutashadi, 
natijada akkumulyator batareyasi ishdan chiqadi.
 
SHuningdek, dvigatelni ishga tushirgach, tezda statyorni uzish kerak. Biroq 
qator sabablarga ko‟ra buni amalga oshirib bo‟lmaydi: masalan, shesternyalar 
qiyshayishi natijasida u yeyilgan, haydovchi ishga tushirilgan dvigatel shovqinini 
kech eshitadi va boshqalar. Dvigatel ishga tushirilgach avtomatik ajratgich 
vazifasini erkin yo‟l mftasi bajaradi. Ko‟rib chiqilayotgan startyorda rolik tipidagi 
muftadan foydala-nilgan. 
 
Engil va yuk avtomobillariga o‟rnatiladigan starterining tuzilishi bilan tanishib 
chiqamiz. Starterning quvvati kuchlanish 12V bo‟lganda 1,02 kVt ga teng. Korpus, 
yakorь, qopqoq, rele va yuritish mexanizmi uning asosiy qismlaridir. Korpus va 
to‟rtta qutbli boshmoq g‟altaklar bilan birga elektromagnitni hosil qiladi. G‟altaklar 
o‟z navbatida ikkita parallel tarmoqni hosil qiladi, biroq bu tarmoqning har birida 
ular ketma-ket ulangan. 
 
Yakor alohida izolyatsiyalangan plastinalardan yig‟ilib bo‟lib, ularga paz 
qilingan va unga chulg‟am joylashtirilgan. Yakorda hammasi bo‟lib 31 ta paz va 
shuncha kollektor plastinasi bor. Yakor valiga to‟rt kirimli rezьba ochilgan bo‟lib, 
unda yuritish mexanizmining rezьbali vtulkasi ravon harakatlanadi.
 
Starter qopqog‟i yuritish mexanizmi korpusiga biriktirish bolti yordamida 
mahkamlangan. Qopqoqqa prujina va cho‟tkali to‟rtta cho‟tka tutqich o‟rnatilgan. 
Starter RS130 ning relesi tortish chulg‟ami tutib turuvchi chulg‟am, o‟zak yakor
yakor prujinasi ulash zvenosi qo‟zg‟aluvchan kontakt ikkita bosh qisma, ulash 
shinasi, rele korpusi va uning qopqog‟idan tuzilgan. Tutib turuvchi va tortuvchi 
chulg‟amlarda 250 tadan o‟ram bo‟ladi. Ular diametri 0,83 mm li simdan yasalgan. 
Tutib turuvchi chulg‟am tortuvchi chulg‟amga joylashgan. Rele yakori rostlash vinti 
va zveno orqali yuritish mexanizmining richagiga ulangan. Yakorga uni dastlabki 
holatga qaytaruvchi prujina o‟rnatilgan.
 
Yuritish mexanizmi tarkibiga richag rostlash vinti richag o‟qi otvodka 
yordamchi prujina otvodka prujinasi rezbali vtulka erkin yo‟l muftasi yuritish 
shesternyasi rostlash qistirmalari, tayanch disk va bronza-grafit vtulka kiradi. Erkin 
yo‟l muftasi rolik tipidadir.
 
RS 24 ishga tushirish relesi starterni ishga tushiradi va to‟xtatadi (2.9 - rasm). 
U panelь yarmo o‟zak chulg‟am yakor yakor prujinasi yakorni ko‟tarishni 


61 
cheklagich kontakt stoykadan tuzilgan. Panelga quyidagi: ikkita - K (g‟altak) Cm 
(startyor) va B (batareya) bilan ifodalangan qismalar mahkamlangan. CHulg‟am 
diametri 0,19 mm bo‟lgan 1100 ta sim o‟ramidan iborat. Asbob detallari qopqoq 
bilan biriktirilgan. Kontaktlar kumush va kadmiy qotishmasidan yasalgan.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish