Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/162
Sana23.07.2022
Hajmi7,74 Mb.
#843306
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

 
 
3.4 - rasm. Kontakt-tranzistorli o‟t oldirish sxemasi:
 
1 - tranzistor; 2 - impulsiy transformator; 3 - rezistor (2 Om); 4 -kondensator; 
5 - rezistor (20 Om); 6 - diod; 7 - stabilitron; 8 - elektrolitik kondensator; 9 - 


69 
induktsion g‟altak; 10 - uchqundan o‟t oldirish svechalari; 11- yuqori kuchlanishli 
tok taqsimlagichi; 12 - uzgich; 13 va 15 - rezistorlar (0,5 Om dan); 14 - startyor 
uchirgichi; 16 - tranzistor kommutatori; 17 - o‟t oldirish uchirgichi; 18 - 
akkumulyatorlar batareyasi
.
 
G‟altak SE107 qo‟shimcha ikki sektsiyali rezistor bilan ishlaydi. Rezistorlar 
konstantan simdan yasalgan (qarshiligi 0,5 Om dan), o‟zaro ketam - ket ulangan. 
Dvigatelni ishga tushirishda uchirgich 14 rezistorlardan birini avtomatik uzadi, bu 
dvigatelni ishga tushirish vaqtida startyorni ta‟minlaydigan tokning kamayishiga yo‟l 
kuymaydi.
 
Yuk avtomobiliga o‟rnatiladigan R4-D yoki R13-D uzgich - taqsimlagichi 
uzgich, sakkiz uchqunli taqsimlagich, markazdan qochirma va vakuum rostlagichlar 
hamda oktan-korrektordan iborat. Bu asboblarda kondensatorlar yo‟q. Agar kontakt - 
tranzistorli o‟t oldirish tizimga uzgich - taqsimlagich o‟rnatilayotganda kondensator 
olinsa, R4-D uzgich - taqsimlagichi o‟rniga R4-V yoki R4-V2 uzgich - 
taqsimlagichini qo‟yish mumkin.
 
TK102 tranzistor kommutatori tranzistorli ishga tushirish va uni teshilishdan 
himoya qilishga xizmat qiladi. Asbob germaniyli TG701-A tranzistori, germaniyli 
D7J diodi, kremniyli D 817V stabillitroni, ikkita sopol rezistor (2 va 20 Om) sig‟imi 
1 mkF bo‟lgan kondensator, sig‟imi 50 mkF bo‟lgan elektrolitik kondensator va 
impulьsiy transformatorlarni o‟z ichiga oladi.
 
TG701-A tranzistorli emitter bilan kollektor orasidan 160V gacha 
kuchlanishni, kollektordagi tok kuchini esa 12A gacha o‟tkaza oladi. Tranzistor 65


dan ortiq qizimasligi lozim. Diod, stabilitron, rezistorlar va kondensator 
tranzistorning himoya blokini tashkil qiladi.
 
Impulьsiy transformator ikkita: birlamchi (50 ta o‟ram, qarshiligi 0,14 Om) va 
ikkilamchi (150 ta o‟ram, qarshiligi 70 Om) chulg‟amdan iborat. Kommutator 
quyidagi chiqish qismlariga ega: M - mashina massasiga ulangan, T (taqsimlagich) - 
uzgich-taqsimlagichga ulangan, (g‟altak) - qisma K bilan induktsion g‟altakka 
ulangan, nomsiz qisma-g‟altakning mos ravishdagi qismasiga ulangan.
 
Dvigatelni startyor yordamida ishga tushirishda o‟t oldirish uchirgichi bir 
vaqtda startyorni ulash relesini zanjirga ulaydi, natijada qo‟shimcha rezistordan biri 
qisqaradi. Bu zanjirdagi tokning va induktsion g‟altakning ikkilamchi chulg‟amidagi 
kuchlanishning oshishiga sabab bo‟ladi, biroq startyorga keladigan tok kamaymaydi.
 
Uzgich kontaktlari aylanuvchi mushtchalar ta‟sirida ajralgan zahoti 
tranzistorni boshqaruvchi tok bir oyda yo‟qoladi. Bu tranzistor qarshiligini keskin 
kamaytiradi va u berkitiladi. Past kuchlanishli ish tokining zanjiri ham uziladi. SHu 
bilan bir vaqtda impulьsiy transformator ishga tushadi. Uzgich kontaktlari ajralganda 
impulsiy transformatorning ikkilamchi chulg‟amida ta‟siri past kuchlanishli ish 
tokining yo‟nalishiga qarama-qarshi bo‟lgan o‟zaro induktsiya e.yu.k. paydo bo‟ladi. 
Natijada tranzistorning berkilishi tezlashadi. O‟zaro induktsiya e.yu.k. impulьsli
ishlaydi, shu e.yu.k. hosil qilgan tok esa rezistorning qiziqishiga sarflanadi. Bir 
vaqtda induktsion g‟altakning ikkilamchi chulg‟amida yuqori kuchlanishli tok hosil 
bo‟ladi (17-30 ming V). Bu tok taqsimlagich orqali uchqundan o‟t oldirish 
svechalariga beriladi. 
 


70 
Bir vaqtda impulusliy transformatorda 100V gacha o‟zinduktsiya e.yu.k. hosil 
bo‟ladi. Uzgich kontaktlari tutashganda uning ta‟sirida kondensator zaryadlanadi, 
ajralganda esa rezistorda zaryadsizlanadi. Rezistorning qizishi tranzistorni qizishdan 
saqlaydi. 
 
Tranzistorni o‟zinduktsiya toki teshilishidan oldini olish uchun induktsion 
g‟altakning birlamchi chulg‟amiga ketma-ket ulangan diodlar va to‟g‟ri 
o‟tkazuvchanlikning qarama-qarshi yo‟nalishiga ega bo‟lgan stabilitron parallel 
ulanadi. Diod past kuchlanishli tokni g‟altakning birlamchi chulg‟amidan o‟tmay 
stabilitron orqali o‟tishiga to‟sqinlik qiladi. Stabilitron esa o‟zinduktsiya tokini (agar 
uning kuchlanishi 100V dan oshib ketsa) o‟tkazadi. Natijada g‟altakning birlamchi 
chulg‟ami zanjiridagi umumiy kuchlanish uziladi. Tranzistor, shuningdek past 
kuchlanishli tok zanjiridagi impulьsiy kuchlanish oshganda zaryadlanadigan 
elektrolitik kondensatorni shikastlanishdan saqlaydi.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish