Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
25
asarini misol tariqasida keltirib, ushbu asarda turkiy til adabiy til sifatida fors
tilidan hatto ayrim o‘rinlarda ustun kelishi isbot etilganligini ko‘rsatib berdi.
Gasprinskiy masalaning bu tarzda muhokamaga sabab bo‘layotganligida
turkistonliklarni aybladi. Ularning harakatsizligi va o‘z
manfaatlarini himoya
qilishga shoshilmayotganliklari oqibatida yuqoridagi kabi kamsituvchi
Farmoyishlar chiqishiga sabab bo‘layotganiga alohida urg‘u berdi.
112
1905 yil Oktyabr Manifestidan so‘ng Rossiyada istiqomat qiluvchi
deyarli barcha xalqlar o‘z foydasi uchun davlatdan turli cheklovlarni bekor
qilinishini talab qila boshladilar.
Lekin Gasprinskiy yozishicha, “turkistonliklar
bu dunyodan umuman uzilganday hech narsa eshitmaydilar, hech qanday
harakat qilmaydilar. Nahotki ularning umuman muammolari bo‘lmasa? Agar
bor bo‘lsa, nima uchun jimjitlik? Bizning bilishimizcha, vaqf, maorif,
diniy va
boshqa muassasalar islohga muhtoj; Turkiston hanuzgacha “harbiy holatda”. Bu
kabi dolzarb masalalar turkistonliklarning muhokama qilinishi kerak bo‘lgan
eng asosiy muammo sifatida kun tartibida bo‘lishi kerak.” Turkistonliklarning
bu kabi harakatsizligining asosiy sababi sifatida Gasprinskiy bilmsizlik va
jaholat ekanligiga urg‘u beradi.
113
Ko‘rinib
turganidek, Gasprinskiy Turkiston
musulmon aholisining manfaatlarini himoya qilibgina qolmasdan,
turkistonliklardan ham amaliy harakat qilishni va hukumatdan o‘z haqlarini
talab qilishga da’vat qildi. Shuningdek, Gasprinskiy Turkiston
tarixiga alohida
e’tibor berdi va unda kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar uchun
dalillar topa bildi.
Turkiston tarixi “Tarjimon”ning musulmonlar hayotini yoritishdagi
asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Gasprinskiy turli manbalardan foydalanib,
Turkistonning o‘tmish tarixini ko‘rsatish va tasvirlash
barobarida uning ruslar
qo‘l ostidagi yangi tarixini chizishga harakat qildi. U 1885-yili general
A.N.Kuropatkinning “Rus askarlarining O‘rta Osiyoda harakatlari”
114
nomidagi
xotiralariga asoslangan tarixiy parchani avval “Tarjimon” gazetasida, bir necha
yil so‘ngra esa uni alohida kitobcha shaklida nashr qildi.
115
Ushbu tarixiy parcha
rasmiy shaklga ega bo‘lib, tasvirlangan va talqin etilgan
voqealarga ruslar va rus
siyosati nuqtai nazaridan yondoshilgan. 1906-yili Gasprinskiy “Tarjimon”da
general Kuropatkinning yuqoridagi xotiralariga ko‘shimcha sifatida Turkiston
yangi tarixiga hamda rus bosqini oldidan Turkiston xonliklarining ahvoliga oid
112
Chig‘atay dili // Tarjimon. 1911.
№
10.
113
Do'stlaringiz bilan baham: