Zaynabidin Abdirashidov
24
amalga oshirmoqdalar. Rossiya musulmonlarning taraqqiyotini ta’minlash
uchun barcha kerakli ishlarni amalga oshirishi lozim. Yoki “tsivilizatsiya”
yoyish maqsadi unutildimi?”
107
Bu javob bilan Gasprinskiy ruslarning eng
avvalda e’lon qilgan “tsivilizatstorlik missiyasi”ni amalda qo‘llamayotganligiga
ishora qilmoqda hamda Rossiyani va rus ma’murlarini ikkiyoqlama siyosat olib
borayotganlikda ayblamoqda.
1906-yilda Rossiyadagi g‘ayriruslarning maorifi masalasi imperiya davlat
tizimining barcha qatlamlarida eng ko‘p bahs qilingan masalaga aylandi. Maorif
vazirligi rus-tuzem maktablarida o‘qitilayotgan mahalliy tillarga 19-asr
o‘rtalarida N.Il’minskiy tarafidan ishlab chiqilgan kirill alifbosini joriy etish
taklifi bilan chiqdi.
108
Gasprinskiy vazirlikning ushbu taklifini tanqid qildi va
uni “mantiqsiz va musulmonlar uchun haqorat” deya izohladi.
109
Musulmon
ziyolilarining maktablarda rus alifbosi joriy etilishiga qarshi yuqoridagi kabi
fikrlarining matbuotda ko‘rinishi ortidan rus hukumati “panislomizm”
teoriyasini ilgari surishiga imkon yaratdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining
G‘ayridinlar diniy ishlari bo‘yicha Departamentida bu masalani alohida
o‘rganish yuzasidan maxsus komissiya ham tuzildi. Sadri Maqsudiy Davlat
Dumasida qilgan ma’ruzasida ushbu komissiya tashkil etilishini qoraladi va uni
Rossiya musulmonlarining milliy harakatlariga qarshi kurash olib borish uchun
chora-tadbirlar ishlab chiqayotganlikda aybladi.
110
1911-yilning boshlarida Davlat Dumasi rus-tuzem maktablarida ta’lim tili
borasida Farmoyish qabul qildi. Ushbu Farmoyishga muvofiq “Turkistonda
mahalliy adabiy til mavjud bo‘lmaganligi bois rus-tuzem maktablaridaga barcha
darslar to‘liq rus tilida olib borilishi” kerak edi. Maktab ta’limi bilan bog‘liq bu
muhim Farmoyish barcha gazetalarning asosiy muhokama mavzusiga aylandi,
xususan “Tarjimon”ning ham. Gasprinskiy Farmoyishni tanqid qilar ekan,
Turkistonda joriy muomalada bo‘lgan va keng tarqalgan chig‘atoy tili turkiy
xalqlarning eng qadimgi tillaridan biri ekanligini ko‘rsatishga tirishdi va
“ilmning barcha sohalari bo‘yicha o‘nlab buyuk olimlarni yetishtirgan xalq
qanday qilib adabiy tilga ega bo‘lmasligi mumkin”, deb ta’kidladi. Gasprinskiy
o‘z fikrlari tasdiqi sifatida Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn”
111
107
G‘arib matlab // Tarjimon. 1910,
№
44.
108
N.Il’minskiy tizimi va ta’lim siyosati haqida batafsil ma’lumot uchun qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: