Zaynabidin Abdirashidov
26
o‘z qarashlarini nashr etdi va uni “Turkistonning yangi tarixi” deb nomladi.
Gasprinskiy ushbu maqolalarida
turkistonlik hukmdorlarning, ayniqsa Buxoro
amiri Nasrulloxonning faoliyati va davlat boshqaruvini o‘ta salbiy baholadi.
116
Gasprinskiyning bu mavzu bilan bog‘liq fikrlari uning “Mukolamai salotin”
117
hikoyasida ham o‘z aksini topdi. Ushbu hikoyada Turkiston tarixi Amir Temur
va uning davlati bilan boshlanadi. Bir kun Temur sag‘anasi atrofida turk sultoni
Abdulazizxon (1861 – 1876), Eron shohi Nasriddin, Buxoro amiri
Nasrulloxon
(1826 – 1860), Qo‘qon xoni Xudoyorxon (1845 – 1875), Qashg‘ar xoni
Ya‘qubbek (1866 – 1877), dog‘istonlik Shayx Shomil (1797 – 1871) hamda
Temurning o‘zi jam bo‘ladilar. Yig‘ilgan sultonlar majlisini Jamoliddin
Afg‘oniy (1839 – 1897) olib borsa, majlisga kelgan xonlarni Temurga uning piri
Sayyid Baraka bir-bir tanishtirib chiqadi. Hikoyaning ushbu syujetidagi eng
qiziq holat Temurga Shomilni tanishtirganda sodir bo‘ladi. Temur birdan
o‘rnidan turib Shomilga qayerga o‘trishini o‘zi ko‘rsatadi. Boshqa xonlarga
Temur bunday iltifot ko‘rsatmaydi. Gasprinskiy bu
bilan Shomilni haqiqiy
ozodlik va mustaqillik uchun kurashchi sifatida alohida ajratib ko‘rsatishga
harakat qilganligi ko‘rinib turadi. Gasprinskiy ushbu kichik hikoyada turkiy
dunyoning tanazzulga yuz tutishi hamda uning ruslar qo‘l ostida qolishi
sabablarini batafsil tahlil qilishga urinadi. Majlisga yig‘ilgan shaxslarni esa u
qilgan ishlari, davlat boshqaruvi hamda dunyoqarashiga qarab toifalarga
ajratadi. Ularning orasidan Ya‘qubbek, Shomil va turk sultoni Mahmudni (1808
– 1839) alohida ajratadi. Muallif bu holatni ularning ismlari
aytilgan vaqt majlis
ishtirokchilarining barchalari o‘rinlaridan turib qarshi olganliklari bilan
ko‘rsatadi.
Hikoya haqiqiy tarixiy voqealar hamda ularda ishtirok etgan haqiqiy
tarixiy shaxslar tahliliga asoslanadi. Hikoyaning asosiy maqsadi va vazifasi –
millatning taqdirini, uning mustaqillik uchun olib borishi kerak bo‘lgan
kurashni ko‘rsatishdan iborat. Bu kurashda millat bir bo‘lsagina, birlashsagina
o‘ylagan ishlarni amalga oshirishi mumkin. Gasprinskiy tarixiy haqiqat
orqali
kelajak avlod uchun ochiq dars sifatida ko‘rsatishga harakat qildi.
1885-yildan boshlab Gasprinskiy “Tarjimon” o‘quvchilarini Buxoro,
Qo‘qon va Xivaning geografiyasi, tarixi, aholisi hamda zamonaviy ahvoli bilan
tanishtira boshladi.
118
Gasprinskiy Buxoro to‘g‘risidagi maqolalarda uni
116
Tarixi jadidai Türkistan // Tarjimon. 1905.
№
110; 1906.
№
1; 1906.
№
17; 1906.
№
18; 1906.
№
20; 1906.
№
32; 1906.
№
33; 1906.
№
39; 1906.
№
57; 1906.
№
59;
1906.
№
60; 1906.
№
69; 1906.
№
84; 1906.
№
87; 1906.
№
89.
117
Sayyah
. Mükalamai salatin // Tarjimon. 1906.
№
144; 1906.
№
145; 1907.
№
3; 1907.
№
7. Zamonaviy nashri: Gasprinskiy Ismoilbek. Hayot va mamot masalasi. –
Toshkent: Ma’naviyat, 2006. – B.129 – 136.
118
Buxoro // Tarjimon. 1885.
№
16;
Ismoil
. Mamaliki Buxoro // Tarjimon. 1891.
№
23 –
25; Farg‘ana istilasinin 25 inchi sanasi // Tarjimon. 1901.
№
8; Sayyid Muhammad
Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
27
Rossiya musulmonlarining “ma’naviy Vatani” sifatida ko‘rsatishga harakat
qiladi
va bir necha asrlar oldingi, ilm jihatdan qudratli Buxoroni yana qayta
ko‘rish istagini yashirmaydi.
Gasprinskiy umumturkiy tarix yaratish tashabbusi bilan chiqqan
shaxslardan biri sifatida
119
ushbu mavzuga oid manbalarni “Tarjimon”da chop
qila boshladi. Ushbu tarixga birinchi manba sifatida Temurmalikning
Chingisxon qo‘shiniga qarshi olib borgan kurashini tanladi.
120
Agar “Tarjimon”
sahifalarida e’lon qilingan tarixga oid
manbalar tahlil qilinsa, yagona bir
maqsad – mustaqillik uchun kurashni ko‘rish mumkin. Lekin bu mustaqillik
uchun kurash Gasprinskiyning g‘oyasi bo‘yicha o‘tmishdagi kabi qonli emas,
balki zamonaviy bilim, yangi adabiyot va milliy matbuot orqali olib borilishi
kerak edi.
* * *
Turkistonda mustaqil milliy matbuotning
shakllanishiga, Adeeb
Khalidning ta’kidlashicha, ikki omil to‘siq bo‘lgan. Bular, birinchidan, iqtisodiy
qoloqlik bo‘lsa, ikkinchidan, rasmiy hukumat tarafidan bo‘lgan bosim.
121
Turkistonning ijtimoiy hayoti ayrim tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish
maqsadida mahalliy ziyolilardan bir guruh 19-asr
oxirlarida shakllanganiga
qaramay, ular 20-asrning birinchi o‘n yilligidagina mustahkam oyoqqa turishga
muvaffaq bo‘ldilar. Bu holat, balki, Turkistonda milliy matbuot paydo
bo‘lishidagi kechikishning eng asosiy omil bo‘lishi mumkin. Turkiston aholisi
o‘z tafakkuri va fikrlash tarziga ko‘ra Rossiya imperiyasidagi
boshqa musulmon
xalqlardan keskin farq qilar edi. Aholining o‘ta konservativ fikrlashi hamda
an’analarga “sodiqligi” sabab gazeta xalq orasida u qadar ommalasha olmadi.
Aynan mana shu sabablar tufayli 20-asrning 10-yillari o‘rtalarida paydo bo‘lgan
milliy matbuotning aksari o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
122
20-asr boshlarida Turkistonda “Turkiston Viloyatining Gazeti”dan
tashqari ziyolilar orasida Usmonli Turkiyasi, Eron, Hindiston, Misr va ayrim
Yevropa mamlakatlarida nashr qilingan gazetalar keng tarqalganini kuzatish
Rahim Bahadurxan // Tarjimon. 1910.
№
35; Xiva va Buxoro // Tarjimon. 1912.
№
27.
119
Ismoil
. Tarixi turkiy // Tarjimon. 1906.
№
145.
120
Temurmalik Bahadur (tarixi türkiyden bir bahs) // Tarjimon. 1906.
№
146.
121
Do'stlaringiz bilan baham: