Zaynabidin Abdirashidov
22
keyin ko‘proq yangray boshladi. Ostroumov Rossiya musulmonlari, xususan
turkistonliklar orasida sodir bo‘layotgan harakatlarni tahlil qilar ekan, uni
“yaqinlashib kelayotgan tahlika”
100
, deb baholaydi.
Gasprinskiyning “Turkestanskiya Vedomosti” gazetasida noma’lum
muallif tarafidan chop etilgan mahalliy millat adabiyotiga oid maqolasiga
bergan javobi ham diqqatga sazovor. Noma’lum muallif sartlar tili va adabiyoti
haqida bahsga kirishib, u haqda salbiy xulosa beradi. Unga ko‘ra, turli foydali
ma’lumotlar va ilmiy asarlarni sart tiliga tarjimaga xojat yo‘q, foydadan ko‘ra
ko‘proq ziyon keltiradi. Sart tili o‘ta sodda, turli terminlarni ifoda etish
imkoniyati yo‘q, shu sababdan ham ilmiy va adabiy tarjimaga yaroqli emas.
101
Gasprinskiy noma’lum muallifga ma’lumot tarzda, u fikr yuritgan sart tili
Chig‘atoy turkiysining mahalliy shevasi ekanligini aytadi. U sart tilining
yaroqsizligi borasidagi xulosani Alisher Navoiy, Bobur va boshqa turkistonlik
adiblarning adabiy meroslari namunalari bilan inkor etdi. Gasprinskiyning
fikricha, “sart tili boshqa “taraqqiy” etgan millatlar tili kabi u qadar keng
yoyilmagan bo‘lsada, mahalliy aholiga mo‘ljallangan turli ma’lumot va
broshyuralar uchun yetarli darajada yaroqli. Buning yorqin namunasi esa, 30 yil
davomida Toshkentda nashr bo‘layotgan rasmiy mahalliy gazeta.”
102
Ostroumovning gazetasi ham “Tarjimon”ning e’tiboridan chetda qolmadi.
Gazeta Qozonning “Yildiz” nashridan bir maqola ko‘chirib bosdi. Unda:
“Turkiston gazetasining maqsadi turkistonlik va ichki rossiyalik musulmonlarni
g‘oyaviy va adabiy yaqinlashuvlriga to‘sqinlik qilish. U har qanday bog‘liqlik
va aloqalarni uzib tashlash harakatida, hatto konservatizm himoyasiga o‘tdi.
Ostroumovning varaqasi tillarimiz birlashishiga to‘siq bo‘la olmaydi”
103
, degan
so‘zlar aks etgan edi. Bu esa Gasprinskiyning Ostroumov va uning gazetasi
haqidagi asl fikrlarini yaqqol namunasi, deb hisoblash mumkin. Ostroumov
Gasprinskiy targ‘ib etayotgan umumadabiy tilni tanqid qildi. U mahalliy
mualliflar “Tarjimon” tilini keng iste‘mol qilayotganligidan o‘z g‘azabini
yashirmaydi va bu til mahalliy tillar ziyoniga xizmat qilishini ta’kidlaydi.
104
Buning javobi sifatida “Tarjimon”ning “Yildiz”dan olib bosgan yuqoridagi
maqolani ko‘rsatish mumkin.
Rus tadqiqotchilari o‘z pozitsiyalaridan kelib chiqqan holda Ostroumov
va uning gazetasi faoliyatida birorta ayb ko‘rmay, uni himoya qildilar.
100
Do'stlaringiz bilan baham: