Zaynabidin Abdirashidov
18
jamiyatda erkak bilan ayol o‘rnini bir-biri bilan almashtiradi. U jamiyatda erkak
yuzini yopib yurishga majbur, bola boqadi, ovqat tayyorlaydi va hokazo. Ayol
esa barcha narsada hukmron. Gasprinskiy bu orqali musulmon ayolining o‘sha
davrdagi asl holatini ko‘rsatib berishni va bu muammoni umumxalq
muhokamasiga qo‘yishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Turkistonlik jadidlar ham matbuotda ayol masalasini ko‘tarib chiqishga
harakat qildi. Lekin Adeeb Khalidning fikricha, turkistonlik jadidlar bu
masalani zamonaviy ilm orqali erishilgan “sof” islom nuqtai nazaridan
baholashga harakat qilgan. “Sof” islom tushunchasi esa diniy islohotni emas,
millatni nazarda tutgan. Shu jihatdan olib qaraganda, taraqqiyparvar
turkistonliklar ayol borasida fikr yuritganlarida zamonaviy ilmga emas yana
shariatga murojaat qilishni afzal ko‘rgan.
81
Turkistonlik jadidlarning barcha ishlariga qarshi turgan eskilik
tarafdorlari – konservator ulamo ayol masalasida ham o‘z mavqeini ko‘rsatishga
harakat qildi. Ular bu masalada Ostroumovning nashri, “Turkiston Viloyatining
Gazeti”dan foydalandi. Gazetada noma’lum muallifning e’lon qilingan bir
maqolasida ayolning erkak bilan teng huquqli bo‘lishi kerakligiga raddiya
beriladi. Muallif maqolada ayol qozi masalasini ko‘taradi va shariat qonunlari
hamda “Hidoya” kitobidan iqtiboslar keltirib, ayol kishi qozi bo‘lishi mumkin
emas, degan xulosa beradi.
82
Bu maqola nashridan yana bir oz vaqtdan so‘ng
“Turkiston Viloyatining Gazeti” “Bir musulmon” imzosi bilan salmoqli bir
maqola chop qildi. Bu maqola muallifi ham shariat qonunlariga muvofiq ayol
erkak bilan teng huquqli bo‘lmasligini isbotlashga harakat qiladi.
83
Rasmiy
matbuotdagi bu kabi maqolalar jadidlar bilan qadimchilar orasidagi kurashni
yanada “qizdirib” turgan. Bu esa Turkiston rus ma’muriyati xalqni shariat
qo‘rquvi ostida ushlab turishga harakat qilganini ko‘rsatadi.
“Tarjimon”ning asosiy yo‘nalishini ta’lim, zamonaviy ilm va kasbning
targ‘iboti, deb belgilash mumkin. Gasprinskiy bir maqolasida: “Millat ilmsiz,
zamonaviy texnologiyasizlik natijasida taraqqiy etgan boshqa xalqlar bosimi
ostida asta-sekin yo‘q bo‘lib ketadi. Bu hayot uchun kurash deb ataladi. Qonsiz
bu urushning asosiy quroli kasb, ishlab chiqarish, bilim va ma’rifat”
84
, deb
yozadi. Turkistonliklar zamonaviy texnologiyasiz an’anaviy usulda ishlab
chiqarish sohasini tez yo‘qota boshladi; ularning ishlab chiqargan mollari rus va
Yevropa mollari bilan raqobat qila olmay qoldi. Rus olimi Vladimir Nalivkin
85
81
Khalid, Adeeb
. The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia.
–
Berkeley: University of California Press, 1998, – P. 222 – 228.
82
Mozhet li zhenshhina byt’ kaziem // Turkiston Viloyatining Gazeti, 1912,
№
54.
83
Do'stlaringiz bilan baham: