Zaynabidin Abdirashidov
14
1909-yillardagi siyosati Gasprinskiyning haqligini hamda tutgan yo‘li va
siyosati chor Rossiyasi tuzumida o‘z yashovchanligini ko‘rsatdi.
“Tarjimon” gazetasi chiqa boshlaganidan 20 yil davomida Rossiya
imperiyasidagi yagona musulmon matbuoti bo‘lib qoldi. Bu davr mobaynida
gazeta haftasiga 1-2 marta kichik hajmda nashr bo‘ldi. Lekin
bu kichik
gazetaning turkiy millatlarga ko‘rsatgan ta’siri juda katta edi. “Tarjimon”ning
ta’siri ostida Rossiya imperiyasining turli burchaklarida musulmonlar tarafidan
ko‘p sonli yangi maktablar ochildi, ko‘plab xayriya
jamiyatlari tashkil etildi,
yangi adabiyot shakllandi. Gasprinskiy juda mohir so‘z ustasi edi. U jumlalarni
sodda, qisqa va lo‘nda ifodalovchi uslub qo‘lladi; “Tarjimon”ning “o‘rta
umumturkiy” tilini yaratdi. Gasprinskiy butun turkiy millatlarni “Tarjimon”ning
yagona adibiy tili ostida birlashtirishni orzu qildi.
65
Buning uchun umrining
oxiriga qadar “Tilda, fikrda va ishda birlik” shiori ostida kurashdi. Gasprinskiy
targ‘ib qilgan til o‘z
vaqtida Qrimda, Istanbulda, Toshkent va Bakuda ham
birdek tushunarli edi.
“Tarjimon” o‘z sahifalarida musulmon
halqlarining siyosiy, iqtisodiy va
madaniy sohalarini yoritdi. Gasprinskiy maqolalarida Rossiya hukumati va
siyosatchilarining musulmonlarga nisbatan
olib borgan siyosatini, ayniqsa
ta’lim sohasidagi ishlarini tahlilga tortdi; gazeta o‘quvchilarini dunyoda
sodir
bo‘layotgan voqea va hodisalar bilan tanishtirdi. Gasprinskiy gazeta sahifalarida
musulmon ayoli masalasiga juda katta e’tibor qaratdi, ularning jamiyatda tutgan
o‘rni va vazifalarini ochiqladi. Musulmon
ayolining ilm olish va uni
tarqatishdagi ishtiroki musulmon jamiyatidagi o‘ta muhim vazifalardan biri
ekanligini targ‘ib qildi. “Tarjimon”ga ayollar tarafidan yuborilgan kam sonli
maktublarni o‘z sharhlari bilan nashr qildi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatladi. Shunday maktublardan
birini chop qilar ekan, Gasprinskiy “bu
muhtarama musulmon qizi Toshkent gimnaziyasida ta’lim olgan va uning o‘z
bilimini xalq orasida yoyishga bo‘lgan samimiy ishtiyoqi bizni juda xursand
qildi va bu ishda unga muvaffaqiyat tilaymiz”
66
, - deb sharh berdi.
Gasprinskiyning ayollar masalasidagi asosiy qarashlari uning “Dorur-Rohat
musulmonlari”, “Xotinlar o‘lkasi”
67
va boshqa adabiy asarlarida o‘z ifodasini
topgan.
“Tarjimon” zamon siyosatini ham muntazam
yoritib borishga va
munosabat bildirishga harakat qildi. Gasprinskiy gazeta sahifalarida
65
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: