Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
17
ortidagi siyosiy fitnalar to‘g‘risida N.Il’minskiyning o‘limidan keyin, uning
maxfiy xatlari
76
e’lon qilingandan keyingina biladi. Gasprinskiy gazeta
o‘quvchilariga kitobni taqdim qilar ekan, “shamol qayoqdan esganligi”ni endi
tushunganligini yozgan edi.
77
Gasprinskiy “Tarjimon” orqali xalq orasidan uning yo‘lboshchilari –
intelligentsiya, ziyolilar sinfini yuzaga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Gasprinskiyga ko‘ra, intelligentsiya xalqni umummilliy g‘oya ostida
birlashtiruvchi kuch, ular orqali umummilliy ishlarni amalga oshirish mumkin.
78
Gasprinskiy ziyolilarni millat boshiga qo‘yadi va ularni “millat otasi”, deydi. U
Rossiya imperatori Petr I faoliyatini misol tariqasida keltiradi; uning amalga
oshirgan ishlari orasida ilmning birinchi o‘ringa chiqargani va boshlang‘ich
ta’lim ona tilida olib borilishini yo‘lga qo‘yganligiga alohida urg‘u beradi.
79
Gasprinskiy bu bilan ruslarning mahalliy millatlar ta’lim sohasida
yurgizayotgan siyostiga qarshi chiqdi va bu yo‘nalishni o‘zining asosiy siyosiy
tezislaridan biri sifatida belgiladi.
19-asr oxiri 20-asr boshlaridagi musulmon Sharqi yangidan uyg‘onish
davrining hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy muammolaridan biri – ayollarning
jamiyatda tutgan o‘rni masalasi edi. Bu masala “Tarjimon”ning birinchi sonidan
boshlab asosiy ruknlaridan birini egalladi. Gasprinskiy 1887- hamda 1891-
yillari musulmon ayoliga mo‘ljallangan gazeta nashr qilish uchun rasmiy
idoralarga murojaat qildi. Lekin Peterburgda o‘tirgan rus ma’murlari bu
nashrlarning keragi yo‘q, degan vaj bilan chiqarishga ruxsat bermadi.
80
Oradan
ancha yillar o‘tib Gasprinskiy “Tarjimon”ga ilova shaklida “Olami nisvon”
(Ayollar dunyosi) gazetasi nashrini yo‘lga qo‘ydi. Bu ilovaga Gasprinskiyning
qizi Shafiqa Gasprinskaya muharrirlik qildi. Gasprinskiy ayollar masalasiga oid
maqolalarida ularning jamiyatdagi, oiladagi oddiy haq-huquqlari masalasida
amalda, hatto, shariat qonunlariga ham murojaat qila olmasliklarini ko‘plab
misollar orqali ochib berish bilan bir qatorda, ularning dunyoqarashlari
kengayib borayotgani ham ko‘rsaishga harakat qildi.
Ayol masalasi, yuqorida aytib o‘tilganidek, Gasprinskiyning adabiy
asarlarida ko‘proq tahlilga tortilgan va ochib berilgan. U “Dorur-Rohat
musulmonlari” romanida ayollarni barcha ishlarda erkaklar bilan bir qatorga
qo‘yadi; ayol qozi obrazini yaratadi. Gasprinskiy ta’rif qilgan ideal jamiyatda
ayol qozining roziligisiz yoki ishtirokisiz biror bir oilaviy yoki ayol huquqiga
oid masala hal bo‘lmaydi. “Xotinlar o‘lkasi” romanida esa Gasprinskiy
76
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: