Zaynabidin Abdirashidov
12
1881-yilning may oyidan 1882-yilning boshlariga qadar Gasprinskiy
yuqoridagi kabi 1-2 sahifalik kichik hajmdagi 12 gazeta chop qildi.
Gazetalarning chop etilish oralig‘i bir tekis bo‘lmadi. Amerikalik tadqiqotchi
Lazzernining qayd etishicha, yuqoridagi 12 gazetaning 8 tasi nomlari
aniqlangan.
53
Bularning ichiga “To‘ng‘ich” va “Shafaq” ham kiradi. Yana bir
tadqiqotchi V.Gankevichga ko‘ra, Gasprinskiy yuqorida tilga olingan ikki
gazetadan tashqari yana 13 kichik hajmdagi gazetalar nashr qilgan.
54
Lekin bu
gazetalarning aksariyati nomi aniq emas. 19-asr so‘ngida ijroda bo‘lgan Rossiya
imperiyasining “Matbuot to‘g‘risidagi Qonun”iga muvofiq matbuot ikki turga
ajratilgan edi – bir martalik va doimiy. Ikki matbuot turi ham tsenzura organlari
nazoratidan o‘tishi kerakligi belgilangan. Faqat bu ikki tur matbuotning birdan
bir farqi – doimiy chiqadigan matbuot organi bir martalikdan farqli ravishda
Ichki ishlar vazirining ruxsati bilan nashr etilgan. Gasprinskiy Ichki ishlar
vaziridan ruxsat olmaslik maqsadida nashr qilgan kichik hajmdagi gazetalariga
boshqa-boshqa nom bergan va bu bilan ularning bir martalik ekanligini
ko‘rsatishga harakat qilgan.
55
Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, 1882-yilning
o‘rtalarida tsenzura organi Gasprinskiyning bu kabi gazetalarining nashriga
chek qo‘ygan, ammo bu iddao o‘z isbotini topmagan.
56
Lazzeriniga ko‘ra,
Gasprinskiy “Tarjimon” gazetasini nashr etish uchun ruxsat olgani sababli
kichik hajmdagi turli gazetalar chiqarishni to‘xtatgan.
57
Aslida esa, tsenzura
organi Gasprinskiy nashr qilayotgan kichik hajmdagi gazetalar doimiy tus
olganini ko‘rsatib, ularning nashr qilishga ta’qiq qo‘ygan.
58
Bu holatda
Gasprinskiy qonunga muvofiq, gazetalarining nashrini davom ettirish uchun
Ichki ishlar vaziridan ruxsatnoma olishga majbur edi.
Gasprinskiy o‘z gazeta-varaqalarini nashr qilar ekan, birinchi o‘rinda
o‘quvchi va obunachi masalasini hal qilishi kerak edi. 1881-yilning avgust
oyida u Butunrossiyadan musulmon savdogarlar va ishlab chiqaruvchilar
yig‘iladigan Nijniy Novgorod ko‘rgazma-bozoriga bordi. Bu ko‘rgazma-
bozorda turkistonlik savdogarlar ham ishtirok etishgan. O‘z safari davomida
Gasprinskiy ko‘p savdogarlar bilan milliy ta’lim va matbuot borasida
muzokaralar olib boradi va izdoshlar topishga muvaffaq bo‘ladi. Muzokaralar
natijasida ushbu savdogarlar pochta orqali yuboriladigan gazeta sonlarini o‘zlari
53
Do'stlaringiz bilan baham: