Tirik bo‘lsang, qo‘zg‘ol, o‘rtoq
Qo‘lga ishni tez ol, o‘rtoq?
Munavvarqori pedagogik qarashlarining ahamiyati
Munavvarqori Abdurashidxonovning ulug‘ mutafakkir olim va pedagog
sifatida xalq maorifi tizimini isloh qilish, xalqni, millatni ilm -ma’rifatli qilish,
Vatan ozodligi uchun fidoiy bo‘lish, yoshlarni zamonaviy ilm-fanni egallagan
barkamol inson qilib yetishtirish haqida bildirgan fikrlari o‘z davrida qanchalik
ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ham shunday ahamiyatlidir.
ABDURAUF FITRAT
Hayoti, ma’rifiy-pedagogik faoliyati
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda savdogar oilasida tavallud topadi.
Otasi Abdurahimboy o‘qimishli, dunyoviy voqealardan xabardor kishi bo‘lgan.
Fitrat boshlangich bilimni Buxoroda eski maktabda oldi, keyin Mir Arab
madrasasida o‘qidi. So‘ngra Buxoro «Xayriyajamiyati» yo‘llanmasi bilan 1909-
1913 yillarda Istambul dorilfununida tahsil oldi. Istambulda u forsiy tilda
«Munozara» (1911 y.), «Sayha» (1911 y.), «Sayyohhindi» (1912 y.) asarlarini
yozdi.
Fitrat 1914 yilda o‘qishni tugatib Buxoroga qaytgach, Buxoro xalq
jumhuriyati muassasalarida ishladi, «Rahbari najot» (1915 y.), «Oyna»,
«Begijon», «Mavludi tarif», «Abo Muslim» asarlari chop etildi.
Fitrat Turkistonda yangi maktablar ochib, ularni yangi dastur va darsliklar
bilan ta’minlash haqida qayg‘urdi.
Fitrat Turkiston maktablarida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi, o‘quvchilarga
zamonaviy, dunyoviy bilim berish kerakligini, xalqning ijtimoiy, ma’rifiy
ongini oshirish zarurligini, ma’rifat baxt-saodat, milliy taraqqiyot va istiqlol
zamini ekanligini ta’kidladi.
Fitrat 1917 yilda Bokuda «O‘quv» kitobini nashr ettiradi. 1918 yilda
Toshkentga keldi. Bu erda Turkiston xalq dorilfununida, Toshkent davlat
pedagogika institutida, O‘zbekiston Fanlar qo‘mitasi qoshida tuzilgan ilmiy-
tadqiqot institutida SHarq mumtoz adabiyoti tarixi va ona tilidan dars berdi.
Qayum Ramazon, SHokirjon Rahimiy bilan hamkorlikda «Ona tili» darsligini
yozadi.
Fitrat 1922 yilda Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri vazifasida ishlab,
o‘zbek va tojik, turkman, mahalliy yahudiy bolalari uchun maktablar ochish,
muallimlar uchun qo‘llanmalar yaratish bilan shug‘ullandi.
1923-1924-yilda Fitrat Moskvadagi SHarq tillari institutida ishlab, ilmiy
tadqiqot bilan shug‘ullandi
1923-1926-yillarda uning
«Abulfayzxon», «SHaytonning tangriga
isyoni», «Arslon» dramatik asarlari nashr qilindi
Fitrat o‘z ijodiy va pedagogik faoliyatida, yaratgan ilmiy va badiiy asarlarida
Vatan, xalq, millat erkinligi, farovonligi haqidagi orzularini, ta’lim va tarbiya
haqidagi qarashlarini ifodaladi. U Turkistonda va boshqa sharq o‘lkalarida
atoqli olim, maorifchi va ustoz muallim sifatida shuhrat qozondi
Abdurauf Abdurahimboy o‘gli Fitrat millatchilikda ayblanib, 1938 yil 5
oktyabrda qatl etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |