1
Abdulla avloniy “Tanlangan asralar” 1 jild 2-nashri T. “Ma’naviyat” 2006 yil.
Xalqimizning asl tabiatida mavjud bo‘lgan
ana shunday ilmiy-ma’naviy salohiyat va
fazilatlar haqida gapirar ekanmiz, “Oqqan daryo
oqaveradi” degan naql beixtiyor yodimizga
tushadi. Chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat
g‘oyasini
baland
ko‘tarib
chiqqan
bobolarimizning faoliyat bunga yana bir yorqin
misol bo‘la oladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Munavvarqori Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat,
Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid
Cho‘lpon,
Usmon
Nosir
kabi
yuzlab
ma’rifatparvar, fidoiy insonlarning o‘z shaxsiy
matfaati,
huzur-halovaidan
kechib,
el-ulus
manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida
amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan
aslo o‘chmaydi.
Chorizm va mahalliy hokimiyat
qarshiligiga qaramay Qo‘qonda 1898
yil, Andijonda 1899 yil, Toshkentda
1999 yil, Qo‘qonda 1910-11 yillar 2 ta,
Marg‘ilonda 1914 yil Abdulla Avloniy
1907
yil,
Samarqandda
I.Rahmatullayev,
S.Siddiqiy,
A.Shakuriy 1901-1913 yillar bir nechta
yangi usul maktablari ochildi
Qrim
tatar
ma’rifatparvari
Ismoil
Gasparinskiy
(1851-1914
yillar) Qrimda “Usuli sivtiya
–
harf
tovush”
jadid
maktabini ochadi. 40 kunda
12 o‘quvchining savodini
chiqargani
“Tarjimon”
gazetasida e’lon qilinadi
“Jadid” so‘zining ma’nosi
“yangi” degan bo‘lib, “yangilik
tarafdori”
degan
ma’noni
anglatadi. Turkistonda jadidchilik
harakati
dastlab
maktabdan
boshlangan.
(B.Qosimov)
Munavvar Qori jadid maktablari uchun “Adibi avval” (1907),
“Adibi soniy” darsliklarini chop ettirdi. 5 yillik bilimni 3 yilda
berishga erishdi. 1908 “Sabzaver” badiiy asarlar to‘plami “Yer
yuzi” (geografiya) darsliklaridan chop etildi. Munavvar Qori
boshchiligida Xalq dorilfununi tashkil etildi.
Uch bosqich: Yuqori bosqich - o‘qituvchilar kursi, keyingi
oliy ilmgoh.
O‘rta bosqich – o‘rta hunar maktabi.
Quyi bosqich – boshlang‘ich maktabi.
Munavvar Qori o‘qitish qoidalari:
-Har bir harfni qisqa ovoz ila ta’lim bermoq, ayttirmoq;
-Har bir saboqi qora taxtaga oq bo‘r bilan yozib, barobar
ovoz ila takror qilmoq;
-Bir soatdan so‘ng bolalarni holiga qarab ko‘chirtirish,
kechagi saboqni so‘rash
Munavvar Qori Abdurashidxon o`g`li
(1878—1931)
Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li Turkiston tarixida milliy maorif va
madaniyat, ijtimoiy-siyosiy sohada tub burilish yasagan, jadidchilik harakatining
tashkilotchilaridan biri bo`lgan.
U o`z millati fidoyisi sifatida Turkiston musulmon xalqlari milliy-ozodlik
harakatining
Toshkentdagi “SHo`roi Islomiya”, Qo`qondagi “Turkiston
muxtoriyati” tashkilotlariga rahbarlik qilgan.
Abdurashidxon Sotiboldixon olim o`g`li Munavvar qori 1878 yilda Toshkent
shahrining markaziy dahasi — Shayx Xolvand Taxurning Darxon mahallasida
mudarris Abdurashidxon va Xosiyat otin oilasida dunyoga keladi. U yetti yoshida
otasidan ajraydi. Dastlabki ta`limni onasi Xosiyat otindan oladi, xat-savodi
chiqgach, o`sha davrdagi yirik maktabdorlardan biri — Usmon domlada o`qiydi,
so`ng Toshkentdagi Yunusxon madrasasida tahsil ko`radi. Biroq, o`sha davrda
O`rta Osiyoda ilm markazi Buxoro edi. Shuning uchun u 1898 yilda Buxoroga
borib, madrasalardan birida tahsil ola boshlaydi. Ammo ko`p o`tmay, moddiy
qiyinchiliklar tufayli Toshkentga qaytib keladi va Darxon masjidida imomlik
qiladi. Shu davrda Toshkentda ham jadidchilik harakati kuchayib boradi.
Munavvar qori ham taraqqiyparvarlar safiga qo`shilib, tezda uning
yo`lboshchisiga aylanadi. U ayniqsa Ismoilbek G`aspiralining “usuli savtiya”
maktabiga, chor hukumati mustamlaka o`lkalardagi aholini qanday ma`naviy-
madaniy uzlatda saqlagani va undan qutulish choralari haqidagi fikrlariga havas
va ixlos bilan qaraydi. Chunki, bu davrda birinchidan, eski arab va fors maktabi
uslubida faoliyat ko`rsatuvchi ibtidoiy maktablaru madrasalarning o`quv
pedagogika ishlari ancha eskirib qolgan edi. Ikkinchidan, chor hukumati
Turkiston o`lkasida maorifni rivojantirmaslik uchun astoydil harakat boshlab
yuborgan edi. O`lka aholisini ruslashtirish siyosati birinchi o`rinda turar edi.
Pirovard maqsad millatni yo`q qilishdan iborat bu ma`naviy tajovuzni ayniqsa
o`zbek ziyolilari ham har qadamda sezib yurishgan va his qilishgan. Bundan
tashqari, mustamlakachilar Turkistonga och nazar bilan qarab, uning boyliklarini
shafqatsiz
tashiyotganliklari,
milliy
ozodlik
harakatlarini
qonga
botirayotganliklari faqat oddiy mehnatkashlarning emas, balki boylar va
ziyolilarning ham ko`zini ochib borayotgan edi. Xalqni bu balolardan faqat
maktab ta`lim-tarbiyasidagi keskin islohotlar qutqara olar edi. Shu bois,
Munavvar qori rus-tuzem maktablariga qarshi o`z yangi maktablarini ochishga
ahd qildi.
Shunday qilib, Munavvar qori 1901—1904 yillarda qrimlik do`sti Rasm Keshod
yordamida Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi, ayni vaqtda maktabda
imomlik ham qiladi. 1906 yilda esa yangi usul maktabi sohasidagi faoliyatini o`z
uyining tashqari hovlisida davom ettiradi, oradan ko`p vaqt o`tmay maktab uchun
ikki xonalik qo`shimcha bino qurdiradi. Qisqa muddat ichida bu maktab dovrug`i
ortadi, bolalar soni ko`payib ketadi. Natijada qori akaga hammahalla bo`lgan
Buvaxon to`ra Poshshaxon o`g`lining tashqi hovlisida maktabning ikki sinfli
sho`basi ochiladi. Bu yerda 1, 2-sinflarni bitrgan bolalar o`qishni Munavvar qori
hovlisida davom ettirganlar.
1913—14 o`quv yilida maktabda yuqori sinflar (5 va 6-sinflar) ochila boshlaydi.
To`rtinchi sinfdan rus tili ham o`quv fani sifatida o`rgatiladi. U maktabni isloh
qilmay turib, odamlarning ongida o`zgarish yasab bo`lmasligini yaxshi tushunib
yetgan edi. U “Bizni jaholat-jahl murakkab” maqolasida “Turkistonda maktab va
madrasa yo`q emas, bor, ammo ular benizom va beusuldir... Turkistonlik
yoshlarning tarbiyasi va ta`lim olishiga jiddiy e`tibor berilmayapti, millatning
istiqboliga loqayd va beparvo qaralmoqda”, deb tanqid qilardi. Munavvar qori
farzandlarining taqdiri uchun otalar zimmasida katta mas`uliyat borligini
ta`kidlaydi. U kuyinib yozadi: “... ilm berishni o`ylamay, jonidan shirish
bolalarini ko`cha-bako`cha kezdirib, bechora mas`umni aziz umrini jaholat
otashila yondig`uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur.”
“... Boshqalari o`z farzandlarini aslo maktabga bermay, orqalaridan ergashturub
ruslar eshikida o`zlari kabi xizmatchilikg`a o`rgatub dunyoi va oxiratni saodati
o`lg`on ilm va maorifdin mahrum qo`ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba`zi
azizlarimiz bordurki, o`g`lini qo`lidin tutub maktabg`a olib borur. Muallimdan
talab qilurki, “Taqsir, shu o`g`limning go`shti sizniki, ustuxoni bizniki, bir iloj
qilub tezlik ila naqd va nasiya yozmoqni o`rgatib berursiz” der. Mana, otalarning
farzandlari taqdiriga, istiqboliga bo`lgan munosabati.
Munavvar qori maktab o`qituvchilarining (domlalarning) ham qiyofasini
tavsiflab, aksar o`qituvchilar — badxulq, zolim, bolalarni kaltaklashadi, ya`ni
“Muallim afandi qo`lida zo`r bir tayoq, qaysi bolani boshi harakatdan qolsa,
ushbu tayoq shu bolani boshida o`lur. Ammo o`qug`on-o`qumag`on ila hech
kimni ishi yo`q. Boshni qimirlatib o`tursa, kifoya qilur. Shattoki o`tgan yillarda
bu tariqa zolim muallimlarni tayoqini ostida vafot qilmoq ham voqe` o`ldi. Bu
tariqa zolim va badxulq, johil muallimlarni tarbiyasida o`skan bollardan nima
umid qilmoq kerak”... Munavvar qori o`qitishning bunday yaramas usuli qanday
oqibatlarga olib kelishi haqida kuyunib yozadi: “... boshqa viloyatlarda xat
bilmayturg`on kishi yuzdin o`n bo`lsa, Turkiston viloyatida yuzdin to`qsondir”1.
Bunga bois maktabda o`qitiladigan dars va kitoblarning usul (metodika) jihatidan
maqsadga muvofiq emasligi, muallimlarni pedagogik talablarga javob
berolmasligi kabilardir deydi.
Munavvar qori maktab tartib qoidalariga qat`iy amal qilishni muallimlardan ham
talab qilgan, bolalar bilan qo`pol muomalada bo`lishni, ularni urish va jerkishni
taqiqlagan. U bolalarga beriladigan jazo va tanbeh juda demokratik va
insonparvarlik ruhida bo`lishi lozim, deydi.
Munavvar qori ziyoli yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm-fanni
o`rganishni targ`ib qiladi. Masalan, u 1916 yili Toshkentda yig`ilishda nutq
so`zlab shunday deydi: “O`zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga yuborib
o`qitishga juda muhtojmiz, bolalar o`qub, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta
xizmat qila oladilar”.
Munavvar qori 1909 yili Ubaydulla Xo`jayev, Abdullo Avloniy, Toshpo`latbek
Norbo`tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda toshkentlik bir
boyning raisligida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi. Bu jamiyat orqali qashshoq
va kasalmand kishilarga, o`quvchilarga yordam ko`rsatadi va bu bilan
cheklanmaydi, u Rossiya va Turkiyadagi oliy o`quv yurtlariga talabalar yuborish
bilan ham shug`ullandi. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda shu jamiyatning
yordami bilan Mirmuhsin SHermuhammedov Ufadagi “Oliya” madrasasida
o`qigan. Munavvar qori 1906 yil sentabrida “Xurshid” jurnalini nashr ettirib, o`zi
muharrirlik qiladi. Bu jurnal o`zbek xalqining ko`zini ochishga, fikriy
uyg`onishga, o`z haq-huquqini tanishiga xizmat qilgani uchun oq poshsho
malaylari tomonidan tezda yopib qo`yildi. Keyinroq u “Najod”, “Surat”,
“Shaqiqat”, “Turon”da bosh muharrir bo`lib ishladi. U matbuotni elni g`aflat
uyqusidan uyg`otuvchi buyuk kuch, madaniyat va ma`rifatga chorlovchi qudratli
vosita, haqiqat ko`zgusi, deb qaradi. U Turkistonning mustamlakaga aylanishi,
millatning inqirozga uchrashi sabablarini ochib beradi: “Bu zamondan yuz yildan
ziyodroq muqaddam zamondan boshlab ohista-ohista millat devorlarining har
tarafiga rahna paydo bo`ldi. Munga sabab ulamo va ulamolarimizning o`z
nafslari rioyasida harakat qilmoqlari bo`ldi. Podshoh va xonlarimiz bo`lsa,
millatga qilgan xizmatlari tanho xotin olmoq va kuchuk urushtirmoq va beg`ayrat
va behaqqoniyat dindor kishilarni badarg`a qilmoq va tutib o`ldirmoq bo`ldi.
Millat nima va shariyat nima bilmadilar. Shuning uchun millat devorining
rahnalari tobora ziyoda bo`ldi”.
Yana buyuk murabbiy millatning inqirozga uchrash sabablaridan birini
“bo`zaxo`rlik, qimorbozlik, ... lar”ga o`xshash illatlarni bizlarning ota-
bobolarimiz rasmlaridir, deb iste`mol qilganlarida ko`radi.
Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan, u ko`p ulug`
adiblarning asarini mutolaa qilgan. Munavvar qori o`lkaning qoloqligi sababini
axtarar ekan: “Bizning Turkiston mamlakati tuproq, suv va havo jihatidan eng
boy mamlakatlardan bo`la turib, na uchun o`zimiz bundan foydalana olmaymiz?”
deb afsus-nadomatlar qiladi. “Mana, ket-baket yetgan bunday savollarga javob
bermak uchun nodonlik va olamdan xabarsizlik, demakdin boshqa chora yo`qdir.
Bu nodonlik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutilmak uchun avval oramizda
hukm surgan buzuq odatlarning buzuqlig`ini bilmak va o`rganmak kerakdir”,
deydi u.
Ma`lumki, zolim Nikolay II ning 1916 yil 25 iyunda «Front orqasidagi
xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkaz inonarodetslaridan o`n to`qqizdan 31
yoshgacha er kishilardan mardikorlikka olish haqida 1526 raqamli farmoni e`loni
qilinadi. Bu noqonuniy farmonni o`lka qonini so`rib yotgan gubernatorlar bosh-
boshdoqlik bilan amalga oshiradilar. Oqibatda, Turkistonning ko`pgina viloyat va
shaharlarida aholi o`rtasida norozilik tug`ilib rasmiy isyonlar boshlanib ketadi.
Isyonlar shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ana shu pallada toshkentlik
taraqqiyparvar kishilar sukut saqlamay, aholiga yordam berishga kirishadilar.
Ushbu harakat natijasida «Turkiston mardikorlikka olish qo`mitasi» tashkil
etiladi. Munavvar qori shu qo`mita raisining o`rinbosari etib saylanadi. U chor
hukumati olib borayotgan bu siyosatning noto`g`riligini xalqqa tushuntiradi va bu
masalada Peterburgga vakil yuborishni tashkil etish ishlarida faol qatnashadi.
O`zbek xalqini ma`rifatli qilishga intilgan buyuk murabbiy 1918 yil may oyida
Toshkent shahrida “Turk o`chog`i” ilmiy-madaniy jamiyati tuzadi. U bu
jamiyatni Turkiston turklarini milliy tug` ostiga to`plab, alarga ruh va
ma`rifatlarimizni, tijorat, ziroat va san`atimizni rivojlantirib, chin madaniyat
vujudga keltirmak va shu tariqa millatimizni ruhiy va jismoniy quvvatini orttirish
maqsadida tashkil etgan edi. Munavvar qori ana shu g`oya asosida ish olib
boradi.
U insonning ma`rifatli bo`lib, ko`zi ochilmaguncha vijdon uyg`onmasa na o`zini,
na xalqining erkini muhofaza qilaolishini, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona
noziklik bilan o`z asarlarida ifoda etadi. “So`nggi ikki yil ichida, — deydi u, —
Turkiston xalqining boshina kelgan falokatlar har biri yolg`iz nodonlik va
maorifsizlik orqasidangina bo`lganligi har kimga ma`lumdir. Kelajakda bunday
falokatlardan qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va
dushmanlardan saqlamoq yolg`iz maorif vositasi ilagina mumkindir”, deydi u.
Sha, bu Munavvar qorining imon-e`tiqodidan, vijdonidan dalolat edi. Zero,
toshkentlik jadidlar — taraqqiyparvarlar millatni illatdan, asoratdan ma`rifatgina
qutqaza olish haqidagi xulosaga keladilar.
Umuman, Munavvar Qori Abdurashidxon o`g`li ma`rifatparvar inson, istiqlol
uchun kurashgan, pedagogik fikr rivojiga munosib hissa qo`shgan mutafakkir olim
sifatida shuhrat qozondi.
O`z xalqini, vatanini joni-dilidan sevgan Munavvar qori Abdurashidxonov shaxsga
sig`inishning dastlabki qurbonlaridan biri bo`ldi. U avval Toshkentda, so`ng
Moskvada tergov qilinib, otib o`ldirishga hukm etiladi. Bu ulug` insonning ismi
sharifi xalq yodidan hech qachon o`chmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |