Piaje.
Avvalroq bu nuqtai nazar amerikalik psixolog Bruner tomonidan
bildirilgan (1960, 1966, 1996), u talabalarga odatdagidek an’anaviy muhim
koʻrsatma va topshiriqlar berish orqali oʻrganishdan koʻra, koʻproq ular oʻzlari
mustaqil ravishda oʻrganishlari mumkin, deb uqtiradi. U bunday qoʻllab-
quvvatlash yordamida oʻrgatuvchi tirgaklarni, toʻgʻridan-toʻgʻri ma’noda
vaqtinchalik tuzilma (struktura) deb ataydi, xuddi shu narsa binolar qurilishida
ishlatiladi, u strukturaning kuchliligini, puxtaligini ta’minlaydi. Keng miqyosda
aytilgan (sitiruemiy) sharxlarida (ba’zida bu narsa rad etiladi) u shunday deb
108
yozadi: “Biz (kognitiv tarbiyachilar) har qanday fanni (predmetni) samarali
oʻrganish, har qanday bolaga, har qaysi rivojlanish bosqichida ba’zi intellektual
(aqliy) shakllarda amalga oshirilishi mumkin – degan taxmindan boshlaymiz”
(1960, str. 33). Shunday dadil xulosalarga kelishning sababi, Brunerning
tirgaklarga (iskanaga) boʻlgan ishonchi – uning raxbarlik koʻrsatmalarining
toʻgʻri yoʻnaltirishlishi va zarur vaqtda taqdim etilishining muhimligiga boʻlgan
ishonchi boʻldi. Talabalar zarur vositalar bilan ta’minlanganda, talabalar ancha
malakali va “aqlli” boʻlib tuyuladi va ular koʻproq oʻrganadilar.
Bir-biridan mustaqil, oʻxshash gʻoyalar rossiyalik psixolog Lev Vigotskiy
tomonidan ham taklif qilingan (1978), u oʻz ishlarida yosh bola yoki yangi
bolaning tafakkur qilishi boshqa odamlar bilan, ulardan bilimdon, qobiliyatli
insonlar bilan boʻladigan munosabatlariga ta’sirini oʻrganib chiqadi. Vigotskiy
taxminicha, bola yangi malaka yoki yangi muammolarni yechish ob’yekti
sifatida oʻrganiladi, agar u yolgʻiz bajargandan koʻra ekspert tomonidan yordam
olsa va yoʻnaltirilsa u yaxshiroq ishlashi mumkin. Kimdir shaxmatni juda kam
oʻynagan boʻlsa, misol uchun, raqibga qarshi yolgʻiz raqobatlashgandan koʻra,
agar shaxmatchiga eksperti yordam bersa raqib bilan yaxshiroq raqobatlashishi
mumkin. Shu munosabat bilan ekspert biroz sportchi trenerga oʻxshaydi –
yordam berish orqali amaliy yoʻllarni taklif qiladi, lekin hech qachon jismoniy,
atletik ishlarni oʻzi qilmaydi. Asta-sekin doimiy tajribani oshirishni, yangi
malakalarni egallashni ta’minlaydi, ekspert-trener yangi bola yoki oʻquvchida
oldindan mavjud boʻlgan bilim va malakalarni rivojlantirishning shart
sharoitlarini yaratib beradi.
Konstruktiv ta’limning har ikkala – psixologik va ijtimoiy versiyalarida
yangi bola haqiqatda koʻp oʻqishi ham mumkin, lekin shu bilan birga
“oʻqimasligi” ham mumkin. Konstruktivizmning ijtimoiy versiyasida, ta’lim
olish shart sharoitlarini yaratganligi uchun, ekspert ma’sul shaxs ekanligi
ta’kidlanadi. U nafaqat bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi kerak, balki
oʻquvchilar tomonidan bilim va koʻnikmalar oson va xavfsiz yoʻl bilan oʻzlari
egallashiga (olishi) imkon beruvchi jarayonni tashkil etish yoʻllarini ham
bilishi kerak. Bu talablar, sinfda ta’lim berish singari, albatta juda koʻp. Bilim
berish va oʻrganishga qoʻshimcha tarzda, ekspert (oʻqituvchi) ta’lim mazmunini
109
boshqaruv qismlariga ajratishi kerak, detallarni (qismlarni) zarur ketma-ketlikda
taklif qilishi, mos va muvaffaqiyatli amaliyotni tashkil etishi, oʻqish jarayoni
yakunida qismlarni yana birlashtirishi va oʻquvchi uchun muhim barcha bilim,
malaka, koʻnikmalar hamda tajribani oʻzaro bogʻlaydi. Albatta, hech kim ta’lim
olish oson deb aytmagan!
Do'stlaringiz bilan baham: |