Taqrizchilar: p.f.d. F. Xalilov – TDPU professori.
M.Yu. Mahkamova – TAQI dotsenti.
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа oʻrtа mахsus tа’lim vаzirligining
2018 yil, 25-avgustdаgi 744-sоnli buyrug‘ining 9-ilovasigа аsоsаn darslik
sifаtidа nаshr etishgа ruхsаt bеrildi.
© TAQI-2018
3
KIRISH
Kasbiy psixologiya fanini oʻrganish davomida mutaxassislar mehnat
jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning
psixologik mexanizmlarini anglash umuman olganda shaxslararo
munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning
umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng oʻrganishga erishadilar.
Kasbiy psixologiya fani oʻquvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan
qurollantirish hamda amaliy koʻnikma va malakalarni hosil qilishi lozim.
Buning uchun kasblarga doir qoʻllanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash
lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik,
ziddiyat, toʻsiqlarni oldini olgan holda oʻquvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga
yoʻllash imkoniga ega.
Ijtimoiy taraqqiyotni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga
koʻtarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish
uchun keng saviyali, bilimdon, oʻz kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish
orqali davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh
mahsulotlar yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr
talablariga ogʻishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam,
xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar,
iymon – e’tiqodli insonlar boʻlib voyaga yetishsin.
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi
soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha oʻquv yurti
talabalari ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy
qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra kasbga
yoʻllash kerak.
Talabalarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb
– hunarini oʻz qobiliyatlariga yarasha toʻgʻri tanlashlariga erishish uchun
maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik
(shuningdek, akdemik, tashkilotchilik, perseptik va h.k.) qobiliyatlari yuksak
boʻlishi, fan asoslarini turmush bilan bogʻlab oʻrganilishi, toʻgarak va
qoʻshimcha yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb – hunar
4
toʻgʻrisida ma’ruzalar oʻqilishi, suhbatlar, munozaralar oʻtkazilishi, sayohatlar,
uchrashuvlar, kasb – hunar fotokoʻrgazmalarini tashkil qilishlari zarur. Kasbiy
psixologiya fani 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan sohasida ulkan
muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. 2 - jahon urushidan buyon psixologiyaning
talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi natijalarga erishdi.
1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining soʻnggi prezidenti
E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani Amerika Qoʻshma
shtatlarida qabul qilingan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |