Vegetativ nerv sistemasi
Vegetativ nerv sistemasini nerv tugunlari va bu nerv tugunlarini orqa
miyadagi hamda orqa miyadan tashqaridagi mahsus birikma va chatishmalari
tashkil etadi. Vegetativ nerv sistemasidagi nerv hujayralarining va nerv
tugunlarining ayrim birikmalari hazm organlarida, qon aylanish, nafas olish
organlarida va shunga oʻxshash organlarda boʻladi.
Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlangan:
vegetativ nerv sistemasining nerv tugunlari bosh miyaning gipotalamus (koʻruv
dumboqlariniig pastki qismi), toʻrt tepalik va uzunchoq, miya sohasida,
30
shuningdek, orqa miyaning koʻkrak, yuqori bel va dumgʻaza boʻlimlarida
joylashgan.
Katta yarim sharlar poʻstining peshona qismlarida periferik nerv
sistemasining ham, vegetativ nerv sistemasining ham funksiyalarini
birlashtiradigan yuksak markazlari bor. Bosh miya poʻstidan periferik nerv
sistemasiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi.
Binobarin, vegetativ nerv sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlarni
bosh miya poʻsti idora etadi.
Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir qismi boʻlib,
ichki organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining ishlarini va ichki
sekretsiya bezlarining faoliyatini idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi
organizmning umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi. Organizm
jarayonlarining shu tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan idora etilishi
organlar faoliyatining kuchayishi va susayishida, ortishi va kamayishida
koʻrinadi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bogʻlanib qolmay, balki
organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham bogʻlangandir. Vegetativ nerv
sistemasining markazdan qochuvchi tolalari hamma sezgi organlarida va teri
hujayralarida bor. Vegetativ nerv sistemasi oʻsha tolalar orqali sezgi organlariga
ta’sir etib, ularning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ
nerv sistemasi sezgi organlarining adaptatsiyasiga (ya’ni moslanishiga) ancha
yordam beradi. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli
qismlariga, jumladan, bosh miya poʻstiga ham ta’sir etadi. SHuning uchun ham
vegetativ nerv sistemasining ta’siri psixik jarayonlarda ham koʻrinadi.
Vegetativ nerv sistemasi ikkita. Ular: simpatik nerv sistemasi va
parasimpatik nerv sistemasidan iborat.
Simpatik nerv sistemasining markazlari gipotalamusda, orqa miyaning
koʻkrak va yuqori bel boʻlimlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari
tanadagi hamma organlarga yoyiladi.
Parasimpatik nerv sistemasining markazlari toʻrt tepalikda, oʻrta miyada
(Varoliy koʻprigi), uzunchoq, miyada va orqa miyaning dumgʻaza boʻlimidadir.
31
Simpatik va parasimpatik nerv sistemalari ichki organlar faoliyatini idora
etishda «antagonistlar» rolini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |