34
(sezgilar, idrok) yoki qachonlardir, ya’ni oʻtmish tajribada (xotira) yuz bergan
qoʻzgʻatuvchiga javob tarzida roʻy beradigan, ana shu ta’sirni
umumlashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur, hayol)
oldindan koʻra bilishga yordam beradigan, ba’zi bir ta’sirlar natijasida faoliyatni
(his-tuygʻu, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib
yuboradigan va boshqa xildagi ta’sirlar oqibatida uni tormozlashtiradigan,
odamlar xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va boshqalar) tafovutlarni
aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir.
I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan
boshqarilishi gʻoyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalarni I.P.Pavlov
tajriba yoʻli bilan tasdiqladi va aniqlashtirdi. U hayvonlarning, shuningdek
odamning tashqi muhit bilan oʻzaro harakati, miya tomonidan boshqarilishi
qonuniyatlarini kashf etgan edi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan
jami qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deb ataladi.
Narsaning timsoli (koʻrinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu kabilar) hayvonlar
uchun biron-bir shartsiz qoʻzgʻatuvchi signal boʻlib xizmat qiladi. Bu esa ular
xatti-harakatining shartli refleks tarzida oʻzgarishiga olib keladi. Hozirgi zamon
fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya va miya naychasi reflektor
faoliyatining asosan tugʻma (shartsiz refleksi) hisoblangan shakllarni amalga
oshiradi, katta yarim sharlarning qobigʻi esa hayot kechirish jarayonida
orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi
hisoblanadi.
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonuniyatlarini I.P.Pavlov
aniqlab bergan. Olim oʻtkazgan klassik tajribalarda itlarda
oldinlari faqat tegishli
shartsiz qoʻzgʻatuvchi (masalan, ovqat)ning bevosita ta’siri ostida yuz beradigan
fiziologik reaksiyaga (masalan, soʻlak oqishiga) olib kela boshlaydigan juda
ham xilma-xil signallar beradigan shartli reflekslar ho sil qilingan edi. Lekin
uning ta’limotini shuning oʻzi bilangina cheklab qoʻy ish notoʻgʻri boʻladi. Real
tarzda (laboratoriya sharoitida emas) hayvonlar ozuqa qachon ogʻziga tushishini
kutib turmaydi, balki uni izlashga urinadi, harakat qiladi, harakatining
samaradorligini tekshiradi, xullas sharoitga faol muvofiqlashadi. Shunday qilib,
bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va odam psixikasini belgilaydigan
36
Bizning katta ongimiz ham bizga tili, ma’no yaratish uchun muntazam
tarzda ramzlardan foydalanadigan aloqa tizimiga ega boʻlish imkonini beradi.
Til bizga gaplashib oʻqish va yozish bilan boshqalarga ongli muloqot qilish
imkonini beradi. Stiven Pinker psixolog sifatida til (Pinker, 1994), "zakovat
tojidagi marvarid"
deb nom berdi
Psixologlar uzoq vaqt eng yaxshi tushuncha va ongni oʻlchash ustida
(Sternberg, 2003) koʻp muxokama qildilar. Bu savollar oʻz ichiga nechta ong
turi bor, tabiatning ongdagi roli, ong qanday qilib miyada taqdim etiladi va
idrokli guruhdagi farqlarni olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: