Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
 


53 
 
Oʻz-oʻzini kuzatish 
Nomidan koʻrinib turibdiki, tadqiqotchi oʻz-oʻzini kuzatish bilan oʻzidagi 
psixik  hodisalarni  tekshiradi.  Bu  holda  tadqiqotchi  psixik  jarayonlar  va 
holatlarning  ichki  tomoni  -  odamning  sub’yektiv  kechinmalari  qanday  roʻy 
bersa,  ularni  shu  holida  tasvir  etish  va  aniqlab  olishga  intiladi.  Psixolog  oʻz 
tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning oʻz-oʻzini kuzatib olgan ma’lumotlariga 
ham asoslanadi. 
Psixologiya  vujudga  kela  boshlagan  V  asrdan  tortib  to  bizning 
eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha oʻz-oʻzini kuzatish metodi yoki 
introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi boʻlib 
keldi desa boʻladi. 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  oʻz-oʻzini  kuzatish  metodiga 
tanqidiy  koʻz  bilan  qaraladigan  boʻlib  qoldi.  Bu  metodning  bir  qancha 
kamchiliklari borligi ma’lum boʻldi. 
Oʻz-oʻzini  kuzatishda  tadqiqotchi  ham  tekshiriladigan  ob’yektga,  u  ham 
tekshiruvchi  ob’yektga  boʻlinib  qolishi  bu  metodning  eng  muhim  kamchiligi 
ekanligi  koʻrsatildi.  Holbuki,  normal  kishilar  shaxsining  amalda  bunday 
«boʻlinib ketishi» mumkin emas. 
Oʻz-oʻzini  kuzatishda  psixik  hodisalarni  (masalan,  shodlik  yoki  qaygʻu 
hissini,  tafakkur  jarayonini)  ham  boshdan  kechirish,  ham  shu  hodisalarni 
oʻrganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin boʻlmasligi koʻrsatib 
oʻtildi. 
Oʻz-oʻzini  kuzatish  metodining  cheklanganligini  ham  uning  kamchiligi 
deb  bilish  kerak.  Psixolog  oʻz-oʻzini  kuzatish  yoʻli  bilan  faqat  oʻz  psixikasini 
oʻrganadi-da,  axir.  Shunday  boʻlgach,  odam  psixikasi  haqidagi  fan  faqat 
psixologlarning  oʻz  psixologiyasiga  aylanib  ketadi.  Bunday  psixologiya 
madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, oʻz ixtisosiga koʻra oʻzini-
oʻzi  kuzata  oladigan  va  oʻzini-oʻzi  muhokama  qila  oladigan  kishilar  psixikasi 
haqidagina  bilim  beradi.  Ammo  madaniy  taraqqiyotning  pastroq  bosqichida 
turgan  kishilar  psixikasi  haqidagi  ta’limot  ham,  bolalar  psixikasi  haqidagi 
ta’limot  ham  psixologiyaga  qoʻshilishi  kerak.  Madaniy  taraqqiyotning  pastroq 
bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtai nazaridan oʻz-oʻzini kuzata 


54 
 
olmasligi  tabiiy.  Demak,  oʻz-oʻzini  kuzatish  yoʻli  bilan  odam  psixik 
taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib boʻlmaydi. 
Nihoyat, oʻz-oʻzini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, 
bu  yoʻl  bilan  olingan  ma’lumotlar  psixik  hayot  hodisalarini  turli  yoʻsinda  bir 
tomonlama, sub’yektiv talqin qilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, odamning 
xarakterini  tekshirayotgan  psixologning  oʻzi  egoist  boʻlsa,  oʻz-oʻzini  kuzatish 
natijalaridan,  egoizm  -  har  qanday  xarakterning  muhim  belgisidir  deb  hulosa 
chiqarishi mumkin. Dunyoda sahiy, olijanob xarakterli kishilar borligini bunday 
psixolog faqat oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan bila olmaydi. Zohiran koʻrinadigan 
narsa  bu  yerda  xaqiqat  boʻlib  tuyulishi,  yakka  hodisa  umumiy  hodisa  boʻlib 
tuyulishi  mumkin.  Holbuki,  har  qanday  ilmiy  bilim  ob’yektiv  va  chin  bilim 
boʻlishi kerak. 
I.P.Pavlov oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan aniqlab olishi mumkin boʻlgan 
sub’yektiv  psixik  hodisalar  haqida  gapirar  ekan,  bunday  deb  yozgan  edi: 
«Albatta, bu (sub’yektiv – P.I.) hikmatlar biz uchun birinchi darajali voqe’likdir, 
ular kundalik hayotimizni yoʻlga soladigan, inson jamiyatining taraqqiy etishiga 
sabab boʻladi. Ammo sub’yektiv holatlarga qarab yashash boshqa-yu, ularning 
mexanizmini chinakamiga ilmiy tahlil qilish boshqa». 
Oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan sub’yektiv ravishda koʻngildan kechadigan 
faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish 
mumkin  emas.  Psixik  hodisani  tushuntirish  –  uning  sababini,  nerv-fiziologik 
asosini  topish  va  odam  yashaydigan  ijtimoiy  sharoit  bilan  bogʻlanganligini 
aniqlash  demakdir,  bularning  hammasi  esa  oʻz-oʻzini  kuzatish  doirasidan 
tashqaridadir.  Fanning  vazifasi  faktlarni  tasvir  etishdangina  iborat  emas,  balki 
asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. 
Ob’yektiv metoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin. 
Tashqi va ichki kuzatishning birligi 
Lekin  odam  psixikasini  faqat  oʻz-oʻzini  kuzatish  metodi  bilan  oʻrganib 
boʻlmasa,  faqat  tashqi  kuzatish  yoʻli  bilan,  ya’ni  oʻz-oʻzini  kuzatish 
ma’lumotlari  bilan  bogʻlanmasligi  ham  mumkin  emas.  Oʻz-oʻzini  kuzatish 
metodining  ahamiyatini  tamomila  inkor  qilish  –  odamning  yuksak  darajadagi 
bilish  qobiliyatiga,  ijodiy  qobiliyatiga,  ongiga  ishonmaslik  demakdir.  Boshqa 


55 
 
kishilarni  kuzatishning  xususiyati  shundaki,  tadqiqotchi  shu  kishilar  xulq-
atvorining  tashqi  koʻrinishlarini  idrok  etar  ekan,  koʻnglidan  kechayotgan 
hislarini bir qadar biladi. Shu sababli psixolog tashqaridan kuzatish yoʻli bilan 
va oʻz-oʻzini kuzatish ma’lumotlariga tayanib, odamning turli xatti-harakatlarini 
tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik hayot hodisalari 
haqida, ularning tashqi va ichki (sub’yektiv) koʻrinishlari haqida xulosalar ham 
chiqarishi  mumkin.  Tadqiqotchi  psixolog  kishilar  bilan  muomala  qilishda 
turmush  tajribasiga  va  ilmiy  tekshirish  ishlarida  yetarli  amaliyotga  ega 
boʻlganida  psixik  hayotning  tashqi  koʻrinishlarini  kuzatar  ekan,  psixik 
jarayonlarning  sub’yektiv  suratda  qanday  kechishini  ham  ozmi-koʻpmi  ocha 
oladi.  Masalan,  tafakkurni  kuzatish  yoʻli  bilan  tekshirganimizda  koʻz,  yuz 
muskullaridagi  xilma-xil  harakatlarni  va  turqining  oʻzgarishini  qayd  qilibgina 
qolmay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday 
tezlik  bilan  roʻy  berishini  ham  bir  qadar  bila  olamiz.  Modomiki  tafakkur 
jarayonlari tashqi muhitda oʻz ifodasini topar ekan, tafakkurning mazmunini bila 
olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda roʻy berayotganini, masala qanday kelib 
chiqayotgani,  masalani  echish  jarayoni  qanday  borayotganini  ham  kuzata 
olamiz.  

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish