Eksperimental metod va eksperimental psixologiya
Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash: ijtimoiy psixologik tadqiqot
buyurtmachi va bajaruvchilar oʻrtasidagi munosabat oʻzaro kelishib olinadi.
Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy va mehnat resurslari
hisoblab chiqiladi. Bunda maqsad va vazifa aniqlab olinadi. Maqsad - bu ongda
oldindan payqalgan tadqiqot natijasidir. Muammoni oʻrganish darajasi, ijtimoiy
buyurtma, tadqiqot manfaatlariga bogʻliq boʻladi. Empirik (eksperiment)
tadqiqotning umumiy maqsadi: ob’yekt rivojlanish turlari, tuzilmasi,
oʻzgaruvchanligi va tendensiyalaridir. Bu faktlar turli maqsadlarga qoʻllanishi
mumkin: a) nazariy hulosalar olishda; b) oʻrganish metodining effektivligi,
bilish imkoniyati orqali hulosalar olishda; v) amaliy maslahatlar olishda; g) kam
oʻrganilgan soha boʻyicha informatsiya toʻplaganda. Ijtimoiy psixologik
tadqiqot maqsadi turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish
korxonasida mehnat unumdorligini koʻtarish muammosini ijtimoiy psixologik
56
tadqiqot qilish zarur boʻlsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi
pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy
imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoiti oʻzgarishidan iborat
boʻladi. Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan maqsadning
mazmunan, uslubiy va tashkiliy jihatdan yanada oydinlashtirib olishdan iborat
boʻladi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda maqsad-bu tadqiqotlarni nazariy yoki
amaliy yoʻnalishlarda boʻlishini koʻrsatuvchi moʻljal vazifasini oʻtaydi. Ayni
vaqtda dastur oʻtkazilayotgan tadqiqot qanday muammoni hal etishi yoki qanday
xarakterdagi natijalarga ega boʻlishi xususida konkret savollarga javob berishi
lozim.
Eksperimental psixologiyaning hozirgi davr holati.
Maqsadni amalga oshirish jaryonida bir yoʻla bir necha xil manzaralarga
duch kelish mumkin. Zero, hamma narsa oldindan aniq belgilanishi qiyin.
Hamma imkoniyat va yutugʻlarni toʻla aniqlik bilan hisobga olishga urinish
be’manilikdan va shallaqilikdan boshqa narsa emas. Shu bilan birga barcha
tadqiqotchi kutilgan natijalardan tashqari yana qoʻshimcha natijalar paydo
boʻlishini nazardan qochirmaslik kerak. «Agar siz qandaydir yoʻllanmagan,
kutilmagan hayolingizga keltirmagan narsani topishni oʻylamaydigan
boʻlsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz» degan edi. Maqsadni
amalga oshirishda ba’zan faqatgina asosiy vazifa emas, ikkinchi darajali
vazifalarni ham bir yoʻla bajarishga toʻgʻri keladi. Shunig uchun ham ishda
asosiy qoʻshimcha u yoki masalalar bir yoʻla hal etiladi yoki hal etishning
konkret yoʻllari belgilab beriladi.
Eksperimental psixologiya Maqsadni amalga oshirish jarayonida
tadqiqotchi 3 an’anaviy vazifani bajarishni oʻz oldiga qoʻyadi:
1) oʻrganiluvchi mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish;
2) ilmiy-nazariy mavzuning boshqa ilm va hayot bilan bogʻliqligi;
3) krizis holatlardan chiqishning aniq-ravshan yoʻllarini belgilab berish
(dasturda metodologik tavsiyalarni yaratishni qayd etadi).
Ba’zan hal etilmagan noasosiy vazifalar alohida mustaqil tadqiq etilishi
dasturda koʻrsatilishi lozim. Demak, empirik ijtimoiy psixologik tadqiqot
maqsadi nazariy, metodik, amaliy, informatsion boʻlishi mumkin. Maqsad
57
tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e’tibor qaratishga yordam beradi. Maqsad
ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi va tadqiqot jarayonini
tashkil qiladi, e’tibor qaratishga yordam beradi.
Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi. Agar
maqsad tadqiqot nima uchun oʻtkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa
tadqiqotni qanday oʻtkazish, qoʻyilgan maqsadni qanday nazariy, metodik
masalalarni echish zarur degan savolga javob beradi. Maqsad bir necha
vazifalarga boʻlinadi: a) shu haqda tushuncha berish. b) nazariy tipologiyasini
bayon etish va hokazo. Asosiy va asosiy boʻlmagan vazifalarni ajratish kerak.
Bu vaqtni toʻgʻri taqsimlashga xizmat qiladi. Ilmiy -tadqiqot bosqichlari
Tadqiqot ob’yekti va predmetini aniqlash: Koʻpincha mehnat jamoalari
ob’yekt boʻlib xizmat qiladi. Ob’yekt qanchalik aniq boʻlsa, metod shunchalik
toʻgʻri tanlangan boʻladi. Emperik tadqiqot tipik ob’yektlari odamlar fikri,
jamoadagi munosabatlar, siyosiy jarayonlar. Bu ob’yektga bir necha predmet
toʻgʻri kelishi mumkin. Predmet «ong tuzilmasi» va hokazo. Umuman ob’yekt
(lat. predmet) - falsafada kishi ongidan tashqarida, unga bogʻliq boʻlmagan
holda mavjud boʻlgan har qanday hodisa. Keng ma’noda - kishi bilishga intilgan
predmet, hodisa (masalan, oʻrganish ob’yekti) va oʻz faoliyatini shunga
yoʻnaltirish (koʻrish ob’yekti). Ob’yekt odatda mustaqil tushuncha sifatida
tadqiqochi ixtiyoridan chetda turadi va maxsus oʻrganiladi. Predmet esa
tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va mahsus tadqiqot qoʻlami
sifatida oʻrganiladi. Ob’yekt predmetidan ma’no doirasi jihatidan ancha keng,
predmet ob’yektning hosilidir. Birgina ob’yektning oʻzida bir necha alohida
tadqiqot predmetlarini ajratib olib oʻrganishi mumkin. Ijtimoiy voqealikni
ob’yekt sifatida qayd etishi va unda predmetni ajratib chiqarish, hamisha yuzaga
kelgan ijtimoiy ziddiyatli muammo va bu muammoni hal etish holatlari bilan
chambarchas bogʻliq. Ba’zan tadqiqotchi oldin maxsus masala, ya’ni predmetni
aniqlab oladi va shundan soʻng shu masala atrofidagi muhit, masalaga qon -
qarindosh tomonlarini, ya’ni ob’yektni belgilaydi. Bu yondashuvlar dialektik
materializimning induktiv bilish usullariga muvofiq va har ikki yondashuv ham
toʻgʻri deb e’tirof etishi mumkin. Ob’yekt - bu haqiqiy mavjud boʻlgan tuzilma
58
boʻlib, predmet - abstrakt qoʻyilgan tadqiqot muammosidir. Muammoni nazariy
tahlil qilish va asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
1
a) defetsiyalashni (ta’riflash), ya’ni ilm-fanda ishlab chiqilgan nazariy va
metodologik nuqtai nazaridan muammoning asosiy tushunchalarini aniqlash,
nazariy asoslar boʻlmaganda esa tadqiqotchi oʻz konsepsiyasini mustaqil
yaratish kerak. b) tadqiqot tushunchalariga bogʻliq, ya’ni muammoning nazariy
tahlili bevosita tushuncha bilan dialektik uzviylikda rivojlanadi. Bunda nazariy
va empirik koʻrsatkichlar oʻzaro aloqada boʻladi. Tadqiqot ob’yektining
tahminiy, sistemali tahlili: Oʻrganilayotgan ob’yekt sistemali tahlil qilinadi. Bu
ob’yektni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy bogʻliqlikda oʻrganishdir.
Sistemali tahlil natijasida faqat ob’yektdagi mavjudlik mexanizimiga emas,
balki institutsional, oilaviy-maishiy, shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi.
Ob’yektning sistemali tahlili asosida gipoteza shakllanadi. Tushunchalarni
nazariy va empirik interpritatsiyasi: Dasturni tuzishdagi keyingi qadam, bu
interpritatsiyadir. Intrepritatsiya - sharhlash, izohlash, tushuntirib berish, talqin
qilish natijasida olingan tushunchalar elementidir. Dasturni tuzishda
tushunchalar nazariy va empirik interpritatsiya talqin qilinadi: a) nazariy
interpritatsiya (izohlash) - bu tushunchalar mazmuni muammoning nazariy
aspekti nuqtai-nazardan tushuntirishi («e’tiqod» va «qadriyat» tipi belgilanadi).
b) empirik (eksperiment) interpritatsiya tushunchalarni empirik faktlar bilan
taqqoslash, oʻrganilayotgan soha bilan mosligini aniqlash, operatsional
tushuncha toʻplash. Eksperimental psixologiya va praktikum fanida metod
tushunchasi va uning mohiyati
Kuzatish metodi. Umumiy psixologiyada bu metodning ob’yektiv (tashqi)
va sub’yektiv (oʻzini oʻzi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi
oʻzgarishlarni kuzatish uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
kuzatishning maqsadi va vazifasini qat’iy belgilash; kuzatish ob’yektini tanlash,
ya’ni kimni va nimani kuzatish; kuzatiluvchining yoshi va jinsini aniqlash;
tadqiqot oʻtkazish va rejasini tuzish; kuzatish qancha muddat davom etishini
1
Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell
Publishing Ltd, 2003.46-49-bet.
59
qat’iylashtirish; kuzatishni shaxsni qaysi faoliyatlarida (oʻyin, mehnat, oʻqish,
sport) amalga oshirishini belgilash; kuzatish oʻtkazishning shaklini (yakka,
guruhiy, jamoaviy) qayd etish; kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalarini
tanlash, saralash (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, video magnetofon,
fotoapparat, video kamera va boshqalar). Suhbat uyushtirishdan avval
tadqiqotchi beriladigan taxminiy savollarni tayyorlab qoʻyadi. Bunda
sinaluvchilarning yoshi, jinsi, qiziqish doirasi, imkoniyati hisobga olinadi,
shuningdek, ularni toliqtirib qoʻymaslikning diqqat markazda turishi ijobiy
natijalar berishi mumkin. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Bu metod
psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini
aniqlash maqsadida keng qoʻllaniladi.Odam chizgan rasmlar, yasagan
oʻyinchoqlar, modellar, toʻqigan narsalar, tikkan qoʻgʻirchoqlar, toʻqib, soʻzlab
berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil
qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va abadiy qobiliyati,
ijodiy hayoli, texnik ijodi yuzasidan materialllar toʻplash mumkin.Mazkur
metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok
etmaydi.Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi(ob’yekt bilan sub’yekt) oʻrtasida
muloqot oʻrnatish uchun shaxsning psixikasi toʻgʻrisida sirtdan muayyan hukm
va xulosa chiqaradi.Tekshiruvchi (oʻqituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert)
ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining
shakli, mazmuni, sifati, orginalligi, hajmi, xususiyati bilan bir keskin tafovut
qilishi nazarda tutiladi.Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil
yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar
toʻplash mumkin. Lekin, ulardagi ruhiy oʻzgarishlar, kamol topish va bularning
kechishini ifodalovchi materiallar yigʻish uchun bu metod yetarli emas.
Test metodi.Test tushunchasi inglizcha sinash, tekshirish, demakdir.
Shaxsning aqliy oʻsishini, qobiliyatini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart
masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi.Test ayniqsa insonning
qanday kasbni egallashi mumkinligini kasbga yaroqligi (moyilligi) yoki
yaroqsizligini, iste’dodlilar yoki aqli zaiflarni aniqlashda, odamlarni muayyan
oʻlchovlarga binoan saralashda keng qoʻllaniladi.Ushbu metodning qiymati
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga,
60
yigʻilgan psixologik ma’lumotlarning xolisligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga
bogʻliqdir.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |