1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 12-bet.
48
1.3.2. Metodlarning klassifikatsiyasi
Kuzatish metodi
Psixologiyada kuzatish odamning psixik hayotini oʻrganish metodi
sifatida keng suratda qoʻllaniladi.
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari,
vositalari, usullari paydo boʻldi, xolisonalik (ob’yektivlik) darajasi ortdi,
ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, oʻlchovlar yaratildi. Buning natijasida
kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning
barcha sohalarida qoʻllanilmoqda, ayniqsa tadbiqiyligi imkoniyatining
yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa
metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda
uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari
yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi) ni kuzatish oqimini muayyan
qismlarga, yoʻnalishlarga ajratish (nemischa – lotincha “kvantifikatsiyalash”,
ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);
- kuzatishning koʻlami (xajmi), xususiyati va oʻziga xosligini aniqlash,
ya’ni uning nimalarga qaratilganligini belgilab olish;
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa,
koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni
fransuzcha – lotincha “fiksatsiyalash”);
- kuzatish davomida toʻplangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni
matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil
yakunlari boʻyicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.
Psixologik kuzatish olib borishdan koʻzlangan maqsad mana bulardan
iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’yektni maqsadga muvofiq tanlash,
uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish,
sxematik ifodalashni yaratish, yigʻilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.
Kuzatishning ob’yekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:
49
- kuzatishning ob’yekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo
munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning
faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni oʻrganishdan iboratdir;
- kuzatishning predmeti – insonning xilma xil holati, jarayoni,
harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, oʻziga xosligi, uning
hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining
kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil
topgandir;
- amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati,
yoʻnalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi,
ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va
boshqalar;
- noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi
(musiqa ma’nosini tana a’zolari orqpli ifodalash);
- vegetativ reaksiyalarning koʻrinishi: rangning qizarish, oqarishi,
terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari
quyidagilardan tashkil topadi:
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy
talablarga rioya qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning
tahlili, talqini va gʻoyalarni ilgari surish.
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda toʻplangan ma’lumotlarni
alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval,
anogramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga
keltirish.
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: izchil,
epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy – sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir
martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qoʻllash
maqsadga muvofiq:
- F. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda
ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, koʻzdan kechirish orqali ularni tahlil
50
qilish (sa’i – harakatlar boʻyicha tizim vujudga keltirish, ulardagi oʻzgarishlarga
binoan muayyan ketma – ketlikda joylashtirish);
- A.K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan
smenada va smenadan keyin tekshiruv oʻtkazish);
- Talabalarda dars boshida, oʻrtasida va oxirida yoki boshqa
vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shugʻullanish holati, dam olish, uyqu va
shu kabilar.
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud boʻlib, vazifalariga
qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralishib yashirin kuzatish,
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish
(oʻsmirlarda yuqori natijalar beradi), hulq – atvor portretini tahlil qilish va
hokazo.
Kuzatilgan ob’yektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir:
kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir
tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi
xususiyatlar majmuasi.
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat
jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari boʻyicha gʻoyalar, umumlashmalar,
xossalar, qonuniyatlar mexanizmlar, holatlarining ilmiy psixologik talqini
amalga oshiriladi.
Kuzatish yakunida toʻplangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan
qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish,
metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning
muxokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega
boʻlgan tavsiyalar, koʻrsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar roʻyhati
va nihoyat ilovalar (har bir qism oʻziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no
anglatishi lozim). Kuzatish metodi yordami bilan xatto nizoli (konfliktli)
vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman boʻlishidan
qat’i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning
mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni
pasaytirishga qaratilgan ta’siroʻtkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo
51
yechimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyin sixologik
holatning tasnifi.
Kuzatish jarayonida R. Beylzaning interaksiya metodikasini (bahs –
munozara jarayonida oʻzaro ta’sir oʻtkazish imkoniyatini aniqlash uchun)
qoʻllash ijobiy natijalar beradi:
- umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yoʻnaltirish;
- guruh a’zolari tomonidan muammoni echish yoʻllarini baholash;
- bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;
- umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;
- muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va
hamjixatligi.
Kuzatish yakunlari boʻyicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy,
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharxlash, yosh davrlari,
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning
boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda toʻplangan materiallar
qiymatini oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil
qilish, statistik metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar
ma’lumotlarning ilmiylik darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi
tartibda qoʻllash lozim:
- olingan natijalarni foizlar boʻyicha hisoblash chiqish;
- toʻplangan ma’lumotlarning oʻrtacha arifmetik qiymatini topish;
- son qatoridagi oʻrtacha kvadrat ogʻishni hisoblash (sigma);
- son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
- omillar oʻrtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion)
tahlil qilish;
- ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun
Styudent mezonidan foydalanish lozim.
Kuzatish metodining oʻziga xos xususiyati shuki, odamning tashqi
koʻrinishi (ish-harakatlari, qanday soʻzlashishi, kishilar bilan boʻlgan
munosabati, psixik holati va faoliyati) tabiiy hayot sharoitida oʻrganib boriladi.
52
Psixologik kuzatishning maqsadi boʻlishi shart. Psixologik kuzatish
muayyan reja yoki dastur asosida olib boriladi. Odatda psixologik kuzatuv uzoq
vaqtni talab qiladi. Kuzatish qancha uzoq davom etsa, kuzatuvchi shuncha
koʻproq dalillar toʻplashi, uning psixologik xulosalari chuqur va ishonchliroq
boʻladi.
Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tuman
faoliyatida qanday koʻrinishda voqe boʻlsa, oʻsha koʻrinishda kuzatish
metodining yordami bilan oʻrganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |