Oʻqitish – bu oʻqituvchining koʻp qirrali, bosqichma-bosqich kasbiy
pedagogik faoliyatidir. Unga oʻqituvchining konstruktiv, tashkilotchilik,
tadqiqotchilik, kommunikativ va gnostik kabi turli-tuman faoliyati kiradi:
1.Konstruktiv faoliyat samarali ishlashi uchun har bir oʻqituvchi
pedagogik mahoratga ega boʻlishi kerak: oʻquv predmetining har bir mavzusi
optimal mazmun, vaqt hamda savollar boʻyicha aniq, mantiqiy taqsimlanishi;
mashgʻulotda oʻz harakatining ketma-ket va tizimliligini qayta koʻrib chiqish,
shuningdek, har bir mashgʻulotni oʻtkazish uchun reja asosida (ish reja) senariy
tuzish; ta’lim oluvchilarning mashgʻulotga munosabatini belgilash (barcha
oʻquv guruhlari va ayrim tinglovchilar): kimni chaqirish, nimani soʻrash, kimga
qanday muammolar qoʻyishni bilish oʻqituvchi oʻz faoliyatida mashgʻulotdagi
98
mavjud qiyinchiliklarga oldindan koʻzi yetishi (mashgʻulotga oʻquv guruhining
tayyor emasligi, tinglovchi, kursantlar va boshqalarning sifatli ishlar uchun
me’yoriy hujjatlar, adabiyotlar hamda tarqatma materiallarning yetishmasligi) va
ushbu holatdan chiqish yoʻllarini izlash;
2. Oʻqituvchining tashkilotchilik faoliyati quyidagilarda namoyon boʻladi:
har bir mashgʻulotni oʻtkazishda har qanday toʻsiqqa qaramay, oʻzining
oldindan oʻylab qoʻygan rejasini amalda joriy etish; ta’lim oluvchilarni
mashgʻulotlarda uzluksiz boshqarib turish va ularda har doim oʻquv
materiallarini idrok qilishlari uchun qiziqish uygʻotish; tinglovchilarda darsdan
tashqari vaqtlarda turli xil oʻquv- tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish va
tashkillashtirish shakllarini tanlash.
3. Kommunikativ faoliyati - oʻquv-tarbiyaviy jarayonda oʻqituvchi va
ta’lim oluvchining oʻzaro munosabati quyidagicha izohlanadi: oʻqituvchi
nutqining mashgʻulotlarda hamisha ta’lim oluvchilarga qaratilgan boʻlishi;
oʻqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, tinglovchining javobini tahlil
qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʻlsa ham, uning nutqi hamisha oʻzining
ichki kuchi, ishonchi, oʻziga oshirayotgan narsaga qaratilgani bilan ajralib
turishi; har bir tinglovchiga individual yoʻl topishi va ular bilan hamkorlik
darajasidai ishonchli munosabat oʻrnatishi; pedagogik jamoadagi jamoadoshlar
va tinglovchilar bilan muloqotda pedagogik ritmni kuzatish.
4. Oʻqituvchining gnostik faoliyati quyidagilarni koʻrib chiqadi:
tinglovchilarni oʻrganish; tinglovchilarni oʻrganish uchun pedagogika va
psixologiyaning tavsiya qilingan vosita va uslublari, usullari, shakllarining
mazmunini yoritish; oʻz bilim va
tajribalarini oshirish maqsadida
pedagogik faoliyat va shaxsiyatining
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish.
Oʻqituvchilarning
yuqorida
koʻrsatilgan
barcha
turdagi
pedagogik faoliyatidida (ta’lim
oluvchi), tarbiyaviy, tashkilotchilik,
oʻquv-uslubiy,
oʻquv-tadqiqot,
99
ijtimoiy-pedagogik va joriy etiladi. Bu vazifalar chiqishlar organlari uchun oliy
va oʻrta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonida ta’lim va tarbiya
tamoyillarini joriy etish boʻyicha oʻqituvchilarning ishlash texnologiyasini
tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |