Bosh miya pardalari, bosh miyaning tuzilishi
Bosh miya pardalari
orqa miya pardalarining davomi hisoblanib, ular ham
qattiq, o‘rgimchak to‘risimon va yumshoq pardalarga bo‘linadi.
Bosh miyaning qattiq pardasi
–
dura mater encephali
–
eng yuza parda
hisoblanadi. U bosh suyagi pardasi bilan birikib ketadi, shuning uchun ham bu erda
epidural bo‘shliq bo‘lmaydi. Bosh suyagi pardasi bilan bosh miyaning qattiq
pardasi o‘rtasida faqatgina vena qon tomirlari joylashib, ular dorsal (yuqorigi) va
ventral (pastki) vena qon tomirlari tizimi, ya’ni sinuslarni hosil qiladi.
Dorsal sinuslar tizimi
sagittal, to‘g‘ri, ko‘ndalang,
dorsal ensa va quloq
suyagi sinuslaridan tashkil topadi. Sagittal sinus –
sinus sagittalis
– o‘roqsimon
burma asosida joylashib, parda venasidan boshlanadi. Unga 1) miyaning dorsal
venasi –
vv. cerebri dorsales;
2) suyaklar venalari –
vv.diploicae;
3) to‘g‘ri
sinuslardan vena quyiladi. To‘g‘ri sinus –
sinus rectus
–
qisqa va ikkita, ya’ni 1)
bosh miyaning oldingi qismidan qon yig‘uvchi qadoqsimon tana venasi –
v.corporis callosi
va 2) miyaning chuqur venalaridan qon yig‘uvchi va qonni miya
qorinchalaridagi tomirlar chigaliga uzatuvchi miyaning katta venalari –
vv.cerebri
profundae
ning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Ko‘ndalang sinus –
sinus transversi
–
sagittal sinusni o‘ng va chap qismlarga bo‘linishidan hosil bo‘lib, chakka kanaliga
boradi va miyaning o‘ng va chap dorsal vena –
vv.cerebri dorsales
si bo‘ylab
chakkaning yuza venasi –
v.temporalis superficialis
ga quyiladi. Dorsal quloq
suyagi sinusi –
sinus petrosus dorsalis
– juft, ko‘ndalang
sinusga quyiladi, bosh
miyaning bazal qismidan qon yig‘ishtiradi. Ensa sinusi –
sinus occipitalis
– juft,
chuvalchangsimon miyachaning yonida joylashadi, biriktiruvchi sinus –
sinus
communicantes
ga quyiladi. Biriktiruvchi sinus esa miyachaning asosida
ko‘ndalang sinuslar oralig‘ida joylashadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari:
qoramol, cho‘chqa
va itlarda
ko‘ndalang sinus ikkitadan tarmoqqa ega. Bitta tarmog‘i qoramol va itlarda chakka
kanaliga chiqadi, cho‘chqalarda esa yirtiq teshik orqali miyaning ventral venasiga
chiqadi; ikkinchi tarmog‘i to‘piq teshigiga chiqadi va to‘piq venasiga o‘tib, unga
bazal sinusdan anastomozlar qo‘shilishadi. Otlarda har bir ko‘ndalang sinus chakka
kanalida yotadi va miyaning dorsal venasigacha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: