N. B. Dilmurodov


Qon hosil qiluvchi organlar



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
Qon hosil qiluvchi organlar 
Taloq
– 
lien
qoramollarda uzun, keng, uchki qismi yumaloqlashgan, 
chetlari to‘g‘ri bo‘ladi. Buqalarda taloq chetlari birmuncha o‘tmas bo‘ladi. 
Konsistensiyasi sigirlarda buqalarnikiga nisbatan yumshoq. Taloqni rangi 
sigirlarda kulrang-ko‘kimtir, kesib ko‘rilganda follikulalari buqalarnikiga nisbatan 
kamroq ko‘rinadi. Buqalarda taloqni rangi qizil-qoramtir, visseral yuzasida 
yuqorigi uchi yaqinida taloq darvozasi – 
hilus lienis
joylashadi. Uning parietal 
yuzasi silliq. Taloq chap qovurg‘alar ostida katta qorin bilan diafragma o‘rtasida 
joylashadi. Katta qorin bilan u siyrak biriktiruvchi to‘qima orqali birikadi. Taloq 
o‘zining yuqorigi uchi bilan to 10 – qovurg‘alararo bo‘shliqqacha boradi. Uning 
orqa cheti 13-qovurg‘aning yuqorigi uchidan 7-qovurg‘aaro oraliqqa o‘tkazilgan 
liniyadan o‘tadi. Taloqni o‘rtacha uzunligi 40 – 50 sm, eni 10 – 15 sm, qalinligi 2 – 
3 sm ga teng. Absolyut og‘irligi 0,5 – 1,0 kg ni tashkil qiladi. Nisbiy og‘irligi 
buqalarda 0,16%, sigirlarda 0,17% ga teng bo‘ladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari:
qo‘ylarda taloq yassi, yumaloq-
uchburchak shaklda, qizil-qoramtir rangda bo‘ladi. Yuqori oldingi burchagining 
visseral yuzasida taloq darvozasi mavjud. 
Cho‘chqada taloq cho‘zinchoq, uzun, uchlari siqilgan, ko‘ndalang kesimi 
uchburchak shaklda. Taloqning visseral yuzasida uzunchoq taroq bo‘lib, uning 
oldida taloq darvozasi joylashadi. Taloqni rangi yorqin-qizil, konsistensiyasi 
birmuncha zich, kesib ko‘rilganda follikulalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Taloqni 
uzunligi 38 – 45 sm, eni 5 – 8 sm, og‘irligi 0,1 – 0,3% ga teng. U chap qovurg‘alar 
ostida oshqozonning katta burmasida joylashadi. 


Otda taloq yassi, o‘roqsimon shaklda, ko‘k-qizil yoki yuzasi ko‘k-binafsha 
rangda, kesilganda qizg‘ish rangli, yumshoq konsistensiyali bo‘ladi. Taloqda 
dorsal kengaygan uchi yoki asosi va pastga qaragan siqilgan uchi farqlanadi. Uning 
oldingi cheti botiq va o‘tkir, orqa cheti esa qavariq va o‘tmas bo‘ladi. Taloq 
visseral yuzasi bilan oshqozonning katta burmasiga, parietal yuzasi bilan 
diafragmaga tegib turadi. Uning asosi 2 – 3 – oxirgi qovurg‘alar va 1- bel 
umurtqasi qarshisida, uchi esa 9 – 11-qovurg‘alar o‘rta qismining qarshisida 
joylashadi. Taloq kapsulasini zardob parda qoplab turadi. Taloqni uzunligi 30 – 35 
sm, eni 17 – 25 sm, absolyut og‘irligi 0,5 – 1,5 kg yoki tirik vazniga nisbatan 0,2 – 
0,4% ni tashkil qiladi. 
Itda taloq yassi, noto‘g‘ri uchburchak shaklda, yuqoridan pastga tomon 
cho‘zilgan. Pastki uchi kengaygan, yuqorigi uchi esa siqilgan. Orqa cheti to‘g‘ri, 
oldingi cheti esa botiq. Uning o‘rta qismi birmuncha ingichka va tor. Taloqni rangi 
ko‘kimtir donachali qizil, konsistensiyasi zich. U chap qovurg‘alar ostida 
joylashadi. Uning orqa va yuqorigi uchi 2 – 4-bel umurtqalari qarshisida, oldingi 
va pastki uchi esa 7 – 10-qovurg‘a-tog‘ay birlashgan joyning qarshisida joylashadi. 
Taloqni og‘irligi tana vazniga nisbatan 0,08% dan 0,4% gacha bo‘ladi. 
Qizil ilik
– 
medulla osseam rubram
– naysimon suyaklar epifizining g‘ovak 
moddasida, kalta va aralash suyaklarda joylashadi va qon ishlab chiqaruvchi organ 
hisoblanadi.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish