Ovqat hazm qilish organlari Reja: ovqat hazim qilish sistemasi b’olinmalari qanday. Oshqozonning tuzlari



Download 174,47 Kb.
bet1/4
Sana14.06.2022
Hajmi174,47 Kb.
#671956
  1   2   3   4
Bog'liq
Ovqat hazm qilish organlari


Ovqat hazm qilish organlari

Reja:
1 Ovqat hazim qilish sistemasi b’olinmalari qanday.
2 Oshqozonning tuzlari.
3 Ichaklarning tuzlari.

Ovqat hazm qilish organlarining morfologik tuzilishi
Hazm organlari eng muhim va murakkab tuzilgan sistema bo‘lib hayvon organizmining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham sodda hayvonlar hazm organlarining tuzilishi ancha oddiy bo‘ladi. Hayvonlar rivojlanib borgan sari, hazm organlari ham murakkablashib boradi. Suvda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning hazm organlari nafas olish organlari bilan juda ham bog‘liq bo‘ladi, chunki ular yonma – yon joylashadi. Nafas olish organlari quruqlikda yashovchi hayvonlarda ovqat hazm qilish organlarining boshlanish joyidan kelib chiqadi. Bu har ikkala organ ko‘krak, qorin va tos bo‘shliqlarida joylashadi. Ovqat hazm qilish organlarning hajmi katta bo‘lib, organizmda murakkab protsess – moddalar almashinuvi uchun xizmat qiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi to‘rtta katta bo‘limga: 1) bosh bo‘lim; 2) oldingi bo‘lim; 3) o‘rta bo‘lim va 4) keyingi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Bosh bo‘limga og‘iz bo‘shlig‘i – carum oris va uning atrofidagi organlar: lab, lunj, tish, milklar, til, qattiq va yumshoq tanglay, so‘lak bezlari va halqum kiradi. Bu organlar ovqatni olib, yutishga tayyorlaydi.
Lab - labia yuqorigi va pastki bo‘lim - labium superioret inferior dan iborat bo‘lib, ular bir – biri bilan qo‘shilishi natijasida og‘iz teshigi - rima oris ni hosil qiladi. YUqorigi va pastki labning bir – biriga qo‘shilgan joyi - comissura labiorum bo‘lib, bu joy burchak - angulus oris hosil qiladi. Lablarning shakli har xil hayvonlarda turlicha bo‘lib, harakati ham har xildir. Masalan, bir tuyoqli va kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlar labi harakatchan, qoramol va cho‘chqalarniki esa kam harakat bo‘ladi. Ularning bunday bo‘lishi anatomik tuzilishiga bog‘liq, qoramollarning yuqori labida burun – lab yaltirog‘i (ko‘zgusi) bo‘ladi.
Lunj - bucca tuzilishi jihatdan labga o‘xshash bo‘lib, teri muskul, shilimshiq pardadan iborat. Lunjlar og‘iz bo‘shlig‘ining yon devori hisoblanadi. Ularning orqa qismi oxirgi jag‘ tishlargacha etib boradi. Lunjlarga bir qancha yuz bo‘limi muskullari kelib birlashadi. Ularning shilimshiq pardasi ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan. Lunjda so‘lak bezlari - glandula bucalis bo‘lib, ular shilimshiq pardaga hamda muskullarga yaqin joylashadi va doim suyuqlik ishlab chiqaradi. Bular yuqori va pastki so‘lak bezlaridan iborat. Lunjning 3, 4, 5 – jag‘ tishlari ro‘parasida quloq orqasi so‘lak bezining chiqarish yo‘li ochiladi. Qoramol va otlarning lunji boshqa hayvonlarnikiga qaraganda ancha qalin bo‘ladi
Til - lingua (glossa) – muskul organ bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘idajoylashadi. Til harakatchan bo‘lib. oziqni chaynashda, mazasini bilishda va yutishda, suv ichishda muhim rol o‘ynaydi. Tilning atrofini bir qancha organlar: tish, lunj, lablar, tanglay chegaralab turadi.
Tilni harakatga keltirishda, asosan, ikki xil muskul: tilning o‘z muskuli va til osti suyagining muskuli qatnashadi. Tilning ustki yuzasini o‘rab turadigan shilimshiq parda ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, ustki tomondagi epiteliy muguzlashgan bo‘ladi. Hayvonlar tili quyidagi qismlarga bo‘linadi: a) tomoqqa yaqin joyda tubi - radix linguae, b) tanasi - corpus linguae, tananing ustki yuzasi - dorsum linguae va ikki yon qismi bor; v) uchki qismi - apex lingual bo‘ladi. Tilning ustki tomondagi shilimshiq pardadan bir qancha so‘rg‘ich bo‘rtib chiqadi, ular ipsimon, zamburug‘simon, konussimon, novsimon va bargsimon bo‘ladi. Ipsimon va konussimon so‘rg‘ichlar kavsh qaytaruvchilarda mexanik funksiya bajarib, qolganlari oziqning ta’mini bilish uchun xizmat qiladi.

Download 174,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish