152
prinsipalning o‘zida qoladi, Vositachilik xizmatlari qimmatliklarni
seyflarda saqlashdan iborat bo‘lib, bunda bank mijozning topshirig‘i
bo‘yicha qimmatliklarni oladi, saqlaydi
va beradi yoki seyflarni
ijaraga beradi, Mijozning o‘zi bu seyflarda o‘z qimmatliklarini, shu
jumladan, qimmatli qog‘ozlarini saqlaydi. Bank vositachilik
xizmatlarini ko‘rsatib, mijozning aktivlarini saqlaydi: uning
ko‘rsatmalariga asosan harakat qilib, aksiyalar bo‘yicha dividendlar,
obligatsiyalar bo‘yicha foizlar olish, obligatsiyalarni to‘lash,
qimmatli qog‘ozlarni almashtirish va h.k.ga doir operatsiyalarni
bajaradi. Nihoyat, vositachilik xizmati ko‘rsatish doirasida prinsipal
aktivlarini boshqarish amalga oshiriladi,
bunda bank mijozning
topshirig‘i bo‘yicha investitsiyalashni amalga oshiradi, mijoz
nomidan shartnomalar tuzadi, qimmatli qog‘ozlarni beradi, ssudalar
oladi, cheklar yozib beradi va imzolaydi, veksellarni indossatsiya
qiladi, qimmatli qog‘ozlar portfelining
holatini tahlil qiladi, mijoz
portfelida mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar kurslarini kuzatib
boradi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradi, ularning
sug‘urtasini rasmiylashtiradi va h.k.
Aksiyadorlar reestri (ro‘yxati)ni yuritish. Odatda, bunday xizmat
ko‘p sonli aksiyadorlari bo‘lib, bank mijozlaridan hisoblangan
aksiyadorlik jamiyatlari foydalanadi.
Aksiyadorlarning reestrini
yuritib, bank aksiyadorlik jamiyati qatnashchilarining tarkibi, unda
kuchlarning joylashishi, aksiyalar harakati va h.k. to‘g‘risida
axborot oladi.
Veksel operatsiyalari – bank operatsiyalarining eng keng tarqal-
gan turidir. Ularga veksellar hisobini yuritish, veksellarni qayta
hisoblash,
vekselga ssuda berish, veksellarni inkasso qilish,
veksellar domitsilyasiyasi, veksellarni avallash, veksellar aksepti,
veksellar bilan amalga oshiriladigan forfeyting operatsiyalari kiradi.
Veksellar hisobini yuritish. Veksellar hisobini yuritish – bu
veksel egasi tomonidan vekselni bankka indossament bo‘yicha
to‘lov muddati kelguniga qadar berish (sotish) va buning evaziga
hisob yuritish foizi yoki diskont
deb ataladigan muayyan foiz
chiqarib tashlangan holda, veksel summasini olishdir.
Forfeyting operatsiyalari
. Forfeyting – bu mol (tovarlarni)
yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha talablar qo‘yish
153
huquqini olish, ushbu talabga doir operatsiyalarni bajarish va uni
inkasso qilish xatarini qabul qilishdir. Forfeyting, odatda,
eksportyordan importyor tomonidan akseptlangan tijorat veksellarini
sotuvchiga qaytib kelmasdan sotib olish shaklidagi tashqi savdo
operatsiyalarini kreditlashda qo‘llanadi. Banklarning qimmatli
qog‘ozlar
bilan
operatsiyalari
boshqa
turdagi
boshqa
operatsiyalardan tashkil topishi mumkin.
Bizga ma’lumki hozirgi vaqtga kelib banklar qimmatli qog‘ozlar
bilan ishtiroki fond birjalarida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Biz bu kabi o‘zgarishlarni quyidagi ma’lumotlar asosida ko‘rishimiz
mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank faoliyati rangbarangdir.
Brokerlik faoliyati
– bu qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli shaxs
yoki komissiya a’zosi
sifatida bitim tuzish, topshiriq shartnomasi
yoki komissiya asosida amalga oshadi.
Dillerlik faoliyati – bu qimmatli qog‘ozlarni o‘zining hisobidan
sotish – sotib olish bitimini amalga oshirish.
Kliring faoliyati – bu faoliyat o‘zaro majburiyatlarni aniqlash
bo‘yicha (yig‘im, sverka, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim
axboroti korrektirovkasi va bular bo‘yicha buxgalteriya hujjatlarini
tayyorlash) va qimmatli qog‘ozlar taklifi bo‘yicha hisobotdir.
Aksionerlik tijorat banki o‘zining shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini
ustav kapitalini oshirish yoki mablag‘larni o‘zlariga
jalb qilish
maqsadida chiqarishlari mumkin.
Shu yo‘l bilan bank qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy
vositachi (broker), moliyaviy investor (diler) va qimmatli qog‘ozlar
emitenti sifatida qatnashishi mumkin.
REPO operatsiyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik
yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish
(sotish).
REPO
shartnomasining
birinchi
qismida sotuvchi
kreditlanadi va ikkinchi qismida pul mablag‘lari egasiga ortig‘i bilan
qaytariladi. Qimmatli qog‘ozlar egaligini huquqiy berish ma’lum
vaqtga kreditni ta’minlangan qiladi va riskni kamaytiradi.
Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan
farqlanadi. Haqiqiy REPO faqatgina tomonlar o‘rtasida REPO
bitimini tuzish to‘g‘risidagi bosh shartnoma bo‘lgandagina tuziladi.
154
Bunday shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlarini hamda
ular o‘rtasidagi hisob-kitob qoidalari aniq ko‘rsatiladi.
Haqiqiy
REPOning foizli daromadlari sotish va qaytib sotib olish turidagi
REPOnikidan yaqqol farq qiladi.
Banklar mustaqil ravishda investitsiya va savdo portfelini
shakllantirish tartibini o‘rnatadi shu bilan birga qimmatli qog‘ozni
bir portfeldan ikkinchisiga o‘tkazishni ham.
Do'stlaringiz bilan baham: