Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

KBK 65.262.1 
 
 
 
Taqrizchilar:
A.Burxanov
– i.f.d., professor; 
A.Omonov
– i.f.d., professor. 
ISBN 978-9943-7396-2-8 
© «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021. 



KIRISH 
 
Bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning 
yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment 
va 
tavakkalchiliklarni 
boshqarish 
sifatining 
yetarli 
emasligi, 
iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank 
sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda 
qator tizimli muammolar soha rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-mayda qabul 
qilingan “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respubli-
kasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 
ushbu masalalarni yechishga qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. 
Bugungi kunda banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy 
xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib 
borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi 
xizmatlar ko‘rsatilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar 
ko‘rilishi lozim. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida O‘zbekiston 
bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda 
tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga uchramaslikning oldini 
olish muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda 
banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tatbiq qilish, 
mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat 
ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini 
qo‘llash, turli kredit institutlarini tashkil etish bilan bog‘liq 
islohotlarni yanada jadallashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror 
sur’atlarda o‘sishini va raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat 
bank tizimining va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tijorat banklari 
faoliyatining barqarorligini ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu 
esa “Bank ishi” fanini o‘rganishga nisbatan yangi talablarni qo‘yadi. 
Ushbu darslikda tijorat banklari faoliyatining barcha soha va 
yo‘nalishlari, xususan, banklarning aktiv va passivlari, likvidliligi, 
to‘lovga qobilligi va moliyaviy barqarorligi, tijorat banklari faoliyatini 
tartibga solish va nazorat qilish masalalari o‘z aksini topgan. 
“Bank ishi” fanining maqsadi bo‘lib, talabalarda tijorat banklari 
tomonidan 
mijozlarga 
ko‘rsatilayotgan 
moliyaviy 
xizmatlar, 
banklarning likvidliligi, to‘lovga qobilligi, moliyaviy barqarorligini 



ta’minlash yo‘llari, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha chuqur bilim va 
ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat. 
Bu fanning maqsadi va vazifasi talabalarni bank tizimida mustaqil 
faoliyat yuritishga tayyorlash va hozirgi sharoitda mustaqil qarorlar 
qabul qilish ko‘nikmasini vujudga keltirishdan iboratdir. 
“Bank ishi” fani bank tizimi uchun iqtisodchi bankirlarni 
tayyorlashda yetakchi maxsus ixtisoslik fani hisoblanadi. Unda bank 
ishining aniq masalalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditni 
rivojlantirish qonuniyatlari, kreditning asosiy tamoyillari asosida 
xo‘jalik subyektlarini kreditlash, kredit ressurslari va kreditlarni 
boshqarish asoslari, mijozning kreditga layoqatliligi, likvidliligi, tijorat 
banklarining likvidligi, foydasi, valyuta va boshqa operatsiyalarini, 
banklarning foiz siyosati va risklari kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. 
Bank ishi fani Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 
korporativ boshqaruv fakulteti 2-4 
kurs talabalariga asosiy 
mutaxassislik fani sifatida o‘qitiladi. 
“Bank ishi” fani institutda o‘rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar 
bilan uzviy bog‘liqdir. “Bank ishi” fanini chuqur va mukammal 
egallab olish uchun talabalar quyidagi fanlar bo‘yicha bilimlar olishlari 
zarurdir: “Pul, kredit va banklar”, “Bank statistikasi”, “Pul-kredit 
orqali muvofiqlashtirish”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, 
“Bank auditi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika”, 
“Moliyaviy va boshqaruv tahlili”, “Investitsiyalarni tashkil etish va 
moliyalashtirish”, “Bank menejmenti va marketingi” va boshqalar. 
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 32 ta tijorat banklarining 
bajarayotgan operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda 
ajratayotgan 
kreditlari 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishda 
muhim 
ahamiyatiga 
ega. 
O‘z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini 
rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo‘g‘indir. Shunga ko‘ra, bank ishi 
faoliyatida ish yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo‘yiladi. 
Bank ishi fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, iqtisodiyot 
bo‘g‘imining ajralmas qismi hisoblangan bank timiziga kadrlar 
yetkazib berishda muhim rol o‘ynaydi. 
Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 
ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va virtual 
stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarida 



mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. 
Talabalarning 
“Bank ishi” fanini o‘zlashtirishlari uchun 
o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi 
informatsion-pedagogik 
texnologiyalarni 
tatbiq 
etish 
muhim 
ahamiyatga egadir. Shuningdek, fanni o‘zlashtirish jarayonida 
kompyuter texnikasidan foydalangan holda ba’zi tijorat banklar 
faoliyatida qo‘llaniladigan mijozlarni kreditlash va loyihalarni 
moliyalashtirish, xo‘jalik subyektlari o‘rtasida hisob-kitoblarni olib 
borish bilan bog‘liq kompyuter dasturlari bilan tanishadilar. Fanning 
ba’zi mavzularini yoritishda audio va video texnikadan foydalaniladi. 




Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish