Bank hisobi tahlil va audit



Download 9,93 Mb.
bet1/6
Sana17.07.2022
Hajmi9,93 Mb.
#811420
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5224296724482234666


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
BANK HISOBI TAHLIL VA AUDIT ” KAFEDRASI
BANK ISHI ” TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA
TANISHUV AMALIYOT
H
Tayyorladi ______________guruh
talabasi___________________________
Amaliyot rahbari:____________________


Kafedratomonidanro‘yxatgaolingan
tartibraqami №______
___” ____________2022 y. ________
( imzo)

ISOBOTI



Hisobothimoyagatavsiya
qilindi (qilinmadi)
Sana “___” _____________2022 y.
Rahbarimzosi: ___________


Hisobotbahosi_______ball
Komissiyaa’zolari:
______________________________
______________________________
______________________________




Toshkent - 2022



O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ” AJ



KIRISH
Mamlakatimizda faoliyat yuritayogan tijorat banklarining bajarayotgan operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega. O‘z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo‘g‘indir. SHunga ko‘ra, bank ishi faoliyatida ish yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo‘yiladi
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 -yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturulamal bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir. 3 Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. I har bir xo‘jaiik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlaming hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda buxgalteriya hisobining ahamiyati katta bo‘lib, undan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi. Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy ma’limotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablaming qarashlari bir-biriga o‘xshamaydi. Ulaming ta’limotlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ulaming qarashlari turlichadir.
0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar kelajakda professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblami egallashga intilayotgan, qiziquvchan, fidoiy, pragmatik hamda zukko talabalar uchun zamonaviy talablarga Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksioner jamiyat tuzilishiga o‘xshashdir. Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Bu yig‘ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari ishtirok etadilar. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi ishtirok qilishi lozim.
Bankning boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo‘shimcha tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazorat qilish mas’uliyati ham yuklatilgan. Direktorlar kengashi a’zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat bankning nizomi bilan belgilanadi.
Bank Kengashi bank faoliyatining asosiy yo‘nalishini, kredit siyosati va bankning boshqa rejalarini ko‘rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini tasdiqlash, shu’balarni ochish yoki yopish masalalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi.
Bank Boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Bank boshqaruvi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir. Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordirlar.
Yuqorida keltirilgan bankning tashkiliy tuzilishi aksariyat banklar uchun o‘xshash bo‘lib tijorat banklarining joylashish o‘rni, xizmat ko‘rsatadigan mijozlarning faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib ba’zi bir o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Bank boshqaruv majlisi doimo o‘tkaziladi va majlislarda qabul qilinadigan qarorlar berilgan ovoz soniga qarab hal etiladi. Ovozlar tengligida bank boshqaruvchining ovozi hal etuvchi hisoblanadi. Agar, boshqaruv a’zolari yoki boshqaruv raisi boshqaruv qabul qilgan qaroriga norozi bo‘lsa, ular o‘z fikr va mulohazalarini kengash yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga bildirishlari mumkin.
Bu holatda kuzatuv kengash qarori hal etuvchi hisoblanadi va bank boshqaruvi raisi qarori bilan amaliyotga tatbiq etiladi.

Taftish komissiyasi aksionerlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi. Uning tarkibida kuzatuv kengash a’zolari va bank boshqaruvi a’zolari bo‘lishi mumkin emas. Bank boshqaruvi taftish komissiyasiga taftish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etadi. Taftish natijalari bank boshqaruviga topshiriladi.Tijorat banki taftish komissiyasining asosiy vazifasi bank xodimlarining o‘z amallarini suiste’mol qilishlarining oldini olishga qaratilgan.Taftish komissiyasi bankning yillik hisoboti va balansiga xulosa qiladi. Taftish komissiyasi bank balansi bo‘yicha xulosa chiqarmaguncha u aksionerlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi mumkin emas.


Tijorat banklarda hisobot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ular Markaziy bankka yoki uning joylardagi boshqarmalariga bankning oylik balansi, choraklik aylanma vedomostini va uning yillik buxgalteriya hisobotini har oyning 1 kunigacha taqdim qilishlari shart. Tijorat banklarining moliyaviy ahvolidan ularning aksiyadorlari va mijozlari xabardor bo‘lmog‘i lozim. SHu bois tijorat bankining faoliyat natijasi, moliyaviy holati to‘g‘risida mijozlarga axborot berish maqsadida ularning aksionerlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan yillik balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti, ularning haqqoniyligi to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotlarining xulosasidan keyin matbuotda e’lon qilinishi lozim.ijorat banki kredit-hisob operatsiyalarining tezkorligini ta’minlash maqsadida hududdan uzoqda joylashgan mijozlar uchun bank filial va vakolatxonalarini Markaziy bank ruxsati bilan tashkil qilinishi mumkin. Banklarning vakolatxonalari bank joylashgan hududdan boshqa hududlarda ochilishi mumkin va ular mustaqil balansga ega bo‘lmaydilar. Ular bank operatsiyalarini joylarda to‘laqonli bajarilishi uchun zarurdir.

O’zmilliybank “ AJ Buxoro viloyati filial bank bo’linmasi haqida, uning tashkiliy tuzilishi,yo’nalishi, boshqaruv organlari, bank boshqaruv organi va bank xodimlarining axloq odob etikasi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning 1991 yil sentabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan.O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 30 noyabrdagi PQ-4540-sonli qaroriga asosan O‘zmilliybank aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi.Moliya vazirligi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi davlat nomidan "O‘zmilliybank" AJning ta’sischisi hisoblanadi.

Download 9,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish