Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

Qimmatli qog‘ozlar bog‘liq operatsiyalarining banklar faoliyatida 
tutgan o‘rni. 
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar qo‘yilmalariga nisbatan 
hukumatimiz va Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
cheklov va talablar o‘rnatilgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy 
maqsad, tijorat banklarining likvidliligini va to‘lovga layoqatliligining 
barqaror holatini saqlab turish hamda mijozlar oldidagi majburiyatlarni 
o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hisoblanadi. 
Bular quyidagilardan iborat: 
1.
Bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, shu korxo-
naning boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmalari miqdori birinchi 
darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak; 
2.
Bankning barcha emitentlar ustav kapitali va boshqa qimmatli 
qog‘ozlariga investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ 


146 
kapitalining 15% dan oshmasligi kerak; 
3.
Bankning oldi – sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlarga 
qo‘yilmalari birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 % dan 
oshmasligi lozim; 
4.
Banklar to‘g‘ridan – to‘g‘ri, bevosita va bilvosita korxonalar 
(moliyaviy muassasalar va xususiylashtiriladigan korxonalardan 
tashqari) ustav kapitalining 20 % dan ortiq qismiga ega bo‘lishi 
mumkin emas. 
Yuqorida keltirilgan banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga 
qo‘yilmalarni amalga oshirishlariga doir cheklovlar O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 19-dekabrda ro‘yxatga 
olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
tasdiqlangan “Tijorat banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan 
o‘tkaziladigan operatsiyalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi 
Nizomda aniq belgilab qo‘yilgan. Mazkur Nizom talablariga 
mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan chuqur islohotlar 
natijasida hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar 
bilan o‘zgartirishlar kirilgan. 
Shuningdek, tijorat banklarining aksiyalari bo‘yicha jismoniy 
shaxslarning dividend tarzida olgan daromadlari 2010-yilning
1-yanvariga qadar soliqqa tortishdan ozod qilingan edi. Bu o‘z 
navbatida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ham 
investor, ham emitent sifatida faol ishtirok etishiga va boshqa xizmat 
turlarini (investitsiya vositachisi, invesitsiya aktivlarini boshqaruvchi 
va investitsiya maslahatchisi) taklif etishini rag‘batlantiradi. 
Shuningdek, ushbu qarorga asosan, 2008-yilning 1-yanvaridan 
boshlab 3 yil muddatga yuridik shaxslarning tijorat banklarining 
depozitlariga va qarz qimmatli qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga 
joylashtirishdan olingan foizli daromadlari soliqqa tortishdan ozod 
etildi. 
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faol ishtirokini 
shu bilan izohlash mumkinki, bugungi kunda ular sarmoya miqdori 
likvidlilik va barqarorlilik bo‘yicha yagona raqobatbardosh investorlar 
hisoblanadi. Ular vositachilik faoliyatini olib borgan holda boshqa 
iqtisodiy agentlarga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 
Banklarning yana bir ustunligi shundaki

ular iqtisodiy xatar, 
bozordagi ahvolni malakali tahlil qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga 


147 
o‘tish moliyaviy resurslarning fond bozorida tijorat banklarining faol 
ishtirokida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ko‘zda tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tijorat banklarining qimmatoli 
qog‘ozalar bozorida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishiga ruxsat 
etilgan: 
-
qimmatli qog‘ozlar (veksel, aksiya, obligatsiyalar, depozit 
sertifikatlari va boshqalar) chiqarish; 
-
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish, saqlash ular bilan 
boshqa operatsiyalarni amalga oshirish; 
-
tovar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishdan kelib chiqadigan 
talab huquqini olish, bundan talablarni inkassatsiya qilish; 
-
mijozlar ishonib topshirgan operatsiyalarni: mablag‘larni jalb 
etish va joylashtirish, qimmatli qog‘ozlarni boshqarish va hokazo 
ishlarni bajarish; 
-
fond bozori ishtirokchilarga bu boradagi bank faoliyati 
yuzasidan maslahatlar berish. 
Bank siyosati bir yo‘la ko‘plab maqsadlarni ko‘zlagan holda 
yuritiladi. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatdan 
asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir: 
1.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish asosida an’anaviy kredit va 
hisob-kitob faoliyati yuritish uchun qo‘shimcha pul resurslari jalb 
etish; 
2.
Qimmatli qog‘ozlarga sarflangan o‘z investisiyalaridan bankka 
to‘lanadigan foiz va dividendlar evaziga va qimmatli qog‘ozlarning 
kurs qiymati oshishi tufayli foyda olish; 
3.
Mijozlarga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga doir xizmatlar 
ko‘rsatishdan foyda olish; 
4.
Erkin raqobat asosida bankning ta’sir sohasini kengaytirish 
hamda korxona va tashkilotlarning kapitallarida qatnashish evaziga 
yangi mijozlarni jalb etish; 
5.
Tanqis resurslardan bahramand bo‘lish huquqini beradigan va 
bankniki bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar orqali shunday resurslardan 
foydalanish; 
6.
Bankning likvidlik mablag‘lariga qo‘yilmalarning daromad-
ligini ta’minlagan holda likvidlik zaruriy zaxirasini saqlab borish; 
7.
Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni me’yorida olib sotishdan 


148 
hamda moliyaviy tavakkalchiliklarini qimmatli qog‘ozlar hosilalari 
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar orqali sug‘urta qilish. 
Banklar moliya bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok 
etish davrida fond birjalari bilan tengma-teng ravishda faoliyat olib 
bormoqda. Va buni amalga oshirish jarayonida bir qancha 
operatsiyalarni amalga oshirib keladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tsak 
bo‘ladiki, umuman olganda banklar quyidagi operatsiyalarni 
amalga oshiradi buni esa quyidagi rasmlarda ko‘rishimiz mumkin. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish