Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH
Bojiyeva Nodira 
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani
 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998990412485
Annotasiya: Maqolada pedagogik texnologiyalardan , ya’ni o‘qitishning rivojlantirishni 
innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiyalar, innovatsion texnologiya, uzluksiz ta’lim, kompyuter 
savodxonligi, WEB-texnologiya.
Har bir avlod singari bir insonning ham umr daftari bo‘ladi. Ayni daftarni “shohsatrlar” – ezgu 
ishlar, yaxshiliklar bilan bezash o‘zimizning qo‘limizdadir. 
Bunda fursatni g‘animat bilmoq vaqtni qadrlamoq nihoyatda muhim. 
Barchamizga ma’lumki, har bir jamiyat kelajagi unda ta’lim tizimining qay darajada 
rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha b 
o‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi 
darajali vazifamiz deb bilamiz. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun dolzarb 
va ahamiyati hech qachon yo‘qolmaydigan bo‘lib bormoqda. Buning uchun, avvalo, boshlang‘ich 
sinflarda o‘sib kelayotgan yosh avlodga mukammal ta’lim-tarbiya berish zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kuchli pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari shart. Ular 
o‘quvchilarni to‘la darsga qamrab olishlari, dars jarayoniga qiziqtira olishlari lozim.Uzluksiz 
ta’lim jarayonida har bir o‘qituvchi innovatsion usullardan foydalana olishi, uni amalyotda tatbiq 
eta olishi lozim. Bu jarayonda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
– innovatsion texnologiya tushunchasi uning mazmun-mohiyatini bilishi;
– innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o‘rni va rolini bilishi;
– innovatsion texnologiyalarni fanlar bo‘yicha qo‘llash prinsiplarini bilishi;
– ta’limiy va ishchanlik o‘yinlarini bilishi;
– muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi;
– o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llarini bilish;
o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi;
– ko‘rgazmali o‘qitish usullarini bilishi va egallashi.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari oldida 
turgan asosiy vazifa mamlakatimizning iqtidorli va istiqbolli yangi avlodini tarbiyalash va 
ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishdan iborat. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining tezkorlik bilan kirib kelishi quvonarli 
holdir. Uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini o‘qitishni takomillashtirish, o‘quv 
mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, 
interfaol va noan’anaviy usullardan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Axborot texnologiyalari – gipermatn, multimedia, internet, elektron pochta, WEB-texnologiya, 
sun’iy intellekt tizimlarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
Axborotlar ko‘paygan va texnik vositalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda o‘qitish 
jarayonida o‘qituvchi har bir mavzuga doir ma’lumotlar berishida faqatgina kitobdagi ma’lumotlar 
bilan cheklanib qolmasdan, mavzuga oid proyeksion ko‘rgazmalar, elektron darsliklardan, 
internet ma’lumotlari, turli dasturlarda tayyorlangan animatsiyalardan foydalanish juda muhim 
hisoblanadi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi barcha zamonaviy texnika, axborot va pedagogik texnologiyalardan 
xabardor bo‘lishi davr talabidir. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yangi adabiyotlardan 
foydalanish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari va elektron kitoblardan foydalanish ta’lim 
samaradorligini yanada oshiradi. Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi quyidagi bilim
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi talab etiladi:
– kompyuterning asosiy texnik vositalari va ularning tavsiflarini bilish;
– kompyuter savodxonligi, Internet tizimi, modem aloqa va elektron pochtadan foydalana 


367
10
bilish;
– dars jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish metodologiyasini bilish;
– dars jarayonida axborotni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qila olish;
– axborot texnologiyalari ularni dars jarayonida joriy etish yo‘llarini bilish;
– axborot texnologiyalar asosida bilim olishning didaktik tamoyillarini bilish;
– axborot texnologiyalar asosida muammoli ta’limni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or pedagoglarning 
tajribalarini o‘rganish;
– dars jarayoniga tegishli bo‘lgan manbalarni Internetdan izlab topish va undan foydalanish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Endi o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchiga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarni 
mustaqil egallashlariga ko‘maklashishdan iborat. Buning uchun o‘quvchilarning o‘z qobiliyati 
va imkoniyatlarini to‘la-to‘kis namoyon etishlari va butun kuch-g‘ayratlarini bilim olishga 
sarflashlari uchun imkon beradigan darajada ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur. 
O‘qituvchi buning uchun imkon darajasida o‘zining moddiy-texnik bazasiga ega bo‘lishi lozim. 
Bor kuch-g‘ayrati, mahorati, tirishqoqligi bilan, qoleversa, zamon bilan hamnafas bo‘lib, ish 
tajribasiga muntazam yangilik olib kirgan pedagogning shogirdlari kreativ fikrlovchi va komil 
inson bo‘lib shakllanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. A.Mavlonov, S.Abdalova, L.Yusupova ,,Zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillar asosida 
dars mashg‘ulotlarini olib borish texnologiyasi”Toshkent 2010. 2. Jo‘rayev.R.H, Zunnunov.A , 
Hayitov A. “Ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish”. Uslubiy qo‘llanma. Buxoro-1999 y. 40 bet.


368

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish