10
TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR.
Bozorova Zuhra Shuhratovna
Qarshi shahar 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+99891 2141331
Zuhra.shuhratovna@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlar,interfaol metodlar
haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kirish so‘zlar: ta’lim, interfaol metodlar,o‘quvchi, o‘qituvchi ,mustaqil fikr
Ta’lim texnologiyasining hozirgi taraqqiyot bosqichi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning keng qo‘llanilayotganligi bilan xarakterlanadi. Uzoq yillar foydalanilgan
o‘qitish texnoliyasidagi bir xillik, ta’lim jarayonida o‘qituvchi gegemonligi, o‘qituvchi tomonidan
fanni tayyor, ortiqcha mushohada qilmasdan ham qabul qilinadigan darajaga keltirib o‘quvchiga
taqdim etishga urinish o‘quvchilarning faolligini pasaytirib, ularda ijodiy fikrlash malakasi
shakllanishiga to‘sqinlik qila boshlagan edi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoniga o‘quvchini
o‘qitadigan emas, balki uni o‘qishga, bilim olishga o‘rgatadigan interfaol usullarni qo‘llashga
urinish kuchaydi.
Biroq ta’lim amaliyotidagi barcha muamollarni interfaol usullar yordamida hal qilishga urinish,
ularni muvaffaqiyat keltiruvchi sehrli tayoqcha deb qarash hollari ham uchraydi. Fikrimizcha,
bu xato nuqtai-nazar bo‘lib, birinchidan, u didaktik o‘yin usullarining ta’limda zaruriy o‘rinni
topa olishga putur yetkazadi, ularning ijobiy jihatlarini xiralashtiradi, ikkinchidan, an’anaviy
texnologiyaning yillar davomida sayqallanib ulgurgan samarali shakllarini chetga surib qo‘yadi.
Doimo muvaffaqiyat keltiradigan universal o‘qitish metodi yo‘q, modomiki shunday ekan,
an’anaviy o‘qitish texnologiyasidan butunlay voz kechish haqida emas, uning yaxshi jihatlarini
saqlab qolgan holda, interfaol usullarni joriy etish haqida o‘ylansa to‘g‘ri bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash,
bahs-munozara yuritish munosabat bildirish ko‘nikmasini shakllantirishi, ya’ni interfaol
tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o‘quvchi o‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka
juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi,
yozadi, so‘zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo‘yilgan masalani yaratib berishga harakat
qiladi. Bu esa o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o‘zlashtirishda tanqidiy,
tashkiliy yondosha oladi. O‘qituvchi faqat ko‘rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda umumlashtiruvchi darslarni uyushtirishda
interfaol metodning roli kattadir. Darslarni turli usullardan foydalanib o‘tish interfaol usullaridan
foydalanish bu dars samarasini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |