10
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
Dadaboyeva Shahzoda Anvarovna
Namangan shahar 4-maktab o‘qituvchisi
Shahzoda.anvarovna@gmail.com
Annotatsiya: ushbu maqolada texnologiya darslarida axborot texnologiyalardan foydalanish
usullari va ularning ahamiyati borasidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: texnologiya, axborot texnologiya, ta’lim, jarayon, samaradorlik.
Barkamol shaxs tarbiya sida, albatta, texnologiya darslarining ham alohida o‘rni bor. Ushbu
o‘quv fani o‘quv chilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat ja rayonlari haqida keng
tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy
maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasb larni qadr lashga o‘rgatish,
ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari (texnologiyasi) haqida bilim
hosil qilish hamda maktab davridan bolada kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limi
fani o‘qituv chilarining asosiy vazifasiga kiradi. Xususan, mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari,
hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texno logiyalar asosida egalla-
nayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish
hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim mak tablarida mehnat ta’limi fanining asosiy maqsadidir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun mehnat ta’ limi o‘qi tuvchilari fan yo‘na lishi bo‘yicha yil
davomida amalga oshiri ladigan ishlarni belgilab olishlari lozim.
Shu bilan birga, texnologiya darslari samaradorligini oshirishda innovatsion peda-
gogik texnologiyalar bo‘yicha ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilib samarali natijalarga
erishilayotgan, “Modifikat siyalashgan ta’lim”, “Munosa bat” texnologiyasi (yangi mavzu
bayonida), “Bumerang texno logiyasi” (darsni mustah kam lashda), “Skarabey texnolo giyasi” (yangi
mavzuni o‘r gatishda, mustahkamlashda), “Tarozi texnologiyasi”, “Yel pig‘ich texnologiyasi”
(yangi mavzuni o‘rgatishda, mustah kamlashda), “Tarmoq lash” metodi, “Muammoli vaziyat”
(mustahkamlash, uyga vazifani aniqlash), “Muayyan holat, vaziyatni o‘rganish”, “Tanqidiy
tafakkur”, “Nuqtai nazaring bo‘lsin”, “Venn diag rammasi” (yangi mavzu bayo nida, darsni
mustahkamlashda, uyga vazifani so‘rashda), “Blits- so‘rov”, “Qanday-qanaqa?”, “Nilufar guli”,
“Insert” (uyga vazifani so‘rashda) kabi ko‘plab metodlardan foy dalanish maqsadga muvo fiqdir.
Elektron-didaktik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi haqida gapirar ekanmiz: ta‘limning
ko‘rgazmali qurollari va texnika vositalaridan foydalanishning aqamiyatini ta‘kidlab o‗tishimiz
kerak. Texnologiya darslari jarayonida avvalo natural ob‘ektlar — asbob, moslama, tayyor
detallar va buyumlar, uskunaning yig‘ma sxemalari, uzellari va yaxlit uskuna va hokazolar, ya‘ni
o‘quvchilar qaysi uskunada va nima yordamida ishlashlari kerak bo‘lsa, shularning barchasi
ko‗rgazmali qurollar-elektron-didaktik vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari texnologiya
darslarida jarayonida plakatlar, sxemalar, diagrammalar, modellar, maketlar va boshqa tasviriy
ko‘rgazmali qurollardan ta‘lim vositasi sifatida foydalaniladi. Ta‘lim vositalari sifatida
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish qoidalari va metodik usullari asosan quyidagilardan iborat:
-ko‘rgazmali qurollarini namoyish qilish usullarni ko‘rsatish, ishni bajarishning texnika
talablarini, texnologiyasini taqlil qilish bilan qo‘shib olib borilishi kerak;
-ish va asboblar, moslamalar va hokazolarning namunalarini namoyish qilish uchun ularni
maxsus tematik taxtalarga komplektlash maqsadga muvofiqdir, bu esa qiyoslash va umumlashtirish
uchun sharoit yaratadi;
-mayda namunalar tarqatiladigan material sifatida foydalaniladi;
-detalni ishlash, yig‘ish, montaj qilishni tushuntirish paytida texnologik o‘tishlar izchilligida
ishlov berilgan (to‘plangan, montaj qilingan) namunalardan keng foydalanish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. w.w.w.pedagog.uz
384
Do'stlaringiz bilan baham: |