10
PSIXOLOGIYANING PERIDMETI HAQIDA TUSHUNCHA
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi
37- umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologiya o‘qituvchisi
Boltayev Tel’man Shuhratovich
Annotatsiya: Borliqdagi narsa va hodisalardan zavqlanish, nafis his- tuyg‘ularga g‘arq
bolish, atrof-muhit jozibasini chuqur his etish, insoniyat yaratgan mokjizalardan hayajonlanish,
shaxslararo munosabatg a kirishish m e’yorin i bilish psixologiya fani tufayligina o ‘z yechimini
topadi. O‘tmish zahinatlari-yu hozirgi davrning iliq nafasi, kelajak ezgu niyatlari-yu olam xayolati,
ijodiy o‘y-fikrlar, mantiqiy mulohazalar, mustahkam iroda, kuchli xarakter, yuksak aql-zakovat
xususiyatlari va ularning o‘ziga xosligi — bularning barchasi psixologik tahlitaing mahsulidir.
Kalit so‘zlar: tushuncha, hukm, tafakkur, xulosa, yakka tushunchalar, umumiy tushuncha-
lar, to‘planma tushunchalar
Hozirgi davrda, tafakkur psixologiyasi predmeti nima va u nimadan balls etadi, degan savol
ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. M a’lumki, psixologiya fani tafakkurni o‘rganadigan yagona fan
emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shu
bois tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Tafakkur shakllari
•
Hukm
•
Tushuncha
•
Xulosa
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki
inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikning
miqdoriga, ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab hukm quyidagi
turlarga bo‘linishi mumkin:
1. yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukm
2. tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm
3. taxminiy ko‘rinishga ega hukm
4. shartli, ayiruvchi va qat’iy hukm
Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo‘l bilan hosil qilinishi ta ’kidlab o‘tiladi. Birinchi yo‘l
bilan hukm hosil qilinganda, idrok qilish zarur bo‘lgan narsalarning bevosita o‘zi ifodalanadi.
Ikkinchi yo‘l bilan esa bavosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi.
Inson voqelikni bilish jarayonid a narsalarni bir-biri bilan taqqoslab ko‘radi va ularn
in g o ‘xshashligi hamda farqini aniqlaydi: analiz va sintez yo‘li bilan narsa, hodisalarning
mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi, bu belgilarn iabstrak - siyalashtiradi va
umumlashtiradi. Natijada odam voqelikdagi narsa, hodisalar to‘g‘risida tushuncha hosil qiladi.
Narsa va hodisalarning umumiy hamda muhim belgilarini aks ettiruvchi tushuncha bu fikrdir.
Odatda, tushunchalar m ohiyati jihatidan konkret va abstraktga ajratiladi. Alohida olingan bir
butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan: stol, divan, qayrag‘o
ch , traktor, holva va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat,
sifat holatlarga, shuningdek, narsalar o ‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan
tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan: oqlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat,
yorug‘lik, qiymat haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar ko‘lami jihatidan uch turga bolinadi:
1. yakka tushunchalar
2. umumiy tushunchalar
3. to‘planma tushunchalar
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida hosil b o ‘lgan yangi
hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Psixologiyada xulosa chiqarish
jarayonida foydalanilgan tayyor hukm lar asoslar deyiladi, ularni tahlil qilib chiqarilgan yangi
hukmni esa xulosa deb atash qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |