369
10
3. analogik
Psixologiyada tafakkurning o‘ndan ortiq turlariga ta’rif berib o‘tilgan. Psixologiya tarixidan
bizga ma’lum bo‘lgan avtoritar tafakkur turi harn o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan
keskin ajralib turadi. Muayyan fikrning chin yoki yo!g‘onligini obyektiv dalillar bilan isbotlash
o ‘rniga
inson shaxsning ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolish d an iborat tafakkur turi
muallifitar tafakkur deb ataladi.
Shunday qilib, psixologiyaning peridmeti tafakkur bo‘lib , uning turi o‘zining samaradorligi
va
dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi
muammolarni o‘ylab chiqishda, masalani hal qilishda zarur jarayon bo‘lib,
insonning bilish
faoliyatida yetakchi o‘rin tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. E.G‘.G‘O Z IYEV//PSIXOLOGIYA // Toshkent-2008.
2. Psixologik tushunchalar//Qo‘llanma-2013
3. P.I.Ivanov//umumiy psixologiya// Toshkent-2008.
370
10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Boltayeva Muyassar Ibragimovna
Xorazm viloyat Gurlan tuman 8-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +998942335377
Muyassar.boltayeva@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda o‘qish fanining o‘rni va ahamiyati,
o‘quvchilarning intelektual salohiyatini oshirish va brkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida fanning
maqsad va vazifalari o‘z aksini topgan.
Kalit so‘zlar: o‘qish darsi, darslik, fan, o‘quv predmet,o‘zlashtirish.
O‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra boshlang‘ich ta’lim tizimida alohida
o‘rin tutadi.Barcha predmet darslarini o‘qish faoliyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki matnni
tushunib, bir maromda to‘g‘ri va ifodali o‘qishni, o‘rgatish bilan o‘qish darslari shug‘ullanadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari yuqori sinflardagi o‘zbek adabiyoti, tarix,
geografiya,
biologiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun
boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. O‘qish darslarini talabdagidek
olib borish uchun o‘qituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar
bir soatga mo‘ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi
doim harakatda, xayoli o‘yinda bo‘ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglay
olmaydilar. Shu tufayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o‘yin, ashula, qisqa muddatli
qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o‘qish orqali amalga oshiriladi.
O‘qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga,
kuzatishlarga suya-
nib, hayotga bog‘lab o‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi.
O‘qish va nutq o‘stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish
mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullari-
ni, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning DTS bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan bilimlarini
hamda o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalarini egallashlariga yo‘l ochadi. Aynan o‘qish ta’limida
insonning, avvalo, o‘zligini qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beradi. Shun-
ing uchun ”O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, vatanimiz tarixi
va bugungi qiyofasi kattalar va bolalar hayoti, mehnati, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar,
xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular kiritilgan. Maskur mavzularga oid badiiy va
ilmiy-ommabop asarlar ta’limiy, axloqiy xarakterda bo‘lib, ular o‘quvchilarning aqliy kamolati
va ma’naviy axloqiy tarbiyasiga qaratilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilarning ba-
diiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida
to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi.
Tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayoti, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy
munosabatlar bo‘yicha bilim va tarbiya berishni ta’minlaydi.
Ularning ichida istiqlol, vatan,
ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad,
o‘quvchilarning o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir.
Oʻqish darslarini boshlarida goʻzallikka muhabbat uygʻotadigan, poklik tuygʻulariga ozuqa
beradigan, hissiyotni oʻtkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni
boyitadigan, estetik didni oʻstiradigan musiqiy va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bogʻlangan
boʻlishi kerak.
Oʻqish, musiqa va tasviriy san’at darslarini oʻzaro bogʻlab uyushtirish bolalarda san’at
asarlarini toʻgʻri tushunish va qadrlash koʻnikmalarini oʻstiradi, oʻquvchilarning
shaxs sifatida
ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
”O‘qish kitobi’’ darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan
birga, ularning og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirishga qaratilgan. O‘quvchilarning
darslik yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning kelajak hayotda zarur
bo‘lishini tushunib yetishlari nazarda tutilgan.
O‘qish darslarida quyidagi didaktik vazifalar alohida inobatga olinadi:
1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri o‘qish, ongli, ifodali o‘qish malakalarini
shakllantirish.
371
10
2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga
muhabbat uyg‘otish, ularni oddiy kitobxondan
chuqur mulohaza yurutuvchi, ijodkor kitobxon
darajasiga ko‘tarish.
3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish, hamda ilmiy
dunyo qarashlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarning axloqiy, estetik, jihatdan yetuk kishilar qilib va mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va abadiy estetik taffakurini o‘stirish.
6. O‘quvchilarning hayolat olamini boyitish.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotidagi oʻzgarishlar yangi davr talablari asosida
ijodiy ishlaydigan tashabbuskor, tadbirkor, mohir va har tomonlama qobiliyat egasi boʻlgan kadrlar
tayyorlashni taqazo qiladi.
Oʻqish dasturini tuzishda gʻoyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday
qilib, oʻquv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim boʻlgan borliq haqidagi
bilimlar va insoniy munosabatlarni oʻz ichiga oladi.
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’lim
sohasida olib
boriladigan ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi. Bular asosida Davlat ta’lim standarti,
dasturlar va darsliklarning yangi avlodlari yaratildi. Ta’limda rivojlangan davlatlar tajribalaridan
foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: