10
KASBIY MADANIYAT VA QADRIYAT TUSHUNCHALARI
Bobonazarova Nigora
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani
48-son maktabning boshlang‘ich ta’lim o‘qtuvchisi
Annotasiya. Maqolada ta’lim tizimida o‘qituvchining kasbiy maxorati yuqori o‘rin tutishi
ko‘rsatib o‘tilgan. Milliy tarbiya mezonlariga to‘xtalib o‘tilgan. Qadriyatlar ta’lim tizimida ham
muhimdir.
Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, qadriyat, maqsad, moddiy, madaniy, ma’rifiy
Respublikamiz ta’lim – tarbiya tizimida amalga oshirilgan isloxiy o‘zgarishlar asosida insonni
barkamollikka yetaklovchi, tarbiyaning umum e’tirof etgan sharqona hususiyatlariga asoslangan,
milliy g‘oya, odob, mafkura, iymon – diyonat, xayo – xajob kabi insonning o‘zligiga, milliy hu-
susiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib olgan pedagogik
yo‘nalish shakllangan. Yoshlarda milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, ularni sharqona tarbi-
yaning asosiy hususiyatlari bilan yo‘g‘irish, davlatimiz mustaqilligini mustaxkamlash, jamiyat-
imiz taraqqiyotining poydevori hisoblanadi.
Milliy tarbiya berishning hususiyatlaridan biri qadriyatlar, an’ana, urf – odatlarimizning
moxiyati, maqsadi va ularni jamiyatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rnini ochib berishidir.
Qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli, sermazmun tushunchadir.
«Qadriyat» falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror ob’ektning ijobiy yoki salbiy
kimmatini, ikkinchidan ijtimoiy ongning normativ belgilovchi – baholovchi jixati (sub’ektiv
qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. SHunga ko‘ra ob’ektiv (ashyoviy) va sub’ektiv
(ong) qadriyatlari bir – biridan farklanadi..
«Qadriyat» falsafiy kategoriya bo‘lib, ilmiy nazariy adabiyotlarda, uning mazmun va
moxiyatini ochishga xilma – xil yondashuvlar mavjud.
Bu o‘rinda taniqli faylasuf olim V.’.Tugarinovning fikri e’tiborga molikdir.
- «Qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmush va madaniyatining
haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining moxiyati (yoki hodisaning
bir jixati) dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki
bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. SHuning uchun ham kishilar
o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni ximoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan
qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi
hayotning o‘zidir, chunki hayotdan maxrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni
yo‘qqa chiqaradi..., qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining moxiyatidir, madaniy
qadriyatlardir».
Demak, qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuidir.
Qadriyatlar o‘zining moxiyatiga kura bir necha turga bulinadi. Jamiyatimizda ruy berayotgan
isloxotlarning tub moxiyati har bir fuqaro shaxs sifatida o‘zini namayon eta olish imkoniyatlariga
ega bo‘lishiga qaratilgandir. Inson va uning hayoti eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etiladi.
Tabiiy qadriyatlar sifatida esa - yer va suv, yer osti boyliklari, havo, o‘rmonu - dashtlar va shu
kabi boshqalar e’tirof etilgan.
Inson extiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar munosib o‘rin egallaydi.
Insonning aql zakovoti, mehnati, hayoti – harakati tufayli moddiy qadriyatlar yaratiladi. Bular
jumlasiga turli tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, trans’ort
vositalari, asbob uskunalar, turar joy, mol-mulk, noz-ne’mat va shu kabilarni kiritish mumkin.
Moddiy qadriyatlar negizini mulk tashkil qiladi.
Ilmiy – texnikaviy, intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim – tarbiya, tibbiy xizmat, milliy
meros, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq
xunarmandchiligi maxsulotlari, kasb, tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va shu kabilar
madaniy – ma’naviy qadriyatlar jumlasiga kiradi. Bulardan tashqari ijtimoiy siyosiy qadriyatlarni
ham ko‘rsatish mumkin. Bular insoniyat tomonidan doimo e’zozlab kelingan tenglik, birodarlik,
erkinlikdir. Inson erkinligi, uning qadr – qimmati, shon – shuxrati jamiyatimizning oliy qadriyati
sifatida e’tirof etilgan. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintakaviy va umuminsoniy
365
10
turlarga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili,
madaniyati, tarixi, urf – odatlari, an’analarini, shaklini, moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy,
ijtimoiy - siyosiy hayotning barcha tomonlarini kamrab oladi.
Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u
hamdir.
Bu tuyg‘u kishida millatning tarixi, ruhiyati, xozirgi holati va hususiyatini tushunish, his qilish
shaklida mujassamlashgan bo‘ladi.
Insoniyat o‘zining ming yilliklarga daxldor tarixi davomida go‘zal va farovon, osuda hayot
kechirish maqsadida xilma – xil qadriyatlar yaratdi va ularni rivojlantirdi, takomillashtirdi.
Dunyo tsivilizatsiyasi va madaniyatida sharq xalqlari yaratgan tsivilizatsiya va madaniyat
alohida o‘rin tutadi.
SHarq xalqlari jamiyat taraqqiyoti va inson faoliyatining kechinmalari, sinovlari, hayotiy
tajribalari asosida yuzaga kelgan va eng maqbullari avloddan avlodga ibrat sifatida meros qilib
qoldirilgan buyuk ma’naviyat va madaniyat, an’ana, urf – odatlar, qadriyatlar egasidir.
Inson tafakkurida yuksaklik va shukuxni shakllanishida islomiy qadriyatlar o‘rnini alohida
ta’kidlash darkordir. Ularda poklik, iymon – e’tikod, ruhiy kamolot, axloqiy sifat va fazilatlar,
insoniy munosabatlar qadrlanadi. Zamonlardan zamonlarga, ajdodlardan ajdodlarga moddiy,
madaniy, ma’rifiy - ma’naviy boyliklar, ajoyib odat, udum va an’analar meros bo‘lib o‘tib kelgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pedagogika tarixi. 1-jild. (Tuzuvchilar: K.Hoshimov, SH.Avazov, M.Hoshimova) T., 2001.
2. Ziyomhammadov B. va boshq. Pedagogika: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: 2000.
366
Do'stlaringiz bilan baham: |