10
O‘QITUVCHINING DARSDA BADIIY KITOBLARDAN FOYDALANISH SAMARASI
Babajanova Muqaddas
Xorazm viloyati Xiva tumani
17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Fizika fani o‘qituvchisi
Tel: +998975106504
Annotatsiya: Maqolada o‘quvchilarni darslarga qiziqtirish uchun o‘qilgan asarlardan qisqacha
hikoyalar aytib berish va kitob o‘qishning foydali jihatlari haqida fikr-mulohazalar berilgan.
Kalit so‘zlar: ktob o‘qish, o‘quvchilarni darsga qiziqtirish, ta’lim, tarbiya.
“Kitob –mashg‘ullik paytingda o‘zi so‘z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan
suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko‘rinishing shart emas. Kitob-senga laganbardorlik
qilmaydigan o‘rtoq, seni aldamaydigan do‘st, malol kelmaydigan yo‘ldosh va tahqirlamaydigan
nasihatgo‘ydir“.
Ahmad ibn Ismoil
O‘quvchilarga yaxshi ta’lim va tarbiya berish har bir pedagogning vazifasidir. Hozirgi paytda
ta’limni rivojlantirishni va o‘quvchiga qunt bilan ta’lim tarbiya berish uchun maktablarda shart-
sharoitlar yaratilgan. Interfaol doskadan foydalanish, turli –tuman o‘yin metodlaridan foydalanish
o‘quvchining zehnini oshiradi, darsga qiziqishini uyg‘otadi. Lekin shunday bo‘lsa-da ayrim
sinflarda, ayniqsa 9-10-11sinflarda darslarga qiziqishi pasayib boradi. Ayniqsa matematika, fizika
va kimyo darslarida ba’zi o‘quvchilarni darsga qiziqtirish qiyinroq.
Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda,
G‘amxo‘ring bo‘lgan u hamma zamonda.
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
Abdurahmon Jomiy
Men yoshligimdan badiiy kitob o‘qishni yoqtiraman. Mana yurtboshimiz
Sh.M.Mirziyoyevning kitobxonlikka katta e’tibor berishi, hatto mashina sovg‘a qilishi
insonlarni kitobga qiziqishlarini oshirdi. Men darsga kirgan sinflarimda ayrim o‘quvchilar darsga
qiziqishlar past bo‘ladi. Men fizika fanidan dars bersamda darsimga o‘quvchini qiziqtirish uchun,
o‘qigan badiiy kitoblarimdagi voqealarni qisqacha aytib beraman. Darsga qiziqmaydigan o‘quvchi
ham kitobdagi voqeaning davomini eshitishga, keyingi darsga tayyorgarlik ko‘rib keladi. Bundan
ko‘rinadi-ki, darsga quloq solmaydigan, qiziqmaydigan o‘quvchi ham kitobdagi voqeadan ozgina
bo‘lsada, o‘ziga xulosa chiqarib oladi. Tartibli, intizomli bo‘lishga harakat qiladi. Men boshqa
kasbdoshlarimga ham, ayniqsa yosh o‘qituvchilar, bo‘sh vaqt topib badiiy kitoblar mutolaa
qilsalar, o‘zlariga katta foyda bo‘lishini aytmoqchiman. Ham uni o‘quvchi hurmat qiladi, ham
o‘zining nutq madanyati oshib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Nuriddinova Mavjuda. “Sharqona tarbiya”. Ertaklar, rivoyatlar, hikoyatlar, hikoyalar,
maqollar, hikmatlar, /-T.: ‘‘Navro‘z‘‘,2017-y.
2. www.google.uz
360
Do'stlaringiz bilan baham: |