Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY 
YONDASHUVLAR
Sapaeva Sevara Xabibullaevna
Хоrazm Viloyati, Хоzarasp tumani 
 27-son maktab o‘qituvchisi
gulim_1969@mail.ru 99 500 54 04
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy 
yondashuvlar va o‘quvchilarning mustaqil izlanuvchanlik faoliyatlarini shakllantirish haqida 
yozilgandir. 
Kalit so‘zlar: ijodkor, ta’lim samaradorligi, zamonaviy yondashuvlar, tashabbuskorlik, peda-
gogik faoliyat, faollik, o‘quv material, tizimlashtirish, didaktika.
Interfaol ta’lim vositasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirishda 
o‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan muloqatidir. 
Nutq - bu og‘zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayonidir. 
Har bir pedagogning maqsadi - pedagogik mahorati bilan o‘z individualligini yorqin namoyon 
etish, interfaol ta’lim vositasida mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish, uning sifatida 
oldindan o‘quvchilarni ta’lim-tarbiya samaradorligini ko‘ra bilishidadir. U kommunikatsiyan-
ing mazmuni hisoblanishi narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu 
his- hayajonli munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz kommuni-
katsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang, pauza va shu kabilar 
kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, 
ba’zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi.
Har bir dars muammoli tarzda bo‘lishi bilan tanqidiy asosda o‘qitilishi, o‘quvchilarda 
o‘rganishga, shuningdek tanqidiy fikr yuritilgan o‘quv adabiyotlarga nisbatan qiziqishini ort-
tiradi, ular qator fikrlar asosida o‘z fikrini mustahkamlashga harakat qiladi, ma’ruza o‘qigan 
pedagog bilan muloqot qilish uchun intiladilar, o‘z fikr- mulohazalarni ifoda qilish yo‘llarini 
topadilar. Demak, o‘quvchi o‘z bilimini tanqidiy fikrlar asosida oshirib boradi va har qanday 
holatda ham fikr-mulohaza yuritish qobiliyatini namoyon etadi.
O‘quvchilarning mustaqil izlanuvchanlik faoliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga 
qaratilgan mashg‘ulotlar kichik guruhlarda hamda individual shaklda olib borilishi lozim. 
Individual shakl asosan ijodiy topshiriqlarni bajarishga yo‘naltiriladi. Har bir o‘quvchi o‘zining 
individual xususiyatlariga ega, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogning bu 
xususiyatlarni o‘rganishi va inobatga olishi o‘qitish sifatini oshirish hamda har bir o‘quvchining 
ijodiy qobiliyat-larini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarning darslardagi va tajriba mashg‘ulotlari vaqtida 
dars jarayonidagi ishini, mustaqil ish va topshiriqlarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, nazorat 
ishlarini tekshiradi, maslahatlarda, darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan ishlaydi. O‘quvchining 
kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga 
xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganishga, uning xarakteri hamda irodaviy sifatlarini yaxshi bilib 
olishga harakat qiladi, ularning hayotiy va mehnat tajribalarini, muassasaga kelishdan oldingi 
faoliyati xususiyatlarini o‘rganadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bir xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida bir necha gu-
ruhlarga bir xil topshiriqlar beradi hamda topshiriq va mashqlarni echish sharoitlari ham bir xil 
bo‘ladi. SHunday qilib har xil echimlar guruh ishi tugaganidan so‘ng bir-biri bilan taqqoslani-
shi mumkin. Ko‘pincha bunday hollarda raqobat holati yuzaga keladi. Echim topilishi vaqti-
da esa raqiblikka o‘xshash holatlar vujudga keladi. Bu erda muhim narsa shuki, guruhlardagi 
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari imkon qadar bir xil bo‘lishi kerak.
Har xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida beriladigan ish topshirig‘i bir necha qismlarga 
bo‘linadi. Faqat bu qismlar birlashtirilgandagina topshiriqning mazmuni aniq ko‘rinadi. Har 
bir guruh bu holda qisman topshiriq oladi va mustaqil ravishda uning ustida ishlaydi. Bunday 
yondashuvda bir guruh o‘quvchilari faqat o‘zlariga berilgan topshiriqlarni bilishadi xolos, ya’ni 
boshqa guruhlar ishlari haqida deyarli xabarlari bo‘lmaydi. Shuning uchun ham natijalar qisman 
birlashtirilishi zarur.


289
10
O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishda elektron ta’lim 
resurslaridan maksimal foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘quv va didaktik materiallarga 
qo‘shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalar (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar) ham 
kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlarni vujudga keltirishni osonlashtiradi. Predmet 
vositalari tasvir va matnlarni yozib olish, saqlash imkonini beradi. Ularga doska, flipchart, 
kodoskop (proektor) kamera va kompyuterlar kiradi.
Tajriba ishi sohasiga tegishli kerakli tajriba uskunalari, namunalar, jihozlar va asboblar 
nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot paytida didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi 
sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, soha 
va usullarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi o‘quv va ko‘rsatmali vositalarni 
ishlata olishni, ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv materiallari bir paytning o‘zida didaktik materi-
allar sifatida, ya’ni o‘qitish va o‘rganish uchun ishlatiladi. Agar o‘quv va didaktik materiallar 
yetarli bo‘lmasa, u holda o‘qituvchi tomonidan ularning tanlanishi hamda nazariy yoki amaliy 
mashg‘ulotlar maqsadiga moslashtirib tayyorlanishi kerak.
O‘quvchilarning faolligi ularning o‘quv materialni egallab olishida o‘quv, tajriba xonasi 
sharoitlarida topshiriqlarni bajarishdagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Faollik-ta’lim sharoitida 
o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ishharakat usullarini turli ishlab chiqarish vaziyatlarida 
qo‘llanishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.– T., 2006.
2. Muslimov N.A. va boshqalar. Innovatsiya ta’lim texnologiyalari.– T.: “Sano standart”, 2015
3. Zufarov SH. Pedagogik innovatika. –T.: “Fan va texnologiyalar”, 2012.


290

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish