J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/112
Sana20.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#828840
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori

 
 
 
 
 


65 
5-Mavzu. Xalqaro ssuda kapitallari bozori 
5.1. Xalqaro kredit va uning oʻziga xos xususiyatlari. 
5.2. Xalqaro kreditning asosiy shakllari.
5.3. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting.
5.4. Evrokredit bozori 
 
Tayanch so’z va iboralar 
 
Xalqaro kredit, kredit diskriminatsiyasi, firmaning (tijorat) krediti, vekselli kredit, 
ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kredit, xarid bo’naki, bank kreditlari, eksport 
krediti, iste’mol kredi, moliyaviy kredit, aktseptli-rambursli kredit, broker krediti, 
faktoring, forfeyting 
 
5.1. Xalqaro kredit va uning oʻziga xos xususiyatlari 
 
Xalqaro kredit – bu tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib 
berishlilik, muddatlilik, foiz to’lashlilik shartlari asosida berish bilan bog’liq bo’lgan 
xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir. 
Xalqaro kredit munosabatlarining sub’ektlari sifatida tijorat banklari, markaziy 
banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit 
tashkilotlari qatnashadi. 
Xalqaro kreditni yuzaga kelishiga sabab bo’lib, ishlab chiqarishning milliy 
doiradan chiqishi, xo’jalik aloqalari baynalminallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro 
kapitallarning 
markazlashuvi 
hamda 
ishlab 
chiqarishning 
ixtisoslashuvi 
va 
kooperatsiyalashuvi hisoblanadi. 
Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan 
va kapitalni jamg’arishning asosiy usullaridan biri bo’lgan.
Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo’lib korxonalarning bo’sh turgan pul 
mablag’lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning 
pul jamg’armalari hisoblanadi. 


66 
Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga ob’ektiv zarurat 
yuzaga keladi va u xo’jalik sub’ektlarida mablag’larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni 
ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va 
muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga mo’ljallangan 
yirik kapital qo’yilmalarini amalga oshirishga bog’liq bo’ladi.
Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 
1.
Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag’lar qaytarilmasa, pul kapitalini 
qaytarib bermaslik shakli namoyon bo’ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga keladi; 
2.
Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda kreditni 
qaytarilishini ta’minlash; 
3.
Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni to’lashni kafolatlanganligi; 
4.
Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq ob’ektlarga yo’naltirishni ko’zlash va uni 
birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag’batlantirish uchun qo’llash; 
5.
Foiz to’lashlilik. 
Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan aloqalarini 
ta’minlaydi, bozor sub’ektlari va davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishishi 
uchun ishlatiladi. 
Xalqaro kreditning funktsiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda 
kapitallari harakatini o’ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funktsiyalarni 
bajaradi: 
1.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni talablarini qondirish uchun ssuda 
kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit 
mexanizmi orqali foydasi ko’proq, daromadliroq bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu 
orqali kredit milliy daromadni o’rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga 
keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi. 
2.
Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to’lovlarni rivojlantirish 
va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan 
almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlarni iqtisod qilish. 
Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari - veksellar, cheklar, 


67 
shu jumladan, bank o’tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. Ssuda 
kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muomalasi vaqtini tejash kapitalning 
ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilish davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab 
chiqarishni kengaytirish va foydaning o’sishini ta’minlashga xizmat qiladi. 
3.
Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashtirish. Xorijiy kreditlarni jalb 
qilish tufayli qo’shimcha qiymatni kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy 
jamg’armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallari boshqa 
davlatlarning mablag’lari qo’shilishi oqibatida ko’payadi. Xalqaro kredit avvaldan yakka 
korxonalarni aktsionerlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni 
paydo bo’lishiga xizmat qiladi. Kredit boshqa mamlakatlarning kapitali, mulki va 
mehnatidan belgilangan me’yorlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Yirik 
kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik hamda o’rta 
hajmdagi firmalarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining qiyinligi jahonda 
kapitalni bir joyga to’planishi va markazlashuvining kuchayishiga olib keladi.
Xalqaro kreditning funktsiyalarining ahamiyati katta va u milliy va jahon xo’jaligi 
rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni 
tartibga solish funktsiyasini bajarmoqda va o’zi ham tartibga solinish ob’ekti bo’lib 
hisoblanmoqda. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish