71
-
o’zaro (ikki faktoringli) - eksportyor va importyor mamlakatiga mos ravishda
tashqi iqtisodiy bitimlarga xizmat ko’rsatuvchi ikkita faktoring kompaniyasining o’zaro
munosabatlari ko’rib chiqiladi;
-
to’g’ridan-to’g’ri import – eksport tushumlarini inkassatsiya qilish yo’li
bilan
yoki importyorga to’lov kafolatini berish orqali eksportyor bilan tuziladigan iportyor
mamlakatlarida faktoring xizmat ko’rsatish (doimiy bitim) shartnomalari;
-
to’g’ridan-to’g’ri eksport – eksportyorning mamlakatida o’z zimmasiga kredit
riskini oluvchi faktoring kompaniya bilan faktoring shartnomasini tuzish. Bunda
faktoring kompaniyasi importyorni to’lov qobiliyatiga baho beradi va unga taqdim etilgan
hisob-fakturalarni inkassatsiya qiladi.
Faktoring operatsiyalarining qiymati (to’lov talabnomasi
sifatida importyorning
to’lov qobiliyatiga bog’liq holda bitim summasidan 0,5-2 foiz) komission xarajatlarini
o’z ichiga oladi va kredit uchun foiz hisob-fakturaga avans to’lov shaklida bo’ladi.
Faktoring kreditlari uchun foiz odatda faktoring kompaniyalarini foydasini
ta’minlash uchun rasmiy hisob stavkasidan 2-4 foiz yuqori bo’ladi. Nisbatan qimmat
bo’lishiga qaramasdan eksportyorlar faktoring operatsiyasini o’tkazishdan
manfaatdor
bo’lishadi. Ya’ni
faktoring operatsiyalari eksportyorlarga quyidagi afzalliklarni
taqdim etadi
:
-
muddati 120 kun bo’lgan faktoring kreditlari orqali valyutaviy tushumlar
shaklida asosiy summani muddatidan oldin olish imkoniyati;
-
importyorlarning qarzlarini inkassatsiya qilishdan
ozod etish va inkassatsiya
muddatini o’rtacha 15-20 foiz qisqarishi;
-
faktoring kompaniyasi importyor bilan hisob-kitob operatsiyalariga malakali
xizmat ko’rsatishi hisobiga buxgalteriya, boshqaruv va boshqa xarajatlarni qisqarishi
-
importyor tomonidan to’lov muddatini o’tkazib yuborish yoki kechiktirish
hisobiga shubhali debitorlik qarzdorlikni paydo bo’lishidagi risklarni bartaraf etish.
Faktoring kompaniya to’lanmagan hisob-fakturalarni sotib
olish orqali undagi barcha
risklarni o’z zimmasiga oladi. Shuning uchun u importyorning to’lov qobiliyati nuqtai-
nazaridan o’zi egallaydigan to’lov talabnomalarini diqqat bilan tekshiradi. Alohida
importyorlar qarzlari bo’yicha limitlarni o’rnatadi;
72
-
faktoring kompaniyasining turli-xil ya’ni yuridik, axborot-targ’ibot, maslahat va
boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini mavjudligi.
Faktoring xizmat ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaning mavjudligi bankdan kredit
olishni engillashtirgan holda eksportyorning kredit qobiliyatini oshiradi. Bu esa o’z
navbatida eksportyorni ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish uchun sharoitni
yaratib beradi va uning foydasini oshiradi.
Yirik transmilliy kompaniyalar tomonidan turli
mamlakatlarga korxonalarga
faktoring xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus tarmoqlar-filiallar ochiladi va ularning
soni borgan hozirda ortib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000 yil 15
iyunda 476-son bilan tasdiqlangan
Do'stlaringiz bilan baham: