68
2. Qarz valyutasiga ko’ra qarzdor-mamlakat yoki kreditor-mamlakat valyutasida,
uchinchi
mamlakat valyutasida, SDR va xalqaro hisob-kitob valyutalarida taqdim
etiladigan xalqaro kreditlar farqlanadi;
3. Mudatlariga ko’ra qisqa muddatli – 1 yilgacha, ayrim holatlarda 18 oygacha (o’ta
qisqa muddatli – 3 oygacha, bir sutkalik va bir haftalik), o’rta muddatli – 1 yildan 5
yilgacha, uzoq muddatli – 5 yildan uzoq muddatlarga beriladigan xalqaro kredit turlari
farqlanadi. Ba’zi mamlakatlarda 7 yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, 7
yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli bo’lib hisoblanadi. Qisqa
muddatli kredit odatda tadbirkorlarni aylanma kapital bilan ta’minlaydi va nosavdo
xarakteridagi, sug’urta hamda spekulyativ operatsiyalarga xizmat ko’rsatgan holda tashqi
savdo va xalqaro to’lovlarda qo’llaniladi. Uzoq muddatli xalqaro
kredit odatda asosiy
ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, mashinalar va
butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi hajmiga hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning
yangi shakllari (yirik ko’lamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texnikani joriy
etilishi)ga xizmat ko’rsatadi. Agarda qisqa muddatli kreditning muddati uzaytirilsa, unda
u o’rta muddatli, ayrim holatlarda esa uzoq muddatli kreditga aylanadi. Qisqa muddatli
kreditlarning o’rta va uzoq muddatli kreditlarga aylanish jarayonida odatda davlat kafil
sifatida faol ishtirok etadi;
4. Ta’minlanganlik tamoyiliga ko’ra xalqaro kreditlar ta’minlangan va blankali
kreditlarga farqlanadi. Kreditning ta’minoti bo’lib odatda tovarlar,
tovarga egalik
huquqini beruvchi va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli qog’ozlar, veksellar, ko’chmas
mulk hamda qimmatliklar xizmat qiladi. Kredit olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga
oshiriladi: qat’iy garov (tovarlarning ma’lum bir massasi bank foydasiga garov qilinadi);
muomaladagi tovar garovi (ma’lum bir summadagi, tegishli assortimentdagi tovarning
qoldig’i hisobga olinadi); qayta ishlovdagi tovar garovi (mazkur mahsulotlarni bankka
garovga bergan holda garovga olingan tovardan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin).
Blankali kredit qarzdorning qarzini ma’lum bir muddatda so’ndirish
majburiyati
bo’yicha beriladi. Odatda bunday kredit hujjati bo’lib qarz oluvchining yagona imzosiga
ega bo’lgan solo-veksel xizmat qiladi. Blankali kreditning turlari bo’lib
asosan
kontokorrent (bankning mijoz bilan barcha operatsiyalarini hisobga oluvchi yagona
69
hisobvaroq) va overdraft (mijoz hisobidagi ortiqcha qoldiq mablag’lar krediti) kreditlar
hisoblanadi.
5. Taqdim etilishi bo’yicha xalqaro kreditlar qarz oluvchi
ixtiyori bilan uning
hisobvarag’iga o’tkaziladigan moliyaviy (naqd ko’rinishdagi) kreditlar, importyor yoki
bank tomonidan aktseptli tratta shaklidagi aktseptli kreditlar, depozit sertifikatlari,
obligatsiyali qarzlar, konsortsial yoki sindikatlashgan kreditlar va boshqa shu kabilarga
farqlanadi.
6. Kreditni qarzdorga kim taqdim etishiga qarab
xalqaro kreditlar - firmalar,
banklar, ayrim holatlarda vositachilar (brokerlar) tomonidan taqdim etiladigan xususiy
kreditlarga; hukumat kreditlariga; xususiy tashkilotlar va davlat ishtirok etuvchi aralash
kreditlarga; xalqaro, hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlarning davlatlararo
kreditlariga bo’linadi.
7. Tashqi iqtisodiy bitimning qarz mablag’lari hisobidan qoplanishi bo’yicha
xalqaro kreditlar quyidagilarga bo’linadi:
tijorat krediti (asosan tashqi savdo va xizmatlar bilan bog’liq kreditlar);
moliyaviy kredit (istalgan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan, shu jumladan,
kapital quyilmalar, investitsion ob’ektlarni qurish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish,
tashqi qarzni to’lash, valyuta interventsiyasi maqsadlaridagi kreditlar);
“oraliq” kreditlar (kapitallar, tovar va xizmatlarning chiqib ketishining aralash
shakllariga xizmat qilishga mo’ljallangan).
8. Xalqaro kreditni ko’rinishi bo’yicha 2 ta asosiy shaklga bo’lib ko’rsatish
mumkin:
1.
Xalqaro bank krediti;
2.
Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti asosan valyuta (pul) ko’rinishida bo’lib, importyorlar
tomonidan avans to’lovlari shaklida ham taqdim etilishi mumkin.
Ayrim holatlarda
valyuta krediti jihozlar etkazib berish bo’yicha tijorat bitimining shartlaridan biri
hisoblanadi. Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko’rinishiga ega bo’lib, asosan
eksportyorlardan importyorlarga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: