Valyuta kursi nazariyalari Ochiq iqtisodiyot tushunchasi



Download 44,05 Kb.
bet1/5
Sana13.07.2022
Hajmi44,05 Kb.
#784594
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mikroiqtisod bitdi


Mavzu: Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharоitida
makrоiqtisоdiy siyosat.
Reja:

  1. Valyuta kursi nazariyalari

  2. Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko'rinishlari.

  3. Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli.

  4. Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat.



Valyuta kursi nazariyalari
Valyuta kursi (exchange rate, foreign exchange rate) - bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosidir.
Valyuta kursiga oid ilk nazariyalardan biri valyutalaming xarid qobiliyati nazariyasi hisoblanadi va ushbu nazariya angliyalik iqtisodchilar D. Yum va D. Rikardolaming nazariy qarashlariga asoslanadi. D.Rikardoning fikriga ko‘ra, savdo balansining defitsiti funt sterling qiymatining pasayishiga olib keldi, valyutalaming xarid qobiliyati ulaming muomaladagi miqdorining nisbati bilan belgilanadi.
Valyutalaming xarid qobiliyati nazariyasining asosiy qoidasi shundan iboratki, valyuta kursi ikki mamlakat valyutasining nisbiy qiymati bilan belgilanadi, o‘z navbatida, valyutalaming o‘zaro nisbiy qiymati esa, baholar darajasiga bog‘liqdir.
Shunisi xarakterliki, mazkur nazariyaga ko‘ra, tovarlar va xizmatlaming bahosi muomaladagi pulning miqdori bilan belgilanadi.
Valyutalaming xarid qobiliyati nazariyasining asoschilari to‘lov balansining muvozanatlashgan holatini ta’minlash imkonini beradigan mo‘tadil kursni aniqlash g‘oyasini ilgari suradilar. Shu sababli, ular, to‘lov balansini avtomatik tarzda o‘z-o‘zidan tartibga solinishiga ishonadilar.
Valyutalaming xarid qobiliyati nazariyasi ilmiy jihatdan birinchi marta shved iqtisodchisi G. Kassel tomonidan 1918-yilda asoslab berildi. Uning fikriga ko‘ra, mo‘tadil savdo sharoitida shunday valyuta kursi shakllanadiki, bu kurs tegishli valyutalaming xarid qobiliyatini o‘zida aks ettiradi.
G. Kasselning fikridan aniq ko‘rinib turibdiki, valyuta kursining shakllanishi bevosita valyutalaming xarid qobiliyati bilan bog‘liq va bunda asosiy e’tibor miqdoriylikka qaratiladi.
Valyutalaming xarid qobiliyati nazariyasida valyuta kursining shakllanishiga ta’sir qiluvchi obyektiv omillar va ularga Markaziy bank tomonidan ta’sir etish holatlari e’tiborga olinmagan. Holbuki, hozirgi davrda valyuta kursining shakllanish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar ichida siyosiy omillar, spekulyativ kapitallaming harakati kabi obyektiv omillar muhim rol o‘ynaydi.
Tartibga solinadigan valyutalar nazariyasining asoschisi J.M. Keyns hisoblanadi. Ushbu nazariyaning yuzaga kelishiga 1929-1933 yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi sabab bo‘lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiy inqirozi natijasida erkin raqobat va davlatning iqtisodiyotga aralashuviga chek qo‘yish g‘oyalarini ilgari surgan neoklassik maktablaming valyuta kursi xususidagi nazariy qarashlari o'zlarining nobarqarorligini ko‘rsatdi. XX asming 50—60-yillarida keynschilik rivojlangan davlatlarda asosiy iqtisodiy nazariyaga aylandi.
Suzib yuruvchi valyuta kurslari nazariyasi valyuta kursi xususidagi nazariyalar orasida o‘ziga xos o‘rin egallaydigan nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariyaning asoschilari neoklassik yo'nalishga mansub bo‘lgan iqtisodchilar hisoblanadi. Ular jumlasiga M.Fridmen, F.Maxlup, A.Lindbek, G.Jonson, L.Erxard, G. Girsh, E.Dyurrlami kiritish mumkin.
Suzib yuruvchi valyuta kurslari nazariyasi namoyandalari suzib yuruvchi kurslar rejimini qattiq turib himoya qiladilar. Ulaming fikriga ko‘ra, suzib yuruvchi kurslaming muhim afzalliklari quyidagilardan iborat:
to‘lov balansini avtomatik tarzda muvozanatlashtirish imkonini beradi;
milliy iqtisodiy siyosat usullari tashqi tazyiqsiz tanlanadi;
valyutaviy spekulyativ amaliyotlami jilovlash imkonini beradi;
-xalqaro savdoni rag‘batlantiradi;
- valyuta kursini valyuta bozorida erkin shakllantirish imkonini beradi.
M. Fridmenning fikriga ko‘ra, valyuta kursi talab va taklif asosida erkin shakllanishi va davlat uni tartibga solmasligi lozim.
Ayni vaqtda, suzib yuruvchi valyuta kurslarining yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlari har doim ham amaliy ahamiyat kasb etmasligi, milliy valyutaning erkin suzish rejimida ham valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning saqlanib qolishi ayrim iqtisodchilar tomonidan e’tirof etildi. Masalan, J. Vayneming fikriga ko‘ra, erkin bozor baholari dunyosida ham xorijiy valyutalar bozorini davlatning bevosita yoki bilvosita aralashuvisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy valyuta almashuv kursining keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uning kursiga ta’sir etish, shu jumladan, valyuta interventsiyasini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi o‘z isbotini topdi. Spekulyativ kapitallaming xalqaro miqyosdagi oqimining kattaligi Markaziy banklami shunga majbur qilmoqda.
Valyuta kursi xususidagi nazariyalardan yana biri belgilangan paritetlar va kurslar nazariyasi hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgarishi to‘lov balansini tartibga solishning samarasiz usuli hisoblanadi. Chunki, xalqaro bozorlarda baholaming valyuta kurslarining o‘zgarishiga bog‘liq ravishda tebranishiga tashqi savdo yetarli darajada reaksiya bermaydi. Importga bo‘lgan talabning oshishi xorijiy valyutalarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi. Bunda eksport va import muvozanatlashgan sharoitdagi almashuv kursi qisqa muddatli davriy oraliqqa mos keladi. Bu davrda ortiqcha talab miqdoridagi xorijiy valyuta bozorda mavjud boMmaydi. Shu sababli, valyutaning bahosi oshadi va vaqtinchalik davriy oraliq xorijiy valyutalar taklifi va milliy valyutaning almashuv kursi o‘rtasidagi ta’sir jarayonida yuzaga kelmaydi.
Valyuta kursi xususidagi zamonaviy nazariyalardan biri sifatida F.Maxlupning “Valyuta kursi nazariyasi” deb nermlangan ilmiy ishini keltirish mumkin.

Download 44,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish