Microbiology
Farg'ona Politexnika instituti
Reja:
Farg'ona-2023
Nitrifikatsiya
Denitrifikatsiya
Ammonifikatsiya
1
2
3
01
Nitrifikatsiya jarayoni
Asosiy qism
Nitratlashuv (lotincha: nitrum — azot va facio — bajaraman)
Nitrifikatsiya — ammoniy tuzlarining mikrobiologik yoʻl bilan nitratlarga aylanish jarayoni
Nitratlar oʻsimliklarning azot bilan ozikdanishidagi asosiy shakldir. Bu jarayon tuproq va suv havzalarida kechadi. Azotning tabiatda doiraviy aylanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Nitrifikatsiyada ammoniylashuv jarayonida boshlangan azotli organik birikmalarning minerallashuvi nihoyasiga yetadi. Nitrifikatsiya nitratlashtiruvchi bakteriyalar taʼsirida roʻy beradi. Nitrifikatsiya jarayoni 2 bosqichdan iborat.
Nitrifikatsiya jarayoni faqat suvda eruvchan organik moddalarning boʻlishiga bogʻliq.Ushbu jarayonga aeratsiya, tuproqning kimyoviy tarkibi va reaksiyasi (muhi-ti), harorati katta taʼsir koʻrsatadi. Nitrifikatorlarning rivojlanishi uchun tuprok, reaksiyasi rN 5—8 boʻlgani maʼqul. Tuproq nami moʻʼtadil (umumiy suv sigʻimining 40—70% i miq-dorida), muhiti yaxshi (neytral yoki kuchsiz ishqoriy), temperaturasi 28 — 30° boʻlib, shoʻrlanmagan boʻladi.
Nazariy qism
Nitrifikatsiya
Formula
Nitrifikatsiya
Nitrifikatsiya jarayoni shunday tez kechadiki, hatto tuproqdagi minerallashgan azotning asosiy qismi nitrat shaklida qoladi. Bunda nitrat kislota oʻsimlikni faqat azot bilan taʼminlab qolmasdan, balki qiyin eriydigan mineral tuzlar (kalsiy fosfat)ni oson eriydigan holatga oʻtkazishga va oʻzlashtiruvchanligini oshirishga katta taʼsir qiladi. Lekin nitratlar oʻzining yaxshi eruvchanligi tufayli tuproqning pastki qatlamlariga tushib va yuvilib ketadi. Yetarli aeratsiya boʻlmaganda ular yana denitratlashtiruvchi bakteriyalar yordamida molekulyar azotgacha qaytarilishi mumkin, bu esa tuprok, azotining sezilarli darajada yoʻqolishiga olib keladi (qarang Denitrifikatsiya). Jadal nitrifikatsiyada azot yoʻqolishini kamaytirish uchun tup-roqqa organik oʻgʻitlar solish kerak.
Nazariy qism
Azitning davriy aylanishi
02
Denitrifikatsiya
Asosiy qism
Denitrifikatsiya (de... nitrogenium — azot va faclo — qilaman)
Nitratlarning denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan molekulyar azotgacha qaytarilishi jarayoni.
Bunda tuproqdagi nitrat, nitrit, ammiak va amin birikmalar bakteriyalar taʼsirida parchalanib, ulardagi azot gaz holidagi molekulyar azotga aylanadi, nitrifikatsiyaga qaramaqarshi jarayon. Jarayonni birinchi marta fransuz olimlari E.Gayon va G. Dyupetilar aniqlagan. Bakteriyalar nitratlarni kaytarish uchun zarur boʻlgan energiyani organik moddalar (uglevodlar, spirtlar, organik kislotalar)ning oksidlanishi natijasida oladilar, nitratlardagi kislorod esa elektron va vo-dorodning akseptori hisoblanadi.
Nazariy qism
Denitrifikatsiya jarayoni
Shuningdek, oltin-gugurt yoki molekulyar vodorod oksidlanishida nitratlarni tiklovchi denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning ayrim bir turlari ham bor. 1 g tuproqda oʻn va yuz ming denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar mavjud boʻladi. Lekin tuproqda Denitrifikatsiya jarayoni faol yuz berishi uchun nitratlarning yetarli miqdori va oson parchalanadigan azotsiz organik moddalar, optimal reaksiya (rN 7,0—8,2), haro-rat 25—30°S va eng muhimi — anaerob sharoitlar boʻlishi kerak. Shu sababli ushbu jarayon sernam, havo yomon almashadigan tuproqlarda yaxshi kechadi. Denitrifikatsiya tuprokda azot birikmalarining kamayib ketishiga olib keladi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zarar keltiradi. Yerni yumshatish denitrifikatsiyani susaytiradi
Nazariy qism
Denitrifikatsiya jarayoni
03
Ammoniy
fikatsiya
Asosiy qism
Ammoniylashuv, ammonifika-siya (ammoniy va lot. facio — qilaman)
Azotli organik moddalarning ammiak ajratib parchalanish jarayoni.
Tuproqda azotli moddalarning koʻpchiligi (99%) oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydigan (gumus, organik oʻgʻitlar, oʻsimliklar qoldiqlari, hayvonot va mikroorga-nizmlar qoldiklari) holda boʻladi.Ammonifikatsiya jarayoni natijasida ular oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan holga keladi. Oqsil moddalar tuproqda chirituvchi bakteriyalar, shuningdek aktinomitsetlar va mogʻor zamburugʻlar taʼsirida parchalanib, am-miak hosil qiladi. Ammiak ammonifikatsiya davrida paydo boʻlgan oddiy kislotalar bilan birga reaksiyaga kirishib, ammoniyning suvda oson eriydigan tuzlarini hosil qiladi. Ammoniyning bunday shakldagi turlarini oʻsimliklar oson oʻzlashtiradi.
Nazariy qism
E'tiboringiz
uchun raxmat!
Nishonov.F
Do'stlaringiz bilan baham: |