Mavsumiy moylar
quyidagicha markalanadi: masalan,
Ì–10Ã2 moyi markasidagi
M
harfi motor moyi ekanligini,
10 raqami uning 100°C dagi qovushoqligi 10 mm
2
/s ga teng
ekanligini,
Ã
harfi yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellarda,
2 raqami esa dizellarda ishlatilishini bildiradi. Shuningdek, moy
markasida moyning o‘ziga xos xususiyatlari ham ifodalanadi.
Chunonchi, Ì–8Ã2Ê, Ì–10Äì moy markalaridagi
K
harfi
moy 戓˂ dizellari uchun maxsus tayyorlanganligini, marka
oxiridagi
ì
harfi esa kam kul hosil qiladigan moy ekanligini
bildiradi.
Barcha mavsumlarda ishlatiladigan moylarni markalash.
Bu moy unda 100°C da kinematik qovushoqlikning ikkita
qiymati (mm
2
/s), shuningdek, uni quyultiruvchi qo‘shilma
borligini bildiruv chi
ç
harfiy indeksi hamda bu moy barcha
mavsumlarda foydalanish uchun mo‘ljallanganligi bilan
xarakterlanadi. Masa lan, barcha mavsumlarda uzoq muddat
ishlatiladigan Ì–6ç/10Â moyi ifodasida eng oxirgi harf
bu moy o‘rtacha tezlikda benzinli va dizelli dvigatellarda
ishlatilishini bildiradi, ya’ni u universaldir.
ç
indeksli raqam
moyning 100°Ñ da, unga quyultiruvchi qo‘shilma qo‘shguncha
moy kinematik qovushoqligining qiymatini (mm
2
/s) bildiradi,
kasr chizig‘idan keyin turgan raqam esa quyuqlashtiruvchi
qo‘shilma qo‘shganidan keyin haqiqiy kinematik qovushoqli-
gini bildiradi.
Sintetik moylar.
Neftdan olingan moylar har doim ham
zamo naviy avtomobil dvigatellari konstruksiyasi talablariga
to‘liq javob bera olmaydi. Shuning uchun sintetik moylar
ishlab chiqarilib qo‘llanilmoqda (bunday moylarni ishlab
chiqarish uchun neftga zarurat bo‘lmaydi). Polialkinglikolli,
polisiloksanli, ftoruglerodli va xloftoruglerodli murakkab efirlar
aosida ishlab chiqarilgan sintetik moylar mavjud. Sintetik
moylardan foydalanish muhim yangi yo‘nalish bo‘lib, ular
moyning ish muddatini 3,5 barobargacha oshiruvchi yuqori
ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ularni benzinli va
dizelli dvigatellarda ishlatishdan tashqari, tarkibiga tegishli
qo‘shilma qo‘shib gidravlik tizimlarda va gidromexanik
transmissiyalarda foydalanish mumkin.
Sintetik moylar, avvalo, yuqori qovushoqlik-harorat
xususiyatlariga egaligi bilan ajarlib turadi. Ularning qovushoqlik
indeksi 160 dan 175 gacha bo‘ladi (eng sifatli mineral moylar
uchun bu ko‘rsatkich 120 gacha bo‘ladi), oquvchanlik xususiyatini
yo‘qotish harorati mineral moylarga nisbatan past (minus
65°C gacha). Shu ning bilan birga, sintetik moylarning 250–
300°C gacha haroratdagi qovushoqligi tegishli qovushoqlikdagi
mineral moy (100°C haroratdagi) qovushoqligidan uch-besh
barobar yuqori bo‘ladi. Sintetik moylar quyidagi xususiyatlarga
ega: yuqori haroratga turg‘unlik, past bug‘lanuvchanlikka
egaligi, yuqori haroratlarda hosil bo‘ladigan cho‘kindilarning
kamligi, oksidlanishga qarshi va disperslovchi xususiyatlarining
yaxshiligi, yeyilishga va tirnalishga qarshi xususiyatlarga egaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |