Avtomobil indd


Ishlatilgan moylarni regeneratsiya qilish



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Ishlatilgan moylarni regeneratsiya qilish
Yuqorida aytib o‘tilganidek, motor moylari ish jarayonida 
me xanik aralashmalar, suv, organik birkmalar bilan ifloslanib, 
qovu shoqlik, korroziyaga hamda oksidlanishga qarshi, 
yuvuvchanlik va boshqa ko‘rsatkichlari yomonlashadi. Bunda 
moyning uglevodorod tarkibi ko‘p o‘zgarmaydi. Agar yuqorida 
keltirilgan ko‘rsatkichlar qayta tiklansa, moyni dvigatelda qayta 
ishlatish mumkin. 
«Regeneratsiya» 
(qayta 
tiklash) 
atamasi 
moyning 
foydalanish xususiyatlarini qayta tiklash ma’nosini beradi. 
Ma’lumki, avvalgi paytlarda (1940- yillargacha) moy tarkibiga 
qo‘shilmalar deyarli qo‘shilmas edi. Shu boisdan qayta tiklash 
deganda, asosan, me xanik aralashmalardan, suvdan, yonilg‘i 
aralashmasidan va organik birikmalardan tozalash tushunilar 
edi. Lekin hozirgi paytga kelib dvigatellarning yuklanishi, tirsakli 
valning aylanishlar soni, dvigatelning siqish darajasi va boshqa 
ko‘rsatkichlari shu darajada ortib ketdiki, bu dvigatellarda 
ishlatiladigan moylarning bunday ish sharoitlarida ishonchli 
ishlashini ta’minlash uchun ularning tarkibiga 25 foizgacha 
qo‘shilmalar qo‘shilmoqda. Demak, qayta tiklangan moylar 
tarkibida bu qo‘shilmalar o‘z funksiyasini qayta tiklashi lozim. 
Hozirgi paytda moylarni qayta tiklashda, asosan, 
ikkita texnologiyadan foydalaniladi: birinchisi – mexanik 
aralashmalardan tozalash 

suvdan tozalash 

yonilg‘idan 
tozalash 

organik iflosliklardan tozalash 

qo‘shimchalardan 
tozalash 

qo‘shimchalar qo‘shish; ikkinchisi – moyni mexanik 
aralashmalardan tozalash 

suvdan tozalash 

yonilg‘idan 
tozalash 

organik iflosliklardan tozalash 

qo‘shimchalar 
qo‘shish yoki yangi moy bilan aralashtirish. 
Birinchi texnologiya, asosan, zavod sharoitida qo‘llaniladi, 
unin g natijasida yuqori sifatli motor moylari olinishi mumkin. 
Bunda samaradorligi yuqori kimyoviy usullar qo‘llanilishi 
hisobiga moy baza moy holatigacha tozalanadi va yangi moyga 
qancha miqdorda qo‘shilma qo‘shilsa, tozalangan moyga 
ham shuncha miqdorda qo‘shiladi. Bu texnologiyaning asosiy 
kamchiligi, moy tarkibidagi mavjud aktiv qo‘shimchalar ham 
chiqarib tashlanadi, vaholanki, ishlatilgan moyning tarkibida 
50–60 foiz aktiv qo‘shilmalar bo‘lib, ular hali ishga yaroqli 
hisoblanadi. 
Ikkinchi texnologiya, asosan, ko‘chma mobil moyni qayta 
tiklash qurilmalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avtotransport 
kor xonalari sharoitida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Moylarni 
qayta tiklash ÂÈÌ–25, ÂÈÌÅ–30, ÓÐÌ–100, ÓÐÈÌ–100, 
ÑÓÐÌ–250 kabi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. 
Xorijda «Kavakama» (Yaponiya), «Rejelyub» (Fransiya) va 
FIN (Italiya) kabi firmalar ning moyni qayta tiklash qurilmalari 
muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. 
XX asrning 80- yillarida suyuqliklarni tozalash sohasida tub 
burilish bo‘lib, murakkab kimyoviy usullar o‘rniga membrana 
usuli kirib keldi. Membrana usulining kimyoviy usuldan afzalligi 
shundan iboratki, moy tarkibidagi iflosliklarning tarkibiga qarab 
teskari osmos, ultrafiltratsiya yoki mikrofiltratsiya jarayonlarini 
qo‘llash mumkin. Bunda qo‘shilmalarning o‘lchamlariga qarab 
membrana filtrining tirqish o‘lchamlarini tanlash mumkin. 
Bu esa, o‘z navbatida, moyning tarkibida aktiv qo‘shilmalarni 
saqlab qolishga imkon beradi. 
Qayta tiklangan moylarning kukun miqdori va ishqor soni 
kamligi ularni dvigatelda ishlatishga imkon bermaydi. Shuning 
uchun bu ko‘rsatkichlarni tiklash maqsadida tozalangan 
moylarga har xil qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
Qayta tiklangan moy barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi 
moyga deyarli yaqin bo‘lib, Davlat standarti talablariga javob 
beradi. 


160
161
Yuqorida qayd etilgan usul asosida moy xususiyatlarini 
kamida 80 foizgacha qayta tiklash mumkin.
5. 2.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish